BYUST haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BYUST haqida malumot bilib oling.

BYUST (lot. bustum — kuydirish joyi, frans. buste — maqbaradagi haykal) — odamning koʻkrakdan yuqori — bosh qismi tasvirlangan haykal, mukammal haykaltaroshlik asari. Dastlab Misr va Yunonistonda paydo boʻlgan, soʻng Qad. Rimda portret sanʼati sifatida shakllangan (mujassamotiga taglik ham qoʻshilgan). Uygʻonish davri sanʼatida keng tarqalgan. Donatella Deziderio da Settinyano, L. Bernini, J. A. Gudon, O. Roden va b., Rossiyada F. Shubin, S. Galberg va b. eng yaxshi Byust namunalarini yaratgan. Oʻzbekiston hududida mil. 1-a. dan boshlab Byust haykallar yaratilgan. Maye, Ayritomaan topilgan musiqachilar (2-a.), Qoʻykirilgan qalʼadan topilgan ostadon qopqogʻiga ishlangan erkak boshi (2—3-a. lar), Samarqanddan topilgan ostadonning haykal kismi (6—7-a. lar).

20-a. oʻzbek haykaltaroshligida taniqli jamoat, madaniyat va sanʼat arboblarining Byust lari (A. Shoymurodov, «Mehnat qahramoni Sh. Qudratov»; H. Husniddinxoʻjayev, «Mannon Uygʻurt», «Hamza»; A. Ahmedov, «Komil Yormatov»; Ya. Shapiro, «Shukur Burhonov» va b.), shuningdek inson, ayol goʻzalligi tarannum etilgan Byustlar (N. Feodoridis, «Ayol»; E. Tojiboyev, «Oydin» va b.) ham yaratildi.

Ensiklopediya.uz
BYUST