CEO. CTO. CMO. CIO …

CEO. CTO. CMO. CIO …

CEO. CTO. CMO. CIO ...

Ko’pchiligimizni CEO, CTO, CMO va boshqa shu kabi abbreviaturalarga ko’zimiz tushgan. Ular nimani anglatadi? Qanday ko’rinishlari bor? Ushbu maqolada shu haqida so’z ketadi.

Ushbu abbreviaturalardan asosan chet elda foydalanishadi. Ular korxona, tashkilot, kompaniya, korporatsiya, holdinglarda xodimlar lavozimlarini anglatadi. Ba’zi tashkilotlarda ulardan faqatgina ba’zilar ishlatilinadi. Ba’zi hollarda esa bir nechta lavozimni bir xodim bajaradi(tashkilot imkoniyatidan kelib chiqib).

O’zbekistonda ham shunday lavozimlar muomolaga kiritlmoqda(afsuski qonunchilikda hali bu masalada o’zgarishlar bo’lmagan). Ular asosan facebook,
LinkedIn kabi ijtimoiy tarmoqlarda, kompaniya/tashkilot veb saytlarida, yangiliklar saytlarda qo’llanilmoqda. Hujjatlarda esa eski ko’rinishda qolmoqda.

Quyida shunday lavozimlarning ba’zilarigina keltirilgan. Kamchilik, fikr, savolar, takliflar bo’lsa, izohda qoldirsangiz imkon qadar javob berishga harakat qilamiz.

CEO — Chief Executive Officer

CEO — bosh direktor. U kompaniyadagi 1-raqamli odam. Kompaniya, strategiya uchun javob beradi. Menejerlarni ishga oladi va ularni boshqaradi. Odatda u kompaniyaning yuzi hisoblanadi va yangiliklarda uni nomi tez-tez tilga olinadi.

CAO — Chief Analytics Officer

CAO — tahlil(analitika) bo’yicha direktor. U kompaniya faoliyatini tahlil qilib boradi. Bunday tahlil asosida masalan, kompaniya faoliyatini maqsadlarga moslash yoki kompaniya faoliyatiga yangi elementlarni tadbiq etish mumkin bo’ladi.

CAO — Chief Accounting Officer

CAO — bosh hisobchi(buxgalter). Kompaniyada moliya-xo’jalik hisobini yuritish bo’yicha javobgar. Buxgalteriya hujjatlarini yuritadi, soliq to’lovlarini rejalashtiradi. Muhim vazifalaridan biri — moliya bo’yicha hujjatlariga imzo chekadi va uning imzosi kompaniya rahbari imzosi bilan teng kuchli deb hisoblanadi.

CAE — Chief Audit Executive

CAE — ichki audit bo’yicha direktor. Kompaniya rahbariyati va aksionerlarini tashkilot biznes jarayoning barcha javhalari bo’yicha ma’lumot bilan ta’minlab boradi. U kompaniya boshqaruv jarayonining samaradorligi bo’yicha ma’lumotlar yig’adi, ichki boshqaruv xavfsizligi va himoyasini baholaydi.

CBO — Chief Business Officer

CBO — biznes bo’yicha direktor. Kompaniyaning strategik maqsadlarini bajarilishini ta’minlaydi, tijorat kelishuvlar amalga oshirilishiga javob beradi, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonini boshqaradi.

CBDO — Chief Business Development Officer

CBDO — biznesni rivojlantirish bo’yicha direktor. U tashkilotni strategik rivojlanishi bo’yicha mutaxassis bo’lib, ishlab chiqarishni kengayishi, yangi hamkorlik tarmoqlarini yaratilinishi va yangi filiallar ochilishi bilan shug’ullanadi.

CCO — Chief Creative Officer

CCO — kreativ direktor. U axborot-tahliliy yoki kreativ bo’limini boshqaradi. Kreativ direktor tashkilotdagi ijodiy loyihalarni boshqaradi va shu loyihalarning kreativ konsepsiyasini ishlab chiqishga javob beradi.

CCO — Chief Commercial Officer

CCO — tijorat bo’yicha direktor. U kompaniyada ta’minot, moliyaviy-iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanadi. Odatda tijorat bo’yicha direktor kompaniya rahbari yoki bosh direktorning «o’ng qo’li» bo’lib, u keng ko’lamli faolioyat olib boradi, ya’ni, tashkilotda kadrlar masalalari, texnologik masalalar va iqtisodiy masalalar bo’yicha yechimlar topish bilan shug’ullanadi.

CCO — Chief Compliance Officer

CCO — muvofiqlik bo’yicha direktori. Tashkilotning muvofiqlik xavfini kamaytirish, ichki hujjatlar va tashkilot normalarining qonun hujjatlariga, xalqaro va davlat standartlariga muvofiqligini nazorat qilish uchun javobgar bo’lgan shaxs.

CCO — Сhief Communications Officer.

