Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvaliga yangi 4 ta element qo‘shildi

Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvaliga yangi 4 ta element qo‘shildi Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvaliga yangi 4 ta element qo‘shildi Nazariy va Amaliy Kimyo Xalqaro Ittifoqi (IUPAC) Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvaliga yangi to‘rtta element qo‘shilganini rasman tasdiqladi. Yangilangan davriy jadvalni Rossiya, AQSH va Yaponiya olimlari birgalikda tartiblashgan. Davriy jadvalga yangi qo‘shilgan elementlarga hozircha vaqtinchalik … Читать далее

Uran — beqaror element

Uran — beqaror element Uran — beqaror element   Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi elementlarning aksariyati, ya’ni, 1-raqamli element vodoroddan boshlab, 83-raqamli element vismutgacha bo‘lgan barchasi barqaror elementlar sanaladi. Ushbu elementlarning hech bo‘lmasa bir dona atomi doimiy barqaror bo‘lib qoladi. Balki tabiatda mavjud barqaror elementlarning hammasi aynan o‘sha 83 ta elementdan iborat bo‘lishi mumkin. Vismutdan … Читать далее

Platina guruhi metallari

Platina guruhi metallari Platina guruhi metallari Ruteniy (Ru), rodiy (Rh), palladiy (Pd), osmiy (Os), iridiy (Ir) va platina (Pt) metallaridan iborat guruh «Platina metallari» deb yuritiladi. Ularning hammasi, kimyoviy elementlar davriy jadvalining VIII b-guruhchasiga mansub bo‘lib, birinchi uchlik, ya’ni, Ru-Rh-Pd beshinchi davrda, ikkinchi uchlik, ya’ni, Os-Ir-Pt esa oltinchi davrda joylashgan. Tabiatda ushbu metallar asosan sof … Читать далее

Bor — sahro elementi

Bor — sahro elementi Bor — sahro elementi Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalining IIIA guruhi joylashgan ustunda bor, alyuminiy, galliy, indiy, hamda, talliy elementlari o‘rin egallagan. Bu elementlar ichida alyuminiydan tashqari qolgan barchasi kamyob elementlar sanaladi. Lekin, ularning alyuminiydan farqi faqat kambyobligida emas. Masalan, davriy jadvalda alyuminiyning tepasida 5-raqam bilan bor elementi joylashgan. Bu elementning … Читать далее

Kremniy — quruqlik elementi

Kremniy — quruqlik elementi Kremniy — quruqlik elementi Yerda tarqalganligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi element — davriy jadvaldagi 14-raqamli element — kremniy sanaladi. Yer qobig‘ining ≈20% qismini aynan kremniy tashkil qiladi. Tosh, tuproq va boshqa ko‘plab qattiq jinslarning asosi aynan kremniydan iborat bo‘ladi. Kremniy tabiatda sof holda uchramaydi. Shu sababli, hatto kimyogarlar orasida ham sof … Читать далее

Sintetik suyuq yoqilg‘i

Sintetik suyuq yoqilg‘i Sintetik suyuq yoqilg‘i «Sintetik yoqilg‘i» atamasining o‘zi g‘alati. Odatda, biror mahsulotni neft, yoki, neft mahsulotlaridan tayyorlangan bo‘lsa, uni sintetik mahsulot deyiladi. Agar mahsulot aytaylik yog‘ochdan, yoki xullas neftga aloqasi bo‘lmagan biror narsadan tayyorlangan bo‘lsa, uni tabiiy mahsulot deyiladi. Biroq, nimagadir yoqilg‘i haqida gapirilganda bu qoida teskarisiga o‘zgarib ketadi. Ya’ni, agar yoqilg‘i neftdan … Читать далее

Uglerod-14 tahlili vositasida muddatni aniqlash

Uglerod-14 tahlili vositasida muddatni aniqlash Uglerod-14 tahlili vositasida muddatni aniqlash Uglerodning 12 va 13 massa soniga ega izotoplari tabiatda nisbatan eng keng tarqalgan bo‘lib, radioaktiv yemirilish jarayoniga uchramaydigan izotoplardir. Shuningdek, uglerodning yana bir 14 massa soniga ega (14C) izotopi mavjud bo‘lib, u nisbatan kam tarqalgan. 14C ning tabiatda tarqalganligi umumiy uglerod miqdorining 0,00000000012 % qismini … Читать далее

Fosfor — yog‘dulanuvchi element

Fosfor — yog‘dulanuvchi element Fosfor — yog‘dulanuvchi element 1669-yilda olmon kimyogari Xennig Brandt siydik tarkibini tahlil qilish uchun undagi suvni bug‘latib yubordi va idishda qolgan cho‘kindi quyqalarni sinchiklab tekshirib chiqdi. Shu asnoda Brandt davriy jadvaldagi biz bilgan 15-raqamli element — fosforni kashf qilgan edi. Bu — yumshoq mumsimon modda holida bo‘lib, oddiy xona sharoitida ochiq … Читать далее

Alyuminiy — oshxona elementi

Alyuminiy — oshxona elementi Alyuminiy — oshxona elementi Yer qobig‘ida eng keng tarqalgan metall — alyuminiydir. U shuningdek, eng ko‘p uchraydigan kimyoviy elementlar ichida ham uchinchi o‘rinda turadi. Alyuminiydan ko‘ra ko‘proq uchratish mumkin bo‘lgan kimyoviy elementlar bu — kislorod va kremniy bo‘lib, ular metallmaslar turkumiga mansubdirlar. Foiz hisobida oladigan bo‘lsak, yer qobig‘ining 7% dan ziyodrog‘ini … Читать далее

Skandinaviya elementlari

Skandinaviya elementlari Skandinaviya elementlari 1794-yili asl millati fin bo‘lgan Yoxann Gadolin ismli olim, Shvetsiyaning Itterbyu shaharchasi yaqinidan ilgari ilm-fanga noma’lum bo‘lgan, yangi mineral topib oldi. Gadolin shaharcha nomiga ishora qilgan holda, ushbu topilmani ittria deb nomlagan edi. Sinchiklab tekshirishlar orqali, olim ushbu mineral tarkibida kimyogarlarga shu choqqacha noma’lum bo‘lgan kimyoviy element mavjudligini ham aniqladi. Tabiiyki, … Читать далее