Chaqaloqlar nega cho chib uyg onadi

Chaqaloqlar nega cho chib uyg onadi

Bolalarning mushaklari, kattalar singari, uxlab yotganda keskin kamayadi, buning oqibatida ular qo’rquv hissini boshdan kechiradilar. Mana shunday hodisalar, albatta, ichki kechinmaga bog’liq. Sababi bunday paytda go’dak tashvishli hissiyotga berilgan bo’ladi.

Hiqichoq tutishning insonga nima uchun kerakligi aniqlandi

Ta’kidlanishicha, hiqichoq tutish bolaga o‘z nafas olishini boshqarishni o‘rganishida yordam beradigan miya signallari to‘lqinini vujudga keltiradi. Bunday xulosaga London universitet kolleji olimlari kelishdi.

“Hiqichoq bilan chaqirilgan faoliyat bolaga diafragmani [ko‘krak bo‘shlig‘ini qorin bo‘shlig‘idan ajratib turuvchi pardadevor] tepaga-pastga harakatlantirib, nafas olish mushaklarini nazorat qilishni o‘rganishida yordam berishi mumkin”, deb ta’kidlab o‘tgan tadqiqot rahbari Lorenso Fabritsi.

Tadqiqot o‘z vaqtida va vaqtidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlar miyasini skanerlashga asoslangan. Sinaluvchi chaqaloqlarning miya faoliyati elektroensefalografiya yordamida kuzatilgan. Aniqlanishicha, bolani har gal hiqichoq tutganda uning miyasida diafragmaning qisqarishi bilan bog‘langan neyron to‘lqinlar vujudga kelgan.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda hiqichoq tutish 8 daqiqa, chala tug‘ilgan bolalarda esa 15 daqiqagacha davom etishi mumkin, biroq bu ota-oalarni cho‘chitmasligi kerak.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, insonda hiqichoq ona qornida bo‘lganda (homiladorlikning 9-haftasida) paydo bo‘la boshlaydi. Shu tariqa, hiqichoq tug‘ilgandan keyin saqlanib qoluvchi eng erta fiziologik faollik turlaridan biri hisoblanadi.

Hiqichoq chaqaloqqa nafas olishni o‘rganishida yordam bersa, uning katta yoshda uzoq davom etishi xavfli kasallik alomati bo‘lishi mumkin. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, agar katta yoshli odamni 48 soat va undan ko‘proq vaqt davomida hiqichoq tutsa, bu unda miya shishi borligini anglatishi mumkin.

Chaqaloqlar nega cho’chib uyg’onadi?

Farzand ilk tug’ilganida uning barcha xatti-harakatlari hammaning e’tibor markazida bo’ladi. Ota-onalar dilbandlarini kuzatish jarayonida ba’zi qiliqlar xursand qilsa, ba’zilari tashvishga soladi. Ayniqsa, kichkintoy shirin uxlayotgan pallada cho’chib tushsa, bundan oila a’zolari tashvishlanadi.

Chaqaloqlarning uyqudan cho’chib uyg’onishining sabablari:

Shifokorlar, mana shunday holatlar ko’proq muddatidan avval tug’ilgan chaqaloqlarda kuzatilishini aytishadi. Ota-onalarning xavotirlari bunga sabab bo’lmasligi kerak;

Bolalar ko’p mehnat qilishlari lozim. Faollik hamma kichkintoyga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Harakatsiz kichkintoylar esa tez-tez uyg’onaveradilar;

Go’dak bachadondaligidayoq tashqi olamga nisbatan hissiy aloqa o’rnatadi. Bu shuningdek, sezib turishning sabablaridan biri bo’lishi mumkin. Bola, hatto, turli hissiyorlardan bir necha marta uyg’onadi. Agar dam olish vaqtida 10 martadan ko’p cho’chib tushmasa, siz hecham tashvishlanmang.

Bolalarning mushaklari, kattalar singari, uxlab yotganda keskin kamayadi, buning oqibatida ular qo’rquv hissini boshdan kechiradilar. Mana shunday hodisalar, albatta, ichki kechinmaga bog’liq. Sababi bunday paytda go’dak tashvishli hissiyotga berilgan bo’ladi.

Chaqaloqlar hech narsani tushunmaydi, deb o’ylamang. Ularda sezish hissi juda ham kuchli. Ayniqsa, ular mehr-muhabbatni ich-ichlaridan payqaydilar.

