Chaqaloqlarda TORCH infeksiya haqida to’liq ma’lumot oling

Chaqaloqlarda TORCH infeksiya haqida to’liq ma’lumot oling

Mundarija скрыть
Chaqaloqlarda TORCH infeksiya haqida to’liq ma’lumot oling
Ba’zida homiladorlik yaxshi kechadi, chaqaloq vaqtida tug’iladi va hammasi yaxshidek ko’rinadi-yu, keyin bir necha kun o’tgach bola ahvoli yomonlashishni boshlaydi. Shunda bola tug’ilayotganida onasidan TORCH infeksiyani yuqtirib olgan bo’lishi mumkinligi tekshiriladi.
TORCH infeksiyaga qaysi infeksiyalar kiradi:
Toksoplazma
Sifilis, OITS, Varicella
Rubella(qizilcha) 
Sitomegalovirus
Gerpes
Bola qanday qilib bola TORCH infeksiya bilan tug’lishi mumkin?
Homila bachadonda rivojlanayotgan payti u infeksiyalarga bardoshli bo’la olmaydi. Onaning qonida mavjud bo’lgan TORCH infeksiya bolaga qon bilan o’tadi. Buning natijasida homila nobud bo’lishi, nuqsonlik yoki chala (muddatidan oldin) tug’ilishi yoki o’zi TORCH infeksiyaga chalinib tug’ilishi mumkin.
TOKSOPLAZMOZ bolada qanday namoyon bo’ladi?
Ushbu virusga chalingan chaqaloq tug’ilganida hech qanday alomat ko’rsatmaydi. Bir necha yildan so’ng u quyidagicha namoyon bo’lishi mumkin:
Ko’rlik
Gidrosefaliya (miyada suyuqlik yig’lishi)
Miyadagi patologik o’zgarishlar (tutqanoq, rivojlanishda ortda qolish, aqliy zaiflik).
Homila RUBELLA virusiga chalinsa, u qanday namoyon bo’ladi?
Homilador ayol qizilcha bilan kasallangan bemor bilan to’qnashsa, darhol shifokorga bu haqda aytishi lozim. Chunki unga maxsus kuzatuv talab etiladi. Rubella infeksiyasi rivojlanayotgan homilada jiddiy nuqsonlarni keltirib chiqaradi.
Rubella infeskiyasi homilada tug’ilganidan so’ng quyidagicha namoyon bo’ladi:
Ko’zda katarakta
Yurak patologiyasi
Aqliy va jismoniy rivojlanishda ortda qolish
Jigar kattalashuvi
Qon quyilishi
SITOMEGALOVIRUSning yangi tug’ilgan chaqaloqqa ta’siri qanday?
Tug’ilish jarayonida sitomegalovirus orttirgan bolada u keyinchalik epilepsiya, eshitish muammolari va aqliy zaiflik rivojlanishida namoyon bo’lishi mumkin.
Chaqaloqlarda GERPES qanday namoyon bo’ladi?
Agar homilador ayol homiladorlikning ohirgi davrida va tug’ilgan chaqaloq hayotining birinchi yilida suvchechak (vetryanka) bilan kasallanmagan bo’lsa, u holda Gerpes virusinining rivojlanish imkoniyati bo’lmaydi. Gerpes chaqaloqlarda deyrali kuzatilmaydi.
SIFILISga chalingan chaqaloqda qanday alomatlar bo’ladi?
Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda:
Pnevmoniya
Asabiylik
Og’iz va jinsiy a’zolar atrofida toshmalar
Burundan rangsiz suyuqlik oqishi.
Yangi tug’ilgan chaqaloqda VARICELLA alomatlari qanday?
Varicellaning onadan homilaga yuqish ehtimoli juda past.
Yuqqan holda u quyidagicha namoyon bo’ladi:
Teri yo’g’onlashgan yoki qizargan
Qo’l oyoqlar deformasiyalangan
Miyada patologiyalar
Mikrosefaliya (boshning tanaga nisbatan sezilarli darajada kichikligi)
Ko’zda katarakta
Aqliy zaiflik.
OITSga chalingan onadan tug’ilgan bolada kasallik qanday namoyon bo’ladi?
Ko’pincha onasi OITSga chalingan chaqaloqda tekshiruvlar boshida virus mavjud emasligini ko’rsatadi. Lekin buni haqiqiy ko’rsatkich deb qabul qilish mumkin emas. Bolaga keyinchalik bir necha bor qayta tekshiruvlar o’tkazish talab etiladi. OITS bir necha yillar davomida alomatsiz kechgani bilan, organizmga jiddiy zarar yetkazib boradi.
Bolada virus rivojlanayotganining alomatlari quyidagicha bo’lishi mumkin:
Jismoniy rivojlanishda ortda qolish
Qorin shishi (kattalashgan jigar tufayli)
Limfalarning shishi
Notartib diarreya
Pnevmoniya
Og’izda zambrug’lar rivojlanishi.
TORCH infeksiyasi bilan tug’ilgan chaqaloqda infeksiyani tez aniqlash oson emas. Chunki ularning ko’pi birinchidan alomatsiz kechadi, ikkinchidan yuqoridagi alomatlar boshqa kaslliklarda ham namoyon bo’lishi mumkin. Faqat maxsus testlar amalga oshirilmaguncha TORCH infeksiya mavjudligini aniqlab bo’lmaydi.
O’zbekiston Respublikasi miqyosida oxirgi payt TORCH infeksiya keng tarqalganini inobatga olgan holda, homiladorlikka tayyorlanayotgan har bir ayol urug’lanishdan oldin o’zida TORCH infeksiya yo’qligini tekshiritirib olishi zarur. Agar mavjud bo’lsa, undan tuzalmaguncha homilador bo’lmasligi kerak. Undan tashqari erkak ham bunga ma’sul bo’lib, homilador bo’lishni rejalashtirgan yoki homilador bo’lgan ayoliga TORCH infeksiyasini yuqtirib qo’ymasligi kerak. Buning uchun u ham tekshirilisha va davolanishi talab etiladi. Aks holda, bo’lajak homila nobud bo’lishi yoki nuqson bilan dunyoga kelishi ehtimoli yuqori bo’ladi.
TORCH infeksiya asosan jinsiy yo’l bilan o’tadigan infeksiyadir. Palapartish jinsiy aloqalar ushbu infeksiya rivojlanishiga olib keladi. Ayolga infeksiya eridan jinsiy yo’l bilan yuqadi.

Malumotlar
Chaqaloqlarda TORCH infeksiya