Eyfel minorasining balandligi qancha?

Eyfel minorasining balandligi qancha? Eyfel minorasining balandligi qancha? Sizning Eyfel minorasi balandligi haqidagi savolingizga «Yozdami yoki, qishdami?» deb aks savol bilan javob berishsa hayron bo’lishingiz mumkin. Ammo bu butunlay o’rinli savol. Sababi, maktab fizika kursida jismlarning issiqlik ta’sirida kengayishi hodisasi bilan albatta tanishsiz. Shinday ekan, bundayin katta metall inshootning balandligi ham turli haroratlarda bir xil … Читать далее

Bir tonna yog‘och og‘irmi, bir tonna temir og‘irmi?

Bir tonna yog‘och og‘irmi, bir tonna temir og‘irmi? Bir tonna yog‘och og‘irmi, bir tonna temir og‘irmi? Bir tonna yog‘och og‘irmi, bir tonna temir og‘irmi? — degan hazilakam savol hammaga ma’lum. Odatda o‘ylamasdan turib, bir tonna temir og‘ir degan javobni beradilar, bu qaltis javobdan o‘tirganlar o‘rtasida qahqaha ko‘tariladi. Agar bir tonna temirdan ko‘ra bir tonna yog‘och … Читать далее

Tovush

Tovush Tovush Tovush bizning quloqlarimizga hech qachon bir ondayoq yetib kelmaydi. Biz uni eshitgunimizcha, u o‘z manbasidan boshlab qandaydir masofada yo‘l bosib o‘tadi. Tovush tezligi sharoitga qarab tez o‘zgarishi mumkin. Masalan haroratga bog‘liq ravishda   Barchamiz olis olislarda chaqnagan chaqmoqning yarq etib butun osmonni yoritib yuborganini ko‘p kuzatganmiz. Va albatta ko‘pchiligimiz uning o‘zini (yani yorug‘ligini) … Читать далее

Suyuq kristalli displey

Suyuq kristalli displey Suyuq kristalli displey 1960-yillarda paydo bo‘lgan Suyuq Kristalli Displeylar (SKD yoki, LCD –liquid-crystal display) haqiqiy texnik inqilobni amalga oshirdi. Aynan ular tufayli hozirda, maishiy xizmatimizda tasvirning o‘ta sifatli va tiniq ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgan tekis ekranli televizorlar,  kompyuter monitorlari, va boshqa ko‘plab texnikalarga ega bo‘ldik. Bunday ekranlar keng miqiyosli va energiya tejamkorligi … Читать далее

Gaz bosimi

Gaz bosimi Gaz bosimi Qattiq jism va suyuqliklardan farqli ravishda gazlar atrof muhitga doimiy ravishda, bosim o‘tkazadi. Gazlarning‘ ayniqsa siqilgan holatdagi bosimi juda qulay va foydali energiya manbaidir. Suyuqliklardan va qattiq jismlardan farqli ravishda, gazlar oson siqiladi. Masalan, xonadagi barcha havoni, bir kichik ballonga qamash mumkin va unday balloning hajmi vannanikidan ham kichik bo‘ladi. Shuningdek … Читать далее

Katalik Neytralizator

Katalik Neytralizator Katalik Neytralizator Katalik konverter – neytralizatorlarni avtomobillarning tutun chiqarish tizimlariga o‘rnatiladi. Neytralizatorlar tutun gazlarida kimyoviy  reaksiya keltirib chiqaradi va bu orqali, ular tarkibigidagi zaharli moddalarning atmosferaga chiqish darajasini kamaytiradi. Jahon bo‘ylab yo‘llarda millionlab avtomobillar harakatlanmoqda. Ularning umumiy chiqindi gazlari – dvigateldagi yoqilg‘ining yonishidan hosil bo‘lgan tutunlarning hajmi esa juda katta miqdorni tashkil qiladi. … Читать далее

Gugl necchi? Billiardchi?

Gugl necchi? Billiardchi? Gugl nechchi? Billiardchi?   Sarlavha buncha be«mani deb o‘ylayotgandirsiz? Xulosa qilishga shoshilmang. Maqolani o‘qib chiqqach hayratingiz balki yana ham ortar… 1871-yildagi Fransiya — Prussiya urushi natijasida olmonlarning kundalik so‘zlashuv muomala tiliga yangi so‘z — «Milliard» kirib keldi. Urush yakuniga ko‘ra imzolangan bayonnomada, faranglar olmonlarga 5 milliard frank o‘lpon (kontribunsiya) to‘lashlari kerak edi. … Читать далее

Fazoviy janglar yoxud, fantastik kinofilmga mexanikning nigohi.

Fazoviy janglar yoxud, fantastik kinofilmga mexanikning nigohi. Fazoviy janglar yoxud, fantastik kinofilmga mexanikning nigohi. Kino sanoati oxirgi yillarda fazoviy janglar, o‘zga sayyoraliklar, boshqa galaktikalik kelgindilar bilan insoniyat o‘rtasidagi urush tasvirlangan mahsulotlar bilan tez-tez chiqish qilmoqda. Ayniqsa xorij kinosida bunga misollar bisyor. «Oblivion», «Dunyolar jangi», «Yulduzlar darvozasi» kabi filmlarni ko‘pchiligingiz ko‘rgansiz. Bu filmlar ssenariychi va rejissorlarning … Читать далее

Quyma ichiga nazar…

Quyma ichiga nazar… Quyma ichiga nazar… Solishtirma og’irlik ajoyib narsa. U haqida bilish ko’p hollarda insonga naf keltirishi tayin. Masalan men, yaqindagina xorij safaridan yaqinlarim uchun sovg’a salomlar oldim. Qo’l mehnati bilan tayyorlanadigan suvenirlar do’konida savdo qilayotgan habash yigit menga, vazni taxminan 1.5 kg keladigan globuschani tavsiya qildi. Narxi esa bir oz qimmat. Sababini so’raganimda, … Читать далее

Faza o‘tishlari

Faza o‘tishlari Faza o‘tishlari Siz tonggi shabnam yoki deraza oynasidagi qirovni albatta kuzatgan bo‘lsangiz kerak. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nima uchun shabnam, shunchaki «tomchi» yoki, qirov ham shunchaki «muz« deyilmaydi? Ona tilimizdagi mazkur so‘zlarning bir biriga sinonim emasligi maktab o‘quvchisiga ham ayon. Buning sababini esa ona tili fanidan emas, balki, — fizikadan qidirish eng to’g’ri yo‘ldir… … Читать далее