BUYUK KANAL haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUYUK KANAL haqida malumot bilib oling.

BUYUK KANAL (xitoycha Dayunxe — kemalar katnaydigan daryo) — kema qatnaydigan kanal, Xitoyning yirik gidrotexnika inshootlaridan biri. Ikki yirik Tyanszyan va Shanxay portlarini bogʻlaydigan kanal. Pekin sh. yakinidan boshlanadi, Xuanxe, Xuayxe va Yanszi daryolarini kesib oʻtib, Xanchjou sh. gacha keladi. Uz. 1782 km. Buyuk kanalga tabiiy suv yoʻllaridan — Bayxe daryosi, Veyshanxu koʻli va b. suv havzalari ham kiradi. Buyuk kanal mil. av. 6asrda qazila boshlagan kanallar oʻrnida 13-a. da qurib tugallandi. Keyingi yillarda qisman rekonstruksiya qilindi. Asosiy portlari: Yanchjou, Suchjou, Usi, Xanchjou. Asosan koʻmir, don, paxta, yogʻoch tashiladi.

Ensiklopediya.uz
BUYUK KANAL