CCO — jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha direktor. Jamoatchilik fikrini boshqaradigan va sheriklar, potentsial iste’molchilar bilan kompaniya munosabatlarini o’rnatadigan mutaxassis. Uning asosiy vazifasi mahsulot yoki brendning obro’siga ta’sir etuvchi omillarni baholash, ularni ilgari surish uchun qator tadbirlar davomida potentsial mijozlarning sadoqatidagi o’zgarishlarni tahlil qilishdan iborat.

CFO — Chief Financial Officer

CFO — moliya bo’yicha direktori. U biznes faoliyat olib borish davomida pul-mablag’ tushumlari, risklarini hisoblaydi va boshqaradi, moliyani rejalashtirish bilan shug’ullanadi, moliya bo’yicha hisobotlar tayyorlaydi.

CIO — Chief Information Officer

CIO — axborot texnologiyalari bo’yicha direktor. Kompaniyada yangi axborot texnologiyalarini tanlash, ularni kompaniya faoliyatiga tadbiq etish va zarurat bo’lganda, kerakli asbob-uskunalar ta’minoti bilan shug’ullanadi.

CIO — Chief Innovation Officer

CIO — innovatsiyalar bo’yicha direktor. U kompaniyada innovatsion jarayonlarni boshqarishga javobgar bo’lib, ba’zi hollarda yangi innovatsion g’oyalarni yaratish va tashkilotda boshqa xodimlar tomonidan yaratilingan innovatsion g’oyalarni aniqlash bilan shug’ullanadi.

CIO — Chief Investment Officer

CIO — investitsiya bo’yicha direktor. Tashkilotda direktorlar kengashi darajasida investitsiyalar bo’yicha javobgar lavozim. Uning maqsadi kompaniya aktivlarini tushunish, ularni boshqarish va kompaniya rivojlanishi uchun investorlar bilan bog’lovchi ko’prik vazifasini bajarishdir.

CLO — Chief Legal Officer

CLO — bosh yurist. Kompaniya faoliyati davomida qonunchilik va umuman yuridik jihatdan paydo bo’ladigan muommolar bilan shug’ullanadi. Tashkilot faoliyatida davomida yuridik kelib chiqishi mumkin bo’lgan risklarni oldindan aniqlash va ularni bartaraf etish uchun kerak bo’lgan yechimlarni topish, ularni joriy etish bilan shug’ullanadi. U to’g’ridan to’g’ri CEO’ga bo’ysinadi.

CDO — Chief Data Officer

CDO — tashkilot ma’lumotlarini boshqarish bo’yicha direktor. Kompaniyada uning faoliyati davomida yig’ilgan ma’lumotlarni boshqarish, zarurat bo’lganda, ularni qayta ishlanishini boshqaradi. Odatda bu lavomiz katta elektron tijorat bilan shug’ullanadigan kompaniyalarda mavjud bo’ladi.

CKO — Chief Knowledge Officer

CKO — bilimlarni bosharish bo’yicha direktor. U odatda kompaniya ichida har xil bo’limlar o’rtasida foydali bilimlar, ma’lumotlarni almashinuvi bilan shug’ullanadi. Shu orqali kompaniya ichidagi bo’limlar bir-birlarini yaxshi tushunishadi shuni asosida, ish faoliyati va tugallangan mahsulot sifatini oshishi ta’minlanadi.

COO — Chief Operating Officer

COO — ijrochi direktor. Yoki operatsion direktor. Tashkilotning kundalik faoliyat uchun javob beradi. U asosan kompaniyaning ma’muriy va operativ javhalarini boshqarish bilan shug’ullanadi.

CTO — Chief Technical Officer

CTO — texnologiyalar bo’yicha direktor. Yoki tashkilotdagi bosh muhandis. CIO’ga juda o’xshash. Ba’zi hollarda CIO bilan bir xil vazifani bajaradi yoki o’rnida yuradi. Eng katta farqi, CTO — ko’proq texnika bilan bog’liq lavozim, CIO esa biznes bilan.

CSO — Chief Security Officer

CSO — xavfsizlik bo’yicha direktor. U biznesning xavfsizligini ta’minlash, kompaniya faoliyati davomida kelib chiqishi mumkin bo’lgan risklarni kamaytirish bo’yicha strategiya shakllantirish bilan shug’ullanadi. O’z faoliyati evaziga kompaniyaning umumiy xavfsizligini oshirishga erishadi.

CMO — Chief Marketing Office

CMO — marketing bo’yicha direktor. U kompaniyada marketing, PR va reklama bo’yicha javob beradi. Marketing bo’yicha direktor kompaniyani reklama qilish, kerak bo’lganda, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni yo’lga qo’yish bilan shug’ullanadi.

CPO — Chief People Officer yoki CHRO — Chief Human Resources Officer

CHRO/CPO — kadrlar bo’yicha direktor. Kompaniyada kadrlarni boshqarish bo’yicha amaliyot, siyosat va jarayonlarni kuzatadi. Tashkilot xodimlar o’rtasidagi mutadil va ijobiy muhit bo’lishi uchun harakat qiladi.

Boshqaruv
CEO. CTO. CMO. CIO …