BUYUK IPAK YO’LI ALLOMALARI ASARLARIDA SHAXS KAMOLATI HAQIDAGI QARASHLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

BUYUK IPAK YO’LI ALLOMALARI ASARLARIDA SHAXS KAMOLATI HAQIDAGI QARASHLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

Ibn Sino asarlari Yevropada XII asrdan boshlab lotin tiliga tarjima qilina boshlandi. «Tib qonunlari» asaгining o’zi lotinchada 30 martadan ortiq nashr qilindi. «Kitob ush-shifo»ning ko’p bo’limlaгi, mantiq, musiqa, yeming tuzilishi, geologik jarayonlar, metafizikaga oid qismlari ham lotinchada nashr etildi.

Kitob haqida allomalar fikrlari

Mundarija скрыть

Ижтимоий тармоқлар орқали киринг

Ёки рўйхатдан ўтган парол ёки логинингиз билан киринг

Toggle navigation Кутубхона

Китобларни тартиблаш: Кўп кўрилган китоблар Янги китоблар

Ислом тарихи

Алихонтўра Соғуний

Имом Шаъроний

Аҳмад Лутфий Қозончи

Сумайро Мурод

Муҳаммад Хузарий

Абдулазиз Шанавий

Раҳматуллоҳ қори Обидов

Абдул Азим Зиёуддин

Аҳмад Лутфий Қозончи

Аҳмад Лутфий Қозончи

Аҳмад Лутфий Қозончи

Шоҳиста Камол қизи

Сафиййурраҳмон Муборакпурий

Аҳмад Муҳаммад

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф

Абдул Азим Зиёуддин

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф

ИСЛОМ.УЗ ПОРТАЛИНИНГ САЙТЛАРИ

muslimaat.uz

info.islom.uz

quran.islom.uz

savollar.
islom.uz

islom.uz © 2003-2023
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба к ў рсатилиши шарт.

BUYUK IPAK YO’LI ALLOMALARI ASARLARIDA SHAXS KAMOLATI HAQIDAGI QARASHLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

Buyuk ipak yo’li / allomalar / shaxs kamolati / qarash / qomusiy olimlar / jahon fani / madaniyat / ma’naviyat / taraqqiyot / san’at / adabiyot / astronomiyi / matematika / jahon tamadduni. / The Great Silk Road / scholars / personal maturity / vision / encyclopedic scientists / world science / culture / spirituality / development / art / literature / astronomy / mathematics / world civilization.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Malika Ravshanbekovna Abdullayeva

Mazkur maqolada buyuk ipak yo’li allomalari asarlarida shaxs kamolati haqidagi qarashlar, o’rta asr qomusiy olimlarining jahon fani , madaniyati va ma’naviyati taraqqiyotiga qo’shgan hissalari haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по истории и археологии , автор научной работы — Malika Ravshanbekovna Abdullayeva

YUKSAK MA’NAVIYATLI YOSHLARNI TARBIYALASHDA O’RTA OSIYO ALLOMALARINING ILMIY MEROSLARINING O’RNI
PEDAGOGIK FIKR TARAQQIYOTIDA BUYUK ALLOMALARNING IJODIY MEROSI
SHAXS MA’NAVIY KAMOLOTIDA MUSIQIY TA’LIM-TARBIYANING O’RNI
PEDAGOG SHAXSI VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
ABU RAYHON BERUNIYNING HAYOTI VA IJODI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

VIEWS ON PERSONAL PERFECTION IN THE WORKS OF THE GREAT SILK ROAD SCIENTISTS

This article discusses the views of the great Silk Road scholars on the perfection of the individual, the contribution of medieval encyclopedic scholars to the development of world science , culture and spirituality .

