BYORNSON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BYORNSON haqida malumot bilib oling.

BYORNSON (Bjornson) Byornstyerne Martinius (1832.8.12, Kvikne—1910. 26.4, Parij) — norveg yozuvchisi, jamoat va teatr arbobi. Norveg milliy dramaturgiyasi va adabiy tankidchiligi asoschisi. Bergendagi Norveg teatri (1857—58) va Kristianiya teatri (1865—67)ga rahbarlik qilgan. Tarixiyijtimoiy dramalar («Janglar orasida», 1858; «Yovuz Sigurd», 1862; «Mariya Styuart, Shotlandiya qirolichasi», 1864; «Irodamizdan tashqari», 1883—95), povest («Syunneve Sulbakken», 1857; «Baliqchi ayol», 1868 va b.), sheʼrlar, shu jumladan Norvegiya gimni muallifi. Nobel mukofoti laureata (1903).

Ensiklopediya.uz
BYORNSON