UYBAT CHAATASI

Ensiklopediya 1

UYBAT CHAATASI UYBAT CHAATASI — Xakasiya Respublikasi (RF)dagi Uybat st-yasidan 6 km jan. sharqda joylashgan qad. mozorqoʻrgʻon (mil. av. 3a. — mil. 7—8-a. lar). Eng qad. qabrlar tagar madaniyatiga, aksariyati — toshtiq madaniyatja oid. 1936 va 1938-y. lardagi arxeologik qazishmalar (SV. Kiselyov, L. A. Yevtyuxova va b.) chogʻida toshtiq madaniyatiga mansub zodagonlar qabridan (mil. av. … Читать далее

UZUNOYOQLILAR

Ensiklopediya 1

UZUNOYOQLILAR UZUNOYOQLILAR (Tipulidae) ikki qanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Tanasi choʻziq (12— 30 mm), qanotlari ensiz uzun, oyoklari nozik va tanasiga nisbatan juda uzun (nomi shundan). 2500 ga yakin turi bor. Qurtlari tuproqdagi yoki suvdagi chiriyotgan oʻsimliklar, suvoʻtlar va yoʻsinlar, baʼzan oʻsimliklar ildizi va yosh barglari bilan oziklanadi. Nam va birmuncha iliq iqlimli hududlarda tarqalgan. … Читать далее

UZOQLASHTIRUVCHI NERV

Ensiklopediya 1

UZOQLASHTIRUVCHI NERV UZOQLASHTIRUVCHI NERV — bosh miya nervlarining 6jufti. Miya koʻprigining orqa chekkasidan, koʻprik b-n uzunchoq miyaning piramidasi orasidagi egatdan chiqadi, soʻng koʻz kosasiga keladi va koʻzning tashqi toʻgʻri muskulini innervatsiyalaydi. Uzoqlashtiruvchi nerv zararlanganda tashqi toʻgʻri muskul falajlanganligi sababli, ichki toʻgʻri muskullar koʻz soqqasini ichki tomonga tortib ketadi va gʻilaylikka olib keladi. Ensiklopediya.uz UZOQLASHTIRUVCHI NERV

UZATMALAR QUTISI

Ensiklopediya 1

UZATMALAR QUTISI UZATMALAR QUTISI — oʻziyurar mashinalar (mas, traktorlar) transmissiyasida birlamchi va ikkilamchi vallar uzatish nisbatinm oʻzgartirish uchun moʻljallangan koʻp zvenoli mexanizm. Bu oʻzgartirish alohida yoki boshqa mexanizmlar bilan umumiy korpusda joylashgan tishli uzatmalarni almashlab ulash natijasida amalga oshiriladi. Yetakchi valning aylanish chastotasi oʻzgarmagani holda yetaklanuvchi valning aylanish chastotasini oʻzgartiradigan Uzatmalar qutisiga tezliklar qutisi (mas, … Читать далее

UDAYPUR

Ensiklopediya 1

UDAYPUR UDAYPUR — Hindistonning shim. gʻarbiy qismidagi shahar, Aravali tizmasi yon bagʻrida, Rojasthon shtatida. Aholisi 310 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Kimyo, shakarqand, sement, rangli metallurgiya sanoati korxonalari mavjud. Kustar usulda matolar, toʻr toʻqiladi. Udaypur yaqinida fosforit va mamlakatda yagona qoʻrgʻoshinrux rudalari konlari bor. Shahar tabiiy va sunʼiy koʻllar bilan oʻralgan. 16—18-a. larga oid … Читать далее

UGARIT YOZUVI

Ensiklopediya 1

UGARIT YOZUVI UGARIT YOZUVI — konsonant harftovush yozuvi (mixxat); mil. av. 14— 13a. larda Ugarit davlatida ugarit tilidagi, shuningdek, xurrit tilidagi, baʼzan akkad tilitsagi matnlarni yozish uchun qoʻllangan. Ugarit yozuvida bitilgan matnlar Ugaritdan tashqari hududlarda, jumladan, Falastinda ham topilgan. Ugarit yozuvining shumerakkad mixxati bilan genetik aloqasi borligi haqidagi fikr uncha ishonarli emas. Uning finikiy va … Читать далее

UEDDELL DENGIZI

Ensiklopediya 1

UEDDELL DENGIZI UEDDELL DENGIZI — Atlantika okeanining chekka dengizi, Antarktidaning gʻarbiy qirgʻoqlariga t)$gash. Mayd. 2910 ming km2. Eng chuqur joyi 6820 m. Dengizning aksari qismi yil davomida suzib yuruvchi muzlar bilan band, aysberg koʻp. Qirgʻoqlarida shelf muzliklari bor. U. d. da kit va tyulenlar yashaydi. Dengiz 1823-y. da X. Ueddell boshliq ingliz ekspeditsiyasi tomonidan kashf … Читать далее

UCHQIZIL SUV OMBORI

Ensiklopediya 1

UCHQIZIL SUV OMBORI UCHQIZIL SUV OMBORI — Surxondare viloyati Termiz sh. dan shim. tomonda, 20 km uzoklikda, Uchqizil razyezdi yaqinidagi suv ombori. Atrofi tepaliklar bilan oʻralgan taqasimon tabiiy chuqurlikda barpo etilib, 1957-y. da foydalanishga toʻliq topshirilgan. Umumiy hajmi 160 mln. m3, foydali xajmi 80 mln. m3. Zang kanalы va uning Jan. Zang suv keltirish kanali … Читать далее

UCHKOʻPRIK

Ensiklopediya 1

UCHKOʻPRIK UCHKOʻPRIK — Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanidagi qishloq. Tuman markazi, yakin t. y. stansiyasi — Quqon (8 km). Aholisi 6 ming kishidan ziyod (2004). Xoʻjaliklari Katta Fargʻona kanalidan suv oladi. Asfaltbeton, paxta tozalash, meva sabzavot konserva z-dlari, qurilish tashkilotlari, MTP, non kti, avtokorxona, qoʻshma korxonalar, kichik va xususiy firma va korxonalar faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim … Читать далее

UXTA

Ensiklopediya 1

UXTA UXTA — Komi Respublikasidagi shahar (1943-y. dan). Uxta daryosi va uning irmogʻi Chibyu boʻyida. T. y. stansiyasi. Aholisi 103 ming kishi (2002). 1931-y. da barpo qilingan. Neftgaz va neftni qayta ishlash sanoati markazi. Yetakchi korxonasi — neftni qayta ishlash z-di; mexanika va taʼmirlashmexanika va boshqa z-dlari; mebel f-kasi, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoati korxonalari … Читать далее