BUZOQ haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUZOQ haqida malumot bilib oling.

BUZOQ — sigirning 6 oylikkacha boʻlgan bolasi. Yirik zotli Buzoq ogʻirligi tugʻilishda 35—45 kg, mayda zotlisining ogʻirligi 25—35 kg boʻladi. Buzoq tugilishi b-n ogʻizburnidagi shilimshiq sochiq b-n artiladi, tugʻilganda kindigi uzilmagan boʻlsa qorin tomondan 10—12 sm qoldirib kesiladi, kesilgan joyiga yod eritmasi surtiladi, soʻngra yalab tozalash uchun onasi oldiga qoʻyiladi. Tugʻilgandan keyin 1—1,5 soat oʻtgach, birinchi marta onasiga emdiriladi. Buzoq chorvachilik fermalarida quruq, toza poxol toʻshalgan katakda birinchi hafta ichida ogiz suti bilan boqiladi. Soʻngra umumiy buzoqxonaga koʻchirilib, alohida katakda, keyin 5—6 buzoq birgalikda saqlanadigan kataklarda boqiladi. 20 kunlik boʻlguncha sutkasiga 6—8 l dan qaymogʻi olinmagan sut b-n, 30 kunlik boʻlganda bunday sut kamaytirilib, sunʼiy sut bilan boqiladi. Ikkinchi oʻn kunlikdan boshlab sifatli oʻt, mayin pichan, uchinchi oʻn kunlikda aralash ozuqalar yeyishga urgatiladi. Ikki oyligidan esa Buzoqlar ratsioniga ildizmevalar, yaxshi silos, aralash yem, tuz va b. qoʻshiladi. Yaxshi parvarishlangan va soglom Buzoqlar vazni 6 oyligida 125— 150 kg ga yetadi.

Ensiklopediya.uz
Buzoq