BYOMBAVERK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BYOMBAVERK haqida malumot bilib oling.

BYOMBAVERK (BohmBawerk) Eygen (1851.12.2, Brno1914.27.8, Vena) avstriya iqtisodchisi, siyosiy iktisoddagi avstriya maktabi vakili, Insbruk va Vena untlari prof. Uzok, vakt Avstriya moliya vaziri lavozimida ishlagan. Avstriya FA prezidenti boʻlgan. Byombaverk oʻzining «Xoʻjalik neʼmatlarining nazariyasi asoslari» (1886), «Kapital va fonda» (1884— 89), «Karl Marks nazariyasi va uning karashlari» (1896) kabi asarlarida ish haqi va qoʻshimcha qiymat nazariyasi toʻgʻrisidagi marksistik qarashlarning notoʻgʻriligini koʻrsatib berdi. Meʼyoriy naflik nazariyasi va foydani tahlil qilishga harakat qildi (q. Meʼyoriy naflik nazariyasi).

Byombaverkning qarashlariga koʻra foyda iqtisodiy emas, balki psixologik asoslarga tayangan abadiy hodisa (kategoriya) boʻlib, mavjud va kelgusi neʼmatlarning subyektiv bahosidagi farqdan iborat.

Ensiklopediya.uz
BYOMBAVERK