BYUDJET REZERVLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BYUDJET REZERVLARI haqida malumot bilib oling.

BYUDJET REZERVLARIdavlat tadbirlarini uzluksiz ravishda mablagʻ bilan taʼminlash va kutilmagan xarajatlarni qoplash uchun davlat byudjetida hosil qilinadigan fondlar. Byudjet rezervlari tabiiy ofatlar natijasida davlat mulkiga yetgan zarar oʻrnini qoplash, shuningdek tasodifiy hollar tufayli yuzaga kelgan xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash (bu jihatdan Byudjet rezervlari sugʻurta fondining bir turi boʻlib xizmat qiladi), xalqxoʻjaligi rejasi va byudjetni ijro etish jarayonida paydo boʻladigan qoʻshimcha xarajatlarga sarflash, byudjetga daromadlarning tushish muddati oʻrtasida muqobillik roʻy berganda mavjud mablagʻlardagi vaktinchalik uzilishga chek qoʻyish uchun moʻljallanadi.

Ensiklopediya.uz
BYUDJET REZERVLARI