Текст научной работы на тему «BUYUK IPAK YO’LI ALLOMALARI ASARLARIDA SHAXS KAMOLATI HAQIDAGI QARASHLAR»

BUYUK IPAK YO’LI ALLOMALARI ASARLARIDA SHAXS KAMOLATI

Malika Ravshanbekovna Abdullayeva

Urganch davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi stajer o’qituvchisi

Mazkur maqolada buyuk ipak yo’li allomalari asarlarida shaxs kamolati haqidagi qarashlar, o’rta asr qomusiy olimlarining jahon fani, madaniyati va ma’naviyati taraqqiyotiga qo’shgan hissalari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so’zlar: Buyuk ipak yo’li, allomalar, shaxs kamolati, qarash, qomusiy olimlar, jahon fani, madaniyat, ma’naviyat, taraqqiyot, san’at, adabiyot, astronomiyi, matematika, jahon tamadduni.

VIEWS ON PERSONAL PERFECTION IN THE WORKS OF THE GREAT

SILK ROAD SCIENTISTS

This article discusses the views of the great Silk Road scholars on the perfection of the individual, the contribution of medieval encyclopedic scholars to the development of world science, culture and spirituality.

Keywords:. The Great Silk Road, scholars, personal maturity, vision, encyclopedic scientists, world science, culture, spirituality, development, art, literature, astronomy, mathematics, world civilization.

Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan ulkan, bebaho ma’naviy va ma’daniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan muhim vazifa bo’lib qoldi. Amalga oshirilayotgan islohatlardan ko’zlangan maqsad mamlakatning ozodligini, obodligini har tomonlama ta’minlash, shuningdek erkin va farovon jamiyatni barpo etishdan iboratdir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta’lim, tarbiya va ajdodlarimiz merosiga alohida ahamiyat qaratish davr talabi ekanligini, jumladan “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo’lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir, Biz yangi O’zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi –

ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat. Biz yaratayotgan yangi O’zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g’oyasi bo’ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan, – deya ta’kidlab o’tdi. [1].

Haqiqatdan ham halqimiz tayanchi-ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o’zi bir xazina. Bu xazinadan oqilona foydalanishimiz lozim. Zero, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan asarlarda xalqimizga xos bo’lgan insonning axloqiy-ruhiy kamolot masalasi yetakchi o’rin tutadi. Quyosh sharqdan chiqadi deganidek, xalqimiz madaniy merosining moddiy, ma’naviy sohalari bo’yicha jahon tamadduni ravnaqig a o’zlarining munosib hissasini qo’shganligi bilan g’ururlanadi.

O’rta asr qomusiy olimlarining jahon fani, madaniyati va ma’naviyati taraqqiyotiga qo’shgan hissalari beqiyosdir. Ularning aksariyati “Ilm-fan kishilar hojatini chiqaradi” degan g’oyaga suyangan va o’z navbatida “Inson o’zi qiziqqan, o’ziga kerak fanlar bilan bevosita shug’ullanishi mumkin” degan tamoyillarning ustivor bo’lishiga harakat qilganlar.

Ming yilliklar davomida turli sivilizatsiya va madaniyatlar, jahon savdo yo’llari chorrahasida joylashgan o’lkamiz hududida o’ziga hos bebaho ma’naviy qadriyatl ar va madaniyat mavjud bo’lgan. Ilg’or madaniyat, ilm-fan xalifalik hukmi davrida aynan yurtimiz hududida rivoj topgan bevosita Bag’dod xalifaligidagi musulmon Uyg’onish davri, ilm-fan, madaniyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Ulkan xalifalik hududlarida taraqqiyot darajasi turlicha o’lka va xalqlarning bir davlatga birlashuvi, ular o’rtasida tegishli munosabatlarning o’rnatilishi, iqtisodiy hayotining ravnaq topishi ichki va tashqi savdo aloqalari rivojiga turtki bo’ldi. Bu esa xalifalik xalqlari madaniyatining yuqori taraqqiy etishiga ham turtki bo’ldi. Bu davrda metallurgiya, tog’-kon, to’quvchilikda yangiliklar tatbiq etildi, qog’oz, sopol, shisha ishlab chiqish, foydali qazilmalarni qazib olish, qishloq xo’jaligida sun’iy sug’orish, gidro texnik inshootlardan foydalanish, irrigatsiya shaxobchalarini qurish, turli o’simliklarni ekib, ko’paytirish yo’lga qo’yildi. Hunarmandchilikning ko’plab sohalari rivojlanib, turli buyumlar soni va sifati o’sdi, ichki va tashqi savdo aloqalari juda rivojlandi [6.12].

