ARRENOTOKIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya

ARRENOTOKIYA haqida malumot bilib oling. ARRENOTOKIYA — urugʻlanmagan tuxumlardan faqat erkak hayvonlar chiqishi. Arrenotokiya asalarida yaxshi oʻrganilgan. Ona asalari urugʻlangan va urugʻlanmagan tuxum qoʻyadi. Urugʻlangan tuxumlardan urgʻochi (ona va ishchi) arilar, urugʻlanmagan tuxumlardan erkak arilar rivojlanadi. Пост Навигацияси Ensiklopediya.uz ARRENOTOKIYA

ARPA DONI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya

ARPA DONI haqida malumot bilib oling. ARPA DONI — 1) qad. ogʻirlik oʻlchov birligi. Ming dona arpaning ogʻirligi 40,9510 – g 40,9514 g boʻlgani uchun 1 dona arpaning ogʻirligi oʻrtacha 0,0409512 g ga teng, deb olingan. Ilgari mana shu ogʻirliklar boʻyicha misqol va qadoq qiymatlari aniqlangan. Shuning uchun qadimda 1 misqol q 100 Arpa doni … Читать далее

ARMINA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya

ARMINA haqida malumot bilib oling. ARMINA — mil. av. 7-a. oxirida Armaniston togʻlarining jan.-gʻarbida barno etilgan qabilalar ittifoqi. Urartuda davlat hokimiyatining boʻshashganligi sharoitida vujudga kelgan. Aftidan, arman xalqining shakllanishida katta rol oʻynagan. Baʼzi tadqiqotchilarning fikricha, Armina atamasi «Armeniya» soʻzining asosi boʻlgan. A. Bihistun kitobalaridagi «Urartu» soʻziga mos keladi. Пост Навигацияси Ensiklopediya.uz ARMINA

ARKTUR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya

ARKTUR haqida malumot bilib oling. ARKTUR — Hoʻkizboqar yulduz turkumining eng ravshan va bizga eng yaqin yulduzi, 0-kattalikda (a). Osmonning Shim. yarim sharidagi 3 ta eng ravshan yulduzlardan biri. Arkturning Yerdan uzoqligi 25 yorugʻlik yiliga teng. Oʻzbekistonda qish, bahor va yozda koʻrish mumkin. Пост Навигацияси Ensiklopediya.uz ARKTUR

ARKA USTUNI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya

ARKA USTUNI haqida malumot bilib oling. ARKA USTUNI — togʻ jinslarini koʻtarib turadigan tayanch; asosan, arka (ravoq) sxemasida yoki bir-biriga birlashtirilgan arkalar yigʻindisi koʻrinishida yasaladi. Konlarda yer osti yoʻlaklarini mustahkamlash uchun qoʻllaniladi. Arka ustuni temir-beton va maxsus profilli metall tirgaklardan ishlanadi. Пост Навигацияси Ensiklopediya.uz ARKA USTUNI

ARITMIYAGA QARSHI MODDALAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya

ARITMIYAGA QARSHI MODDALAR haqida malumot bilib oling. ARITMIYAGA QARSHI MODDALAR, antiaritmik dorilar — yurak aritmiyasini davolash va oldini olish uchun ishlatiladigan moddalar (novokainamid, xinidin, etmozin, lidokain va b.). Ular turli sabablarga kura buzilgan yurak qisqarishlari maromini tartibga solib turadi (normallashtiradi). Пост Навигацияси Ensiklopediya.uz ARITMIYAGA QARSHI MODDALAR

ARILAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya

ARILAR haqida malumot bilib oling. ARILAR, arisimonlar (Apotdea) — chaquvchi pardaqanotlilar katta oilasi. Kovlovchi arilarga yaqin tuzilgan. Arilarning panjalari tuklari bilan birga chang yigʻuvchi apparatni hosil qiladi, uzun xartumi esa guldan nektar yigʻishga moslashgan. Arilarga 7 oila, 30 mingdan koʻproq toʻr kiradi, Oʻzbekistonda bir necha yuz turi uchraydi. Koʻpchilik Arilar yakka yashaydi, ulardan faqat ayrim … Читать далее

ARZIRUM haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya

ARZIRUM haqida malumot bilib oling. ARZIRUM — Turkiyaning shim.sharqidagi shahar. Arzirum elining maʼmuriy markazi. Aholisi 242 ming kishi (1990). T. y. stansiyasi, avtomobil yoʻllari tuguni, oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnchilik, mebel va metallsozlik korxonalari bor; vagon va lokomotivlar taʼmirlanadi. Un-t bor. Arzirum yaqinida temir rudasi koni topilgan. Arzirum qadimda turli davlatlar tarkibida boʻlib ketgan va har xil … Читать далее

ARDOB haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya

ARDOB haqida malumot bilib oling. ARDOB (fors, ord — un, ob — suv) — 1) un yoki dondan tayyorlanadigan suyuq yovgʻon ovqat; 2) chorva mollariga berish uchun suvga un chalib tayyorlanadigan ozuqa. Пост Навигацияси Previous PostARDENNA OT ZOTI Next PostAREAL Ensiklopediya.uz ARDOB

ARGO haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya

ARGO haqida malumot bilib oling. ARGO (frans. argot — jargon) — maʼlum toifa kishilargagina tushunarli soʻzlar mavjudligi bilan umumxalq tilidan farq qiluvchi, biror ijtimoiy toifa, guruh (mas, dallollar, sportchilar, talabalar, oʻgʻrilar va h. k.)ga xos yasama til. Пост Навигацияси Ensiklopediya.uz ARGO