BUZURGMEHR haqida malumot bilib oling.
BUZURGMEHR (??) davlat arbobi, ijodkor. Xusrav I Anushirvon davrida (531—579) vazirlik qilgan. Otasi Baraka sosoniy hukmdorlarning nadimlaridan edi. Buzurgmehr hind shohi Devasar Anushirvonga yuborgan shatranj oʻyinining mohiyatini ochib beradi, oʻzi «nard» oʻyinini kashf etadi. Uning homiyligida sanʼat, adabiyot rivoj topadi, Eron bilan Hindiston oʻrtasida elchilik aloqalari oʻrnatiladi, «Kalila va Dimna» shu vaqtda Eronga keltiriladi. Anushirvon vafotidan soʻng fitna tufayli valiahd Xurmuzd Buzurgmehrni qatl ettiradi. Buzurgmehr «Ganji shohiy» («Shoh xazinasi») nomli pandnoma yaratgan. Sosoniylar davriga mansub «Shatranjnoma» kitobida Buzurgmehr obrazi berilgan. Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiyning «Xamsa» asarida, qad. hikoyatlar majmui — «Jome ulhikoyot» va b. asarlarda Buzurgmehr zukko davlat arbobi, maʼnaviyat, ilmfan homiysi sifatida tilga olinadi. U Sharq xalqlari hikoyatida anʼanaviy obrazga aylangan.
Ensiklopediya.uz
BUZURGMEHR