Buyuk ipak yo’li xalqlarni siyosiy, savdo, iqtisodiy va madaniy sohalarda bog’labgina qolmasdan, ayni zamonda bu yo’l dunyo xalqlari o’rtasida tinchlik, osoyishtalik, totuvlik, do’stlik, qo’shnichilik, , birodarlik yo’li ham bo’lgan. Ana shu yo’llar atrofida asrlar davomida tsivilizatsiyalar, yirik davlatlar va ilm-fan o’choqlari tarkib topgan. IX-XII asrlarda ham millatimizga xos bo’lgan bu xususiyat yaqqol o’z ifodasini topdi. Shu davrda Xorazmda “Dorul — hikma” nomi bilan atalgan Ma’mun akademiyasining tashkil topishi xalqimizning ma’naviy kudrati va intellektual salohiyatining yorqin namoyishi bo’ldi. Bu ilm-fan markazi murakkab ijtimoiy-siyosiy

vaziyatda faoliyat ko’rsatib, bu yerda buyuk qomusiy olimlar ijod qilgan va Xorazm Ma’mun akademiyasi IX-XII asrlarda O’rta Osiyo xalqlari hayotida ro’y bergan madaniy uyg’onish (renesans) davri butun jahon tsivilizatsiyasi tarixida yorqin iz qoldirgan.

995-yilda Urganch hokimi Ma’mun ibn Muhammad janubiy va shimoliy Xorazmni birlashtirdi. Natijada arablar istilosi davrida inqirozga yuz tutgan Xorazm davlatchiligini qayta tiklash va mustahkamlash uchun imkoniyat paydo bo’ldi. Keyingi 22 yil davomida vohada hukmronlik qilgan ma’muniylar sulolasi davrida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayot oldingi yillarga qaraganda sezilarli darajada yaxshilandi.

997-yilda taxtga o’tirgan Abulhasan Ali ibn Ma’mun akasi boshlagan ishlarni davom ettirib, somoniylar davlati zarba bergan qoraxoniylar va kuchayib kelayotgan g’aznaviylar saltanati tomonidan bo’ladigan tajovuz va havf-xatarlarning oldini olishga astoydil harakat qildi. Xorazm davlati yuksalish va rivojlanish pallasiga kirgan davrda taxtga ko’tarilgan Abul Abbos Ma’mun ibn Ma’mun (1009-1017) ham amakisi boshlagan katta ishlarni davom ettirdi va dono maslahatchilarga muhtoj bo’lgan. Uning baxtiga tog’asi, Abu Nasr ibn Iroq o’z davrining bilimdon olimi bo’lgan. Uning hukmdorlik davrida mamlakat obodonchiligi, xalq farovonligi, tinchlikni ta’minlash ishlari bilan bir qatorda Xorazm dunyo ilm-fani markazlaridan biriga aylantirildi.

Ma’mun akademiyasi o’z zamonasining yirik ilmiy markazi bo’lib, unda faoliyat yuritgan olimlarning aksariyati ko’p qirrali ilm sohiblari bo’lgan va fanlarning barcha yo’nalishlari bo’yicha dolzarb muammolari yechimini topishga muvaffaq bo’ldilar. Allomalar nafaqat biror fan sohasining yetuk bilimdoni, balki umuminsoniy qadriyatlarni o’zlarida mujassam etgan, borliq va hayot sirlarini egallagan, shaxs kamoloti masalalariga asosiy e’tiborni qaratib, jamiyatda ezgulik va ulug’vorlik namunasi bo’lib xizmat qilishgan. Ular “Ilm-fan kishilar xojatini chiqarmoqdir” degan g’oyaga suyangan va o’z navbatida “Inson o’zi qiziqqan, o’ziga kerak fanlar bilan bevosita shug’ullanishi mumkin” degan tamoyillarning ustivor bo’lishiga harakat qilganlar [6.25].

