Chaqaloqlarda kefalogematoma
Kefalogematoma (cephalhematoma) (yunoncha dan. bosh va qon) — suyak usti pardasi va kalla suyagi tashqi yuzasi oraligi’ga qon quyilishi. Gematoma kalla suyagi maʼlum bir suyagining chekkalari bilan chegaralanadi, koʻpincha tepa suyagida, kamroq ensa suyagida uchraydi . 3-8 haftadan keyin yoʻqoladi. Kefalogematoma yangi tugʻilgan chaqaloqlarda tugʻruq travmalari borligini anglatadi. Tashqi tomondan, kefalogematoma bosh sohasidagi shishga oʻxshaydi. Kefalogematomaning chastotasi 1000 yangi tugʻilgan chaqaloqqa 3-5 holat toʻgri keladi. Kefalogematomadagi qon miqdori 5 ml dan 150 ml gacha oʻzgarib turadi. Qon uzoq vaqt davomida suyuqlik koʻrinishda boʻladi va ivimaydi, bu yangi tugʻilgan chaqaloqda ivish omillarining yetishmasligi bilan bogʻliq. Subperiostal qon ketishining oʻlchamiga koʻra, kefalogematomaning uch darajasi mavjud: Kefalogematoma quyidagi shikastlanishlar bilan birga keladi: Qon quyilish joylashishiga koʻra kefalogematoma boʻlinadi: tepa(koʻproq uchraydi), peshona va ensa suyaklari sohasida(kamroq), chakka suyagi sohasi juda kam joylashadi. Kefalogematomaning shakllanishiga olib keladigan sabablar ham homila, ham ona bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Homilaning tomondan: Ona tomondan: Shuningdek, kefalogematoma gipoksik kelib chiqishi ham mumkin: tugʻruq paytida kindik tizimchasidagi oʻralanish yoki siqilish, bolaning tilini tortib olish, homilaning nafas olish yoʻllarida koʻp miqdorda shilimshiq mavjudligi. Kefalogematomaning namoyon boʻlishi 2-3 kunlarda, tugʻilish oʻsimtasi pasayganda sezilarli boʻladi. Tugʻilgan kunning birinchi kunidan boshlab qon ketishining hajmi yangi tugʻilgan chaqaloqning qon ivish omillarining yetishmasligi tufayli ortib boradi — qon uzoq vaqt davomida suyuq boʻlib qoladi, shuning uchun shikastlangan tomirlarni qon quyqaları bilan trombozlashning hech qanday usuli yoʻq. Tekkanda kefalogematoma tarang boʻlib, qon ketish joyiga bosganda suyuqlikning harakatini his qilish mumkin. Agar kefalogematoma kichik boʻlsa, u 7-8-kunlarda kamayishni boshlaydi va izsiz yoʻqoladi. Qon ketishining sezilarli hajmi boʻlsa, uning rezorbsiyasi jarayoni bir necha oyga kechikishi mumkin. Koʻpincha kefalogematomani joylashgan sohasida suyakning sinishi (yorilishi) kuzatiladi. Kefalogematoma har doim qon ketishining atrofi boʻylab siqilgan valik shaklida aniq chegaralarga ega. Differensial diagnostika tugʻilish oʻsimtasi, aponevroz ostidagi qon ketishi (xamirli konsistensiyaga ega, tekis va choklarni kesib oʻtadi), miya churrasi (miya pardalarining liqildoq orqali chiqishi) bilan amalga oshiriladi. Qoʻllaniladigan qoʻshimcha tekshirish usullaridan : Kefalogematomani tashxislash qiyin emas. 99 % hollarda xarakterli belgilar bilan boshni tekshirish tashxis qoʻyish uchun yetarli boʻladi. Singanga shubha boʻlsa, rentgen tekshiruvidan foydalanish mumkin. Kefalogematomani davolashda neonatolog va bolalar jarrohi (koʻrsatmalar boʻyicha) ishtirok etadi. Kichkina qon ketishi bor bolaga qon ketishini toʻxtatish va koagulyatsion omillar ishlab chiqarishni stimullash uchun 3-5 kun davomida kalsiy preparatlari (kalsiy glyukonat) va K vitamini buyuriladi. 8 sm va undan katta oʻlchamdagi kefalogematomani punksiya qilish kerak (punksiyada bolalar jarrohi ishtirok etadi) va suyuq qonni aspiratsiya qilish kerak. Keyin bosim boylami qoʻllaniladi. Onalar esda tutishlari kerakki, kefalogematomasi bor bolani silkitib yoki chayqatib boʻlmaydi. Gematomaning yiringlashi (isitma, qon ketishida terining yalligʻlanishi) boʻlsa, uni ochish, yiring va qon quyqalarini olib tashlash kerak. Shundan soʻng yara drenajlanadi, antiseptiklar va antibiotiklar bilan bogʻlash buyuriladi. Asoratlanmagan kefalogematoma uchun shifoxonada davolanish 7-10 kun davom etadi va asoratlangan boʻlsa — bir oy yoki undan koʻproq davom etadi. Kelajakda bola bir yil davomida bolalar jarroh va nevropatolog tomonidan kuzatuvga olinadi. Agar kefalogematomaning sababi koagulyatsiyaning pasayishi bilan bogʻliq qon kasalligi boʻlsa, unda birinchi navbatda, asosiy kasallikni davolashdan boshlash kerak. Kefalogematomaning mumkin boʻlgan asoratlari: Kefalogematomali bolalar uchun odatda yaxshi prognoz qilinadi. ©Doctor MuxtorovChaqaloqlarda kefalogematoma
DO`STLARGA ULASHING:
Odatda davolash talab qilinmaydi: yiringlash boʻlsa — antibiotiklar hamda jarrohlik yoʻli bilan davolanadi .Turlari
Sabablari
Kefalogematomaning simptomlari
Diagnostikasi
Kefalogematomani davolash
Asoratlari va prognoz
Chaqaloqlarda kefalogematoma