Buyuruvchi belgilar (yo’l qoidalari)

Buyuruvchi belgilar (yo’l qoidalari)

4. Buyuruvchi belgilar.


Buyuruvchi belgilar asosan havo rang, belgisi oq, ko’rinishi doira shaklida bo’lib, transport vositalarini muayyan tartib bo’yicha harakatlanishini talab etadi.
Buyuruvchi belgilar yo’lning muayyan tartib bo’yicha harakatlanishi lozim bo’lgan qismlari oldida o’rnatiladi.
Bu belgilarning ta’siri qatnov qismlarning qaysi kesishmasi oldida o’rnatilsa, shu kesishmaga tadbiq etiladi.

uzsmart.ru

4.1.1-«Harakatlanish to’g’riga»
Bu belgi yo’lning boshiga o’rnatilsa, ta’siri shu yo’l davomidagi birinchi kesishmagacha amal qiladi.

uzsmart.ru

4.1.2-«Harakatlanish o’ngga»

uzsmart.ru

4.1.3-«Harakatlanish chapga»

uzsmart.ru

4.1.4-«Harakatlanish to’g’riga yoki o’ngga»

uzsmart.ru

4.1.5-«Harakatlanish to’g’riga yoki chapga»

uzsmart.ru

4.1.6-«Harakatlanish o’ngga yoki chapga»
Faqat yo’naltirgichlar buyurgan tomonga harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat etuvchi belgi qayrilishga ham ruxsat beradi. (Muayan kesishmada talab etilgan harakat yo’nalishiga tegishli yo’naltirgichning shakli tushirilgan 4.1.1-4.1.6 belgisini qo’llash mumkin.
4.1.1-4.1.6 belgilarining belgilangan yo’nalishli transport vositalariga daxli yo’q (avtobus, trolleybus, marshrut taksi va hokazo).
4.1.1-4.1.6 belgilarining ta’siri qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldida o’rnatilsa, shu kesishmasiga tatbiq etiladi.
4.1.1 belgisi yo’l boshlanishiga o’rnatilsa, unga yaqin chorrahagacha amal qilinadi. Belgi o’ng tomonda joylashgan hovli va yo’lga tutash boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

uzsmart.ru

4.2.1-«To’siqni o’ngdan chetlab o’tish»

uzsmart.ru

4.2.2-«To’siqni chapdan chetlab o’tish»

uzsmart.ru

4.2.3-«To’siqni o’ngdan yoki chapdan chetlab o’tish»
To’siqni har tomondan chetlab o’tishga ruxsat etiladi.

uzsmart.ru

4.3-«Aylanma harakatlanish»
Bu belgi maydonlar oldida o’rnatilib, maydon o’rtasi tekis bo’lsa ham uni to’g’ri kesib o’tmasdan soat strelkasiga teskari aylanib o’tish kerakligini ko’rsatadi.

uzsmart.ru

4.4-«Engil avtomobillar harakatlanadi»
Engil transport vositalari, avtobus, mototsikllar, to’la vazni 3.5 tonnadan oshmaydigan yuk tashuvchi transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.
belgining ta’sir oralig’ida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korxonalarga xizmat ko’rsatuvchi transport vositalariga bu belgi tatbiq etilmaydi.
Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.


Faqat velosiped va mopedlarda harakatlanishga ruxsat etiladi. Velosiped yo’lkasidan piyodalar ham yurishlari mumkin.

uzsmart.ru

4.6-«Piyodalar yo’lkasi» Faqat piyodalar yurishiga ruxsat etilgan.
Ba’zan bu belgi («3.10» belgi bilan birga) metro stansiyalari oralig’ida piyodalarning bir taraflama harakatini joriy etish uchun ham ishlatiladi.


Belgi ko’rsatilganga teng yoki undan yuqori tezlikda harakatlanishni talab etadi.
Ko’p bo’lakli yo’llarning chap bo’lagida transport tezligini oshirish maqsadida ushbu belgidan foydalanish mumkin, lekin yuqori tezlik chegarasi yo’l harakati qoidasi bo’yicha qoladi.

uzsmart.ru

4.8-«Eng kam tezlik belgilangan yo’lning oxiri»
«4.7» belgisining ta’sir qismini qisqartirish uchun ishlatiladi.

Avto, Ypx Jarimalari
Buyuruvchi belgilar