BYUDJET TIZIMI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BYUDJET TIZIMI haqida malumot bilib oling.

BYUDJET TIZIMI — davlat, maʼmuriy hudud, baʼzi (mustaqil byudjetli) muassasalar byudjetlarining iqtisodiy munosabatlar va huquqiy meʼyorlarga asoslangan majmui. Oʻzbekistonda Byudjet tizimi davlat byudjeta, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, mahalliy (viloyat, shahar, tuman va b.) byudjetlardan tarkib topadi. Shuningdek davlat ijtimoiy sugʻurta byudjeti xam davlat byudjeti tarkibiga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasida Byudjet tizimi masalalari «Byudjet tizimi toʻgʻrisida» qonun (2000-y., 14 dek.) bilan tartibga solinadi. Davlat byudjeti parlament tomonidan (Oʻzbekistonda Oliy Majlis), viloyat, shahar, tuman va b. da tegishli xalq deputatlari kengashi sessiyasida tasdiqlanadi.

Ensiklopediya.uz
BYUDJET TIZIMI