Chaqaloq qayt qilishi sabablari va oldini olish usullari

Yosh bolalarda doimiy qusishining ko‘plab ehtimoliy sabablari mavjud. Chaqaloq qayt qilishi asosan quyidagi sabablar tufayli yuzaga keladi:

  • Apenditsit: qorin og‘rig‘i, yengil isitma va ishtahaning yo‘qolishi bilan bir qatorda, ko‘ngil aynishi va qusish apenditsitning eng keng tarqalgan belgilaridan biridir;
  • Avtomobil kasalligi (sayohat qilayotganda ko‘ngil aynishi): bu kasallik yosh bolalarda keng tarqalgan bo‘lib, baʼzan ko‘ngil aynish, qusish, sovuq ter, charchoq va ishtahani yo‘qotish bilan birga keladi;
  • Miya chayqalishi: miya chayqalishi — boshga zarba berish natijasida yuzaga keladigan jiddiy miya shikastlanishi va u qayt qilishga sabab bo‘lishi mumkin;
  • Oziq-ovqat allergiyasi yoki o’zlashtira olmaslik: ko‘ngil aynishi, qusish va diareya oziq-ovqat allergiyasi va o’zlashtira olmaslikning mumkin bo‘lgan alomatlaridan biridir;
  • Oziq-ovqatdan zaharlanish: qayt qilish oziq-ovqatdan zaharlanish kasallikning keng tarqalgan alomatidir va odatda diareya va oshqozon og‘rig‘i bilan birga keladi;
  • Gastroenterit: ushbu kasallik odatda bolalarda rotavirus tufayli yuzaga keladigan, bir haftagacha davom etadigan qusish va diareyaga olib keladigan oshqozon “grippi” hisoblanadi.

Bundan tashqari, gastroezofagial reflyuks kasalligi (GERK), turli infeksiyalar, ichak harakati buzilishi, dori-darmonlar, zahar, pilorik stenoz va stress kabi omillar ham qayt qilishga sabab bo‘lishi mumkin.

Chaqaloq qayt qilishi profilaktikasi

Farzandingiz kutilmaganda qayt qilishi sizni xavotirga solishi tabiiy hol. Kichkintoyingiz xavfsiz va qulay bo‘lishi uchun avvalo xotirjam bo‘ling va ushbu maslahatlarga amal qiling:

Chaqaloq chanqamaganiga ishonch hosil qiling

Suvsizlanish — qabul qilingandan ko‘ra ko‘proq suyuqlikni yo‘qotishdir, bu esa tanani ishlashi uchun zarur bo‘lgan muhim moddalar kamayishiga olib keladi.

Kuchli qusish va diareya yosh bolalarda suvsizlanishning asosiy sababi hisoblanadi. Suyuqlik ichish odatda suvsizlanishning yengil holatini bartaraf etish uchun yetarli bo‘lsada, og‘ir hollarda tibbiy davolanishni talab qiladi.

Suyuqlik ichiring

Regidratsiya — yo‘qolgan suyuqlik va elektrolitlarni qayta tiklash. 1 va undan katta yoshdagi bolalarni xavfsiz suyuqlik bilan taʼminlash uchun har 15 daqiqada oz miqdorda toza ichimlik suvi berishni boshlang.

Simptomlarni yozib boring

Bolangizda qusish qanday va qachon sodir bo‘lganligi haqida yozib borish lozim. Farzandingiz har safar qayt qilishi bilan quyidagilarni yozib qo‘ying:

  • Sana;
  • Kun vaqti;
  • Qancha davom etgani;
  • Agar qusish tarkibida qattiq moddalar uchrashi yoki o‘ta suyuq bo‘lishi;
  • Bolaning oxirgi paytda nima yegani yoki ichgani;
  • Isitma, qorin og‘rig‘i yoki diareya kabi boshqa alomatlar mavjudligi.

Pediatrni chaqiring

Jiddiy sababga bog‘liq bo‘lmagan tez-tez, tushunarsiz qayt qilish kuzatilganda har doim shifokorga murojaat qilish lozim. Qo‘ng‘iroq qilganingizda kasallikning aniq simptomlarini ayting.

Kasallik sababi aniqlanmagan hollarda pediatr aniq tashxis qo‘yish uchun qon, siydik va axlat tekshiruvi o‘tkazishni yoki rentgen apparatiga tushishni tavsiya qiladi.

Tez tibbiy muolaja talab qiluvchi belgilar

Yosh bolalarda qusish odatda xavotirli hol hisoblanmasada, tibbiy yordamga murojaat qilish kerak bo‘lgan holatlar mavjud:

  • Qon aralash qusish;
  • Siydikda qon kelishi;
  • Parishonxotirlik va letargiya;
  • Bosh va bo‘yinlardagi og‘riq;
  • Oshqozonda kuchli og‘riq;
  • Peshob paytida og‘riq;
  • Achchiq yoki kuchli qusish;
  • Yurakning tez urishi yoki tez-tez nafas olish;
  • Isitma bilan birga qusish;
  • Odatdagi ovqatlanish tartibiga qaytganda ham qusish.
  • Метки Chaqaloq parvarishi, Maqolalar

Добавить комментарий Отменить ответ

Для отправки комментария вам необходимо авторизоваться.

Qiziqarli malumotlar
Chaqaloqlar nega cho chib uyg onadi