CHAKMON
CHAKMON — ustki kiyim turi; erkaklarning oldi ochiq qishki toʻni. Jun matodan tikiladi. Barlari old etak qismiga qoʻshimcha trapetsiyasimon kiyiq qoʻshilishi hisobiga birbiriga ustmaust kirib turadi, uchburchak boʻyin oʻmiziga yoqa oʻrnatiladi, yeng uchi tomon torayib boradi. Chakmonning qoʻltiq osti (xishtak) qismi ochiq qoldirilgan. Chakmon ham toʻn kabi yoqa, bar, etak chetiga jiyaklar qoʻyib bezatilgan. Bahor, kuzda yaktak ustidan, sovuq oylarda paxtali toʻn, poʻstin ustidan kiyiladi. Xorazmda chap barlar oʻng bar ustini yopib turgan. Yaylovlarda hozir ham kundalik kiyim sifatida kiyiladi. Bu hududsa movut toʻnlar — ch a k moi, sholchakmon, yaktak singari astarsiz tikilgan. Jun mato ensiz boʻlgani sababli bitta Chakmonga 25 m gacha mato sarf qilingan. Ular, asosan, och jigarrang tuya junidan boʻlib, 2 andazali yoki 3 andazali bichiqsa tikilgan, yaʼni yon boʻlaktarzli yoki tarzlar qoʻshilmay tikilgan.
Ensiklopediya.uz
CHAKMON