21-may Yaponiyada «Ibodatxona namoyishi” kuni to’liq malumot oling 21-may Yaponiyada «Ibodatxona namoyishi” kuni 21-mayda Tokioda eng mashhur, eng shovqinli ko‘pchilikning bayrami -Sandzya yoki «Ibodatxona bayrami” o‘tkaziladi. Yaponiyaning hamma bayramlari singari Sandzya matsuri ham o‘zining rang barangligi bilan ajralib turadi va 2 milnga yaqin odamlar qatnashadilar. Nima uchun «Ibodatxona namoyishi”deb atashadi, chunki yig‘ilganlar guruhlarga bo‘linib, har biri 220 kgli ibodatxonalarni kichraytirilgan nusxasini (yaponcha mikosi) ko‘tarib chiqadilar. Mikosi deyarli har bir yapon ibodatxonalarida bor bo‘lib, ular hammani ko‘rishi uchun har yilgi o‘tkaziladigan bayramda olib chiqiladi. Bu bayramni o‘ziga xosligi shundaki, bir vaqtning o‘zida Yaponiyaning turli ibodatxonalaridan yuzga yaqin mikosi ishtirok etadi. Olomonda adashib ketmaslik uchun har bir guruh o‘zining mahaliy milliy liboslarida bo‘lishadi. Bayram Tokioni okrugi Asakusada ertalab soat 8 da boshlanib, kechqurun soat 8 da shu yerga tugaydi. Bu jarayonni boshida Sensodzi ibodatxonasi vakillari baraban va musiqa sadolari ostida borishadi. Musiqachilar aynan shu kunga atab yozilgan kuylarni chalishadi. Ishtirokchilar esa gimnlarni aytib jo‘r bo‘lishadi. Sandzya matsurini yapon milliy liboslari bayrami deb ham atasa bo‘ladi. Bu kun ko‘chalarda musiqachilar, raqqosalar, bolalar hattoki itlarni ham milliy kiyimlarda ko‘rish mumkin. Turistik yo‘l ko‘rsatuvchilar bu Sandzya matsurini yaponlar bilan, hamda Yaponiyaning o‘rta asrlar madaniyatini tanishtirish bilan bog‘laydilar. Muhim sanalar 21-may Yaponiyada «Ibodatxona namoyishi” kuni