BUYUK XITOY TEKISLIGI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUYUK XITOY TEKISLIGI haqida malumot bilib oling.

BUYUK XITOY TEKISLIGI, Shimoliy Xitoy tekisligi — Xitoyda, Osiyodagi eng yirik tekisliklardan biri. Sharkda Sariqdengiz sohili boʻylab 1000 km dan ortiq masofaga choʻzilgan. Shim. dan Yanshan togʻlari oʻrab turadi, gʻarbida Tayxanshan tizmasining yon bagʻri tik tushgan. Mayd. 325 ming km2 atrofida. Yer yuzasi tekis, bal. 100 m gacha. Sharqida Shandun togʻlari joylashgan. Allyuviy jinslardan, gʻarbiy togʻ oldi polosasi qad. yoyilmadan tashkil topgan. Iqlimi subtropik mussonli iqlim, yozi nam, qishi esa quruq va sovuq. Teztez suv toshqinlari boʻlib turadi. Jan. dan shimolga tomon Buyuk Kanal oʻtgan. Buyuk xitoy tekisligi. t. mamlakatning aholi eng zich joylashgan hududi. Bugʻdoy, paxta, sholi va b. ekinlar yetishtiriladi. Yirik shaharlari: Pekin, Tyanszin va b.

Ensiklopediya.uz
BUYUK XITOY TEKISLIGI