Chaqaloq nega qusadi haqida to’liq ma’lumot oling

Chaqaloq nega qusadi haqida to’liq ma’lumot oling

⁉️Chaqaloq nega qusadi, bu normal holatmi?

⭕️Ba’zi chaqaloqlar emgan sutini ma’lum bir qismini qusib yuboradilar. Qusish sababi nima? Bundan ona bezovta bo’lish kerakmi….

🔷Aslida chaqaloqning qusishi uni emas ko’proq onani bezota qiladi. Odatda bola emgan sutining arzimas qismini qusib yuboradi. Bir osh qoshiq qusib yuborilgan sut kiyimda ko’pdek tuyulishi hech gap emas.

🟠Chaqaloq qusishiga quyidagilar sabab bo’ladi:

1⃣ Chaqaloq emayotganda havoni yutib oladi shuning uchun oshqozon havo chiqarish mobaynida sutni ham chiqarib yuboradi

2⃣ Sutni tez-tez shoshib ichgan bolaning qorni to’lib ketgan bola ovqatni qayd qilib yuboradi

3⃣ Emib bo’lgan bolaning qorniga yotqazsa yoki uni sakratib o’ynatsa oshqozoni qo’zg’alib sutni qayd yuboradi.

🟠Qusishni yo’q qilish uchun nima qilish kerak:

1⃣ Bolani emizayotganingizda shoshilmang. Agar smes berayotgan bo’lsangiz, u holda kam-kamdan tez-tez berib turganingiz ma’qul

2⃣ Bolani emizayotganingizda (smes berayotganingizda) havo chiqarib turishiga yo’l bering. Emizikli bola bir ko’krakdan ikkinchi ko’krakka o’tkazayotganingizda bolani yelkangizga qo’yib orqasini asta-asta bosib qo’ysangiz, kekirib havoni chiqarib yuboradi. Smes berayotganingizda har 90 ml ichib bo’lganidan so’ng yuqoridagi uslubda havoni chiqartirib yuboring

3⃣ Ovqatlanib bo’lgan bolani 20-30 daqiqa davomida vertikal (tik) holatda ushlab yuring

4⃣ Ovqatlanib bo’lgan bolani kamida 30 daqiqa davomida o’ynatmang.

5⃣ Agar bolani butilkadan ovqatlantirayotgan bo’lsangiz, soska uchi juda katta teshilgan bo’lmasin.

⭕️ Odatda chaqaloq qusishi uning 6-7- oylariga kelib yo’q bo’lib ketadi. Shuning uchun bu vaqt mobaynida qusilgan kiyimdan boshqa bezovta bo’ladigan narsa yo’q.

‼️Quyidagi holatlarda bolaning qusishi xavfli bo’lib, darhol vrachga murojaat etishini talab qiladi:

🚫Bola og’irligi kamayib ketmoqda yoki bola vazni yetarlicha oshmasa

🚫Qusish soni va miqdori oshib borsa

🚫Qusish darajasi kuchaymoqda fontan bo’lib otilib chiqsa

🚫Qayd qilingan massaning rangi yashil yoki to’q sariq bo’lsa

🚫Qusish bilan bir qatorda bolaning qorni og’riyotgandek bola bezovta bo’lsa

🚫Bola ovqatlanish jarayonida doim , tiqilib, yo’talsa.

Malumotlar
Chaqaloq nega qusadi