UJJAYN

Ensiklopediya 1

UJJAYN UJJAYN — Hindistonning markaziy qismidagi shahar. MadhyaPradesh shtatida. Vindhya togʻining shim. etagida joylashgan. Aholisi 365 ming kishidan ziyod (1990y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallsozlik sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda turli buyumlar tayyorlanadi. Ujjayn hindularning 7 «muqaddas» shaharidan biri, diniy ziyorat markazlaridan. Shahar mil. av. 7-a. da bunyod etilgan. Qad. hind geograflari shartli … Читать далее

UGOM

Ensiklopediya 1

UGOM UGOM (Oqburxon, Tikanak) — Toshkent viloyatidagi daryo. Chirchiq daryosining oʻng irmogʻi. Daryo havzasi shim. dan Talas Olatovi, gʻarbdan Qorjontov, sharkdan Ugom tog tizmalari bilan chegaralangan. Bir necha buloq suvlarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uz. 68,5 km, xavzasining mayd. 870 km2. U. Chorvoq suv omborining quyi toʻgʻoni (byef)dan oʻtgach, Chirchiq daryosiga quyiladi. Asosan, qor va qisman … Читать далее

UVAL

Ensiklopediya 1

UVAL UVAL — yon bagʻirlari nishab, choʻzilib ketgan qirlar. Tepasi yassi yoki salgina gumbazsimon, etagi yaqqol koʻzga tashlanmaydi. Uvalning nisbiy bal. 200 m dan oshmaydi. Ensiklopediya.uz UVAL

UAYT

Ensiklopediya 1

UAYT UAYT (White) Patrik Viktor Martindeyl (1912.28.5, London — 1990, Avstraliya) — avstraliya yozuvchisi. Kembrij un-tini tugatgan (1935). 1940—45 y. lar Britaniya aviatsiyasida xizmat qilgan. 1946-y. dan Avstraliyada yashagan. Birinchi romani — «Baxtli vodiy» (1939). Ikkinchi romani — «Tiriklar va oʻliklar» 2-jahon urushi yillari yaratilgan. Urushdan keyin «Abissiniyaga qaytish» va «Soxta dafn» pyesalarini yozgan. «Xolamning … Читать далее

UYA

Ensiklopediya 1

UYA UYA — hayvonlar bolalash maqsadida va boshpana sifatida foydalanadigan pana joy. Umurtqasizlardan hasharotlar, ayniqsa, xilmaxil uya quradi. Umurtqalilar orasida ayrim baliqlar (tikan baliq), suvda va quruqlikda yashovchilar (Yava kurak oyoqli bakasi), sudralib yuruvchilar (ayrim toshbaqalar va timsoxlar), koʻpchilik qushlar, bir qancha sut emizuvchilar (kemiruvchilar, odamsimon maymunlar, oʻrdakburun) U. quradi. Sudralib yuruvchilar (ayrim toshbaqalar, timsoxlar) … Читать далее

UCHQOʻRGʻON GIDROUZELI

Ensiklopediya 1

UCHQOʻRGʻON GIDROUZELI UCHQOʻRGʻON GIDROUZELI — Norin daryosi quyi oqimida, Qirgʻiziston Respublikasida barpo etilgan yirik gidrotexnika inshooti; Kamma Namangan kapali va Chapqirgʻoq Uchqoʻrgʻon kanallariga suv olishni taʼminlaydi, elektr energiyasi i. ch. da foydalaniladi. Gidrouzel toʻgʻoni 1964—66 y. larda hoz. koʻrinishda qurib bitkazilgan. Ombordagi suv bosimi 35,7 m dan 18,5 m gacha oʻzgarib turadi. Toʻgʻon jami 3300 … Читать далее

UCHUNIQ

Ensiklopediya 1

UCHUNIQ UCHUNIQ — bir qancha kasalliklarning boshlangʻich belgisi. Koʻpincha kasallikning 3—4kuni namoyon boʻladi. Bemorning aʼzoi badani zirqirab ogʻrishi, gavda t-rasining goh koʻtarilib, goh pasayishi, lab va burunga uchuq (baʼzan quloqlarga toshma) toshishi bilan kechadi. Shu sababli xalqda bu holat Uchuniq deb ataladi. Aksariyat kishilar Uchuniqni oyoq uchida oʻtib ketadigan xastalik deb qaraydilar. Natijada Uchuniq boshqa … Читать далее

UCHAR ITLAR

Ensiklopediya 1

UCHAR ITLAR UCHAR ITLAR, tungi qanotdorlar (Bousettus) — qanotdor koʻrshapalaklar urugʻi. Gavdasining uz. oʻrtacha 13 sm, dumi 1,4 sm. 13 turi bor. Afrika, Jan. Osiyo, Malayziya va* Tinch okeanidagi orollarda tarqalgan. Gʻorlar ichida yashaydi. Qorongʻi gʻorlarda exolokatsiya yordamida moʻljal oladi. Baʼzan barcha qanotdor koʻrshapalaklar «uchar itlar» deb ataladi. Ensiklopediya.uz UCHAR ITLAR

USUNLAR

Ensiklopediya 1

USUNLAR USUNLAR — Markaziy va Oʻrta Osiyodagi koʻchmanchi qabilalar. Usunlar xitoy manbalariga kura, mil. av. 3a. da yueyjilar bilan birga Dunxuan (Doʻngxuang) b-n Tangritogʻning sharqi, Qorongʻu togʻ (Kunlun)ning shim. dagi Chilan togʻi orasidagi kichik bir davlat aholisi boʻlgan. Mil. av. 177-y. ular yueyjilarning tazyiqi natijasida sharqqa siljib, xunlar orasiga (hoz. Gansu oʻlkasining shim. sharqidagi Ersin … Читать далее