«Cashflow» o’yini haqida to’liq malumot oling

«Cashflow» o’yini haqida to’liq malumot oling

«Eng qudratli kuch — moliyaviy bilim»
Mundarija скрыть

Milliarderning «Boy ota — kambag’al ota» kitobi betsellerga aylanib, ommaga ulkan bilimlarni ulashgan.

«Ushbu kitob farzandlarining eng asosiy o’qituvchilari — butun dunyo ota — onalariga bag’ishlanadi» («Boy ota-kambag’al ota» kitobining epigrafi)

Kitobni o’qib ajoyib taasurotlar olish mumkin. Ko’rinishidan murakkab bo’lgan biznes olami aslida ancha sodda. Ayniqsa kitobda tilga olingan «Cashflow» — (o’zbekcha) «Pul oqimi» o’yini ko’pchilikka manzur bo’lgan.

O’yinda ikkita aylana bo’lib, «boylar yo’lagi» va «kambag»allar yo’lagi» deb nomlanadi. Ushbu o’yin faqatgina yaxshi pul topishni emas, barqaror va doimiy daromad, shaxsiy biznes yaratish sirlarini anglash imkoniyatini ham beradi. O’yinning maqsadi — odamda katta moddiy imkoniyatlarni vujudga keltirish, hayot ko’nikmalari talabiga hamohang, bosqichma-bosqich iqtisodiy va moliyaviy savodxonlikni oshirish imkonini berishdan iborat. O’yinni o’ynab pullarni aql bilan boshqarishni, passiv daromadlar yaratishni o’rganish mumkin.

«Cashflow» o’yini haqida

«Cashflow» o’yini haqida

 «Boylar pulni o’zlari uchun ishlab topishga majbur qiladilar»

Yuqorida aytganimizdek, o’yinda ikkita aylana bo’lib, ular «boylar yo’lagi» va «kambag»allar yo’lagi» deb ataladi. Xato qilgan taraf o’yinni qayta boshlaydi hamda tajriba orttirishi mumkin. Haqiqatdan ham, hayotda xatolar qimmat turadi.

Kasb kartochkalari orqali istagan kasbda omadingizni sinab ko’rishingiz mumkin.

Turli qiymatdagi pullar bilan turfa operatsiyalar o’tkazilib, pul bilan muomala qilish malakasi oshiriladi. Kartochkalardagi buyruqlarni bajarish ixtiyoriy — majburiy shaklda bo’ladi. O’yin faqatgina yaxshi pul topishni emas, barqaror va doimiy daromad, shaxsiy biznes yaratish sirlarini anglash imkoniyatini beradi.

Ushbu o’yinni o’ynagan odam pulni ko’paytirish yo’llarini oson tushunib oladi. Shuningdek, bolalarga o’yin orqali harajatlarni nazorat qilish, kirim-chiqimlarni tushunish va oilaviy byudjet yuritish o’rgatiladi.

Bundan tashqari Robertning «Sarmoya tikish san’ati», «Pul oqimi kvadranti» va boshqa ko’plab kitoblari o’z o’quvchilariga taqdim etilgan. Kiyosaki kitoblari odatdagi gaplardan iborat emas.

Robert Kiyosakining kitoblari ayniqsa o’smirlar uchun foydali. Hayotni ertaroq anglashga yordam beradi. Istaysizmi — yo’qmi bugungi zamonda moddiylik birinchi o’ringa chiqayotgan bo’lsada, moddiy bilimlar ko’pchilik uchun yetishmaydi. Bu kitoblar mana shu bo’shliqni to’ldirishga katta yordam beradi.

Kanalda beriladigan maqolalardan muallif ruxsatisiz yoki manbasi ko’rsatilmagan holda foydalanish mumkin emas!

IQ-тисод kanali materiali ©

@Iqtisodiyot_bazasi

Biznes Tavsiyalar
«Cashflow» o’yini haqida