Call of Duty franshizasi haqida

Call of Duty franshizasi haqida

svg%3E

Call of Duty franshizasi haqida

DO`STLARGA ULASHING:

🎮 Call of Duty franshizasi haqida

2003-yilda “Infinity Ward” studiyasi tomonidan yaratilgan birinchi “Call of Duty” o’yini Ikkinchi jahon urushi mavzusida edi va tezda katta shuhrat qozondi. Bu o’yin o’yinchilarga urush maydonidagi haqiqiylikni his qilish, ko‘p sonli qurollar va taktikani qo‘llash imkonini berdi.

📈 Rivojlanish:
Seriya yillar davomida kengayib, turli mavzularni o’z ichiga oldi. “Modern Warfare” bilan zamonaviy jang maydonlariga kirib, “Black Ops” bilan esa sovuq urush davrini yoritdi. Har yili yangi o‘yin chiqishi odatiy holga aylangan va bu seriya tez orada kiber sport va onlayn o‘yinlar olamida o‘z o‘rnini topdi. Ayniqsa, “Warzone” o‘yinida “Battle Royale” rejimi katta shuhrat qozondi.

🌐 Hozirgi holati:
Hozirgi “Call of Duty” seriyasi nafaqat konsol va kompyuterlarda, balki mobil platformalarda ham ommabop. Bu yilgi yangiliklardan biri, seriyaning dastlabki qismlaridan biri bo‘lgan “Modern Warfare 3” remaster versiyasining chiqarilishi bo‘ldi.

🎮 Seriya o‘yinni yanada rivojlantirib, o‘yinchilarga yangi tajribalar taklif qilishda davom etmoqda. Hozirda “Call of Duty” nafaqat o‘yin, balki bir madaniy hodisa, texnologiya va o‘yin sohasidagi katta brend hisoblanadi.

Siz bu o’yinni o’ynaganmisiz?

📊@jahon_statistikalar💠

Call of Duty franshizasi haqida