Abu Rayhon Beruniy ijodi inson hayoti mohiyatini yorituvchi asarlar alohida o’rin egallaydi va o’zining “O’tmish yodgorliklari”, “Xindiston”, “Geodeziya”, “Minerologiya”, “At-Tafxim”, “Xorazmlik buyuk zotlar”, “Mahsud qonuni”, “Farmakologiya” kabi asarlarida va arab tilidan turk tiliga tarjima qilgan qator dostonlarida insonlar tarbiyasi va inson kamoli, nafosat haqidagi fikrlarini bayon etgan. Olim yoshlarni ilm-ma’rifatli bo’lishga chorlaydi va shaxs kamolotining asosi deb qaraydi[7.].

Beruniy haqida zamondoshi Abul Fazl Bayhaqiy: “Ulzot suxondonlikda va hodisalar mohiyatini anglashda, geografiya va falsafa fanida naziri yo’q kishi edi, zamonasida teng keladigan topilmas edi, u biron narsani o’ylamay yozmas edi”,—

guvohlik bergandi. Beruniyning Yevropada “Xronologiya” nomi bilan mashhur bo’lgan “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari haqida akademik I.Yu.Krachkovskiy: “Hozir hamYaqin Sharqning butun ilmiy adabiyotida bu kitobga teng keladigan asar yo’q”— deb yozgandi. Akademik S.P.Tolstov: “Bu kitob Yaqin va O’rta Sharq xalqlarining, birinchi navbatda O’rta Osiyo xalqlarining xo’jalik hayoti, urf-odatlari, marosimlari, e’tiqodlari haqidagi o’ziga xos bir qomusdir”,— deya e’tirof etgandi.

Abu Rayxon Beruniy o’z asarlarida ong va aql masalalariga katta e’tibor bergan. U odam miyasi va besh xissiy organini o’zaro bog’langan, deb hisoblab, ularga katta ahamiyat bergan. Beruniy fikricha, har bir tuyg’u muayyan qo’zg’atuvchilar turiga munosabat bildirishga mo’ljallangan. “Ko’rishni qo’zg’atuvchi yorug’likdir. Eshitishni qo’zg’atuvchi tovush bo’lib, uni havo unga yetkazadi. Hid bilishning qo’zg’atuvchisi hid bo’lib, uni burunga havo olib boradi. Ta’m bilish xissini qo’zg’atuvchi (har xil) ta’m taomdir. Beshinchi tuyg’u sezgi bo’lib butun tanani qamrab oladi. U barcha a’zolar va organlarga xos”, – deydi alloma. Umuman olganda, Beruniy inson tomonidan ilmiy bilimlarga erishish yo’lini umumlashtirib: “Bu xissiy idrok qilish ma’lumotlardan foydalangan aqlning yutug’idir”, – deb qayd etadi[9].

Olimning fikricha, komil inson bo’lish dastavval odob-axloq va nafosat bilan bog’liq. Aqliy qobiliyat odamning kundalik ehtiyojlari asosida vujudga kelsa, axloqiy masalalar tarixiy taraqqiyot, kishilarning o’zaro munosabatlari bilan bog’liq xolda paydo bo’ladi va rivojlanadi. Beruniy insonda mavjud fazilatlar va illatlar haqida fikr yuritib, yaxshilik, muruvvat, do’stlik, mehr-shafqat kabi insoniy fazilatlarni ulug’laydi hamda yolg’onchilik, yomonlik, qo’pollik, ikkiyuzlamachilik, chaqimchilik kabi illatlarni qoralaydi.

Insonning kamoloti ma’naviy qiyofasida namoyon bo’lib, yaxshilik va yomonlik degan axloqiy tushunchalar bilan belgilanadi. Yaxshilik sari intilish, unga yetishish sabr-toqat, mustahkam iroda, yuksak axloqiy malakani talab etadi.

Ibn Sino o’zining ko’p tarmoqli mahsuldor ijodi, boy merosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotida katta ro’l o’ynadi. O’z ijodi, ilmiy faoliyatida ibn Sino Markaziy Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlaridagi yuqori madaniy ko’tarinkilik, madaniy «uyg’onish»ning ma’naviy yutuqlarini mujassamlashtira oldi, bu bilan butun Sharq va Yevropadagi ma’rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi. U o’z davrida Sharq va Yevropada «Shayx ur-rais», «Olimlar boshlig’i», «Tabiblar podshohi» kabi eng buyuk nomlarga sazovor bo’ldi. Ibn Sino mashhur murabbiy sifatida Abu Ubayd Jurjoniy, Umar Isfahoniy, Muhammad SHeroziy, Ahmad Mahsuriy, mashhur ozarbayjon mutafakkiri Baxmanyor ibn Marzbon, Yusuf Iyloqiy, ajoyib olim va shoir Umar Hayyom kabi shogirdlarini tarbiyaladi. Uyg’onish davri miniatyura va suratlarida ibn Sino mashhur qadimgi yunon olimlari Aristotel, Galen, Gippokrat, Ptolemey, Evklid bilan bir qatorda tasvirlangan. O’simliklarning birinchi ilmiy tasnifini yaratgan

tabiatshunos Karl Liniey doimo yashil bo’lib tumvchi bñ o’simlikni ibn Sino sharafiga «Avitseniya» deb atadi[9.99].

Ibn Sino asarlari Yevropada XII asrdan boshlab lotin tiliga tarjima qilina boshlandi. «Tib qonunlari» asaгining o’zi lotinchada 30 martadan ortiq nashr qilindi. «Kitob ush-shifo»ning ko’p bo’limlaгi, mantiq, musiqa, yeming tuzilishi, geologik jarayonlar, metafizikaga oid qismlari ham lotinchada nashr etildi.

Abu Ali Ibn Sinoning tibbiyot fanlari bilan birga o’z asañarida shaxs kamoloti va inson ahloq odobi masalalariga alohida e’tibor qaгatgan va bu sohasidagi boy merosi hamma davrlarda ham jaholatga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etib keldi. O’zining «Ahloqqa oid risola», «Burch haqida гisola», «Nafsni pokiza tutish to’g’гisida гisola», «Adolat haqida kitob», «Hikmat buloqlari» va Donishnoma” kabi asaгlaгida xalqimizga xos bo’lgan yuksak ma’naviy qadгiyatlaгni nazariy jihatdan asoslab beгdi. Ibn Sino o’zining «Hikmat buloqlari» asaгida inson tarbiyasi va shaxs kamoloti haqidagi fan to’g’risida shunday ta’гif beradi: «Bu fan shunday odamlarni tayyorlab berishi keгakki, ulaг faqatgina o’zi uchun yashamasdan, balki boshqalaг va jamoat hamda uning manfaati uchun yashashga intilishi kerak. Insonda mehnatga muhabbat, yaxshi axloqiy sifatlar, komillik va xalollik doimo ustun turishi kerak».

Abu Ali ibn Sino inson kamoloti va komillikka shunday ta’rif beradi. «Tabiatda nimaiki mavjud bo’lsa, o’z tabiatiga ko’ra, kamolatga intiladi— deb yozadi u. — Mana shu (kamolatga) intilish, o’z mohiyatiga ko’ra, yaxshilikdir. Narsa kamolatga intilib, nuqsonlardan qochadi» [3].

Mutafakkir shaxs kamolotida adolat mezoni alohida o’rin egallashini ta’kidlab o’tib, jumladan shunday deydi: «Adolat, muhim axloqiy xislat bo’lib, u odamning uch istagi — toqat, jasurlik va donolik bilan paydo bo’ladi. Ushbu fazilatlarga ega bo’lgan odam, o’zini yaramas ishlardan saqlay oladi», — deydi u. Ibn Sinoning ta’kidlashicha, eng muhim axloqiy boylik, adolatdadir. Adolat, muvozanat o’rtalik tushunchalari bilan bog’liq. Ahloqiy tushunchalaг aqlga aqliy bilim, olim bo’lmasin axloqiy printsiplarga tayansa, u odobsizlik va yomonlikka yo’l qo’yadi. Ibn Sino o’zining «Qush tili» asarida ikki yuzlamachilik, yolg’onchilik, xoinlik xislatlarini qoralaydi[9.100].

Alloma shaxs kamolotida axloq normalari alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o’tar ekan, shunday fikrlarