CHANGʻI SPORTI

CHANGʻI SPORTI

CHANGʻI SPORTI — qishki sport turi. Unga changʻi poygasi, tramplindan sakrash, ikki kurash (poyga va sakrash), togʻ changʻi sporti va biatlon kiradi. Changʻi sporti Norvegiyada sport turi sifatida shakllandi. 1767-y. da shu mamlakatda harbiy xizmatchilar oʻrtasida ilk musobaqa oʻtkazildi, 1843-y. dan esa ommaviy musobakalar tashkil kilina boshladi. Keyinroq Changʻi sporti Yevropaning boshqa davlatlarida ham ommalashdi. 1910-y. da Xalqaro changʻi sporti komissiyasi tuziddi va Changʻi sportining qoidalari tasdiklandi. Bu komissiya 1924-y. da Xalqaro Changʻi sporti federatsiyasi (FlS)ra aylantirildi. Hoz. kunda bu federatsiyaga 100 dan ziyod davlat (Oʻzbekiston 1993-y. dan) aʼzo (2004). Changʻi sporti 1924-y. dan olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi, 1925-y. dan (1937-y. dan ikki yilda bir marta) jahon chempionati oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda 20-a. ning 70-y. laridan boshlab Changʻi sportining, asosan, tog changʻi sporti turini rivojlantirishga kirishiddi. Respublikada 300 dan ziyod kishi Changʻi sporti bilan shugullanadi. 2 ta Changʻi sportiga ixtisoslashgan sport maktabida 17 murabbiy 196 nafar bolalaroʻsmirlarga Changʻi sportidan saboq berishadi (2004). Akasingil Komil va Elmira Oʻrinboyevalar, Vladimir Yunusov kabi yetakchi changʻichilar nufuzli musobaqalarning ishtirokchilaridir.

Ensiklopediya.uz
CHANGʻI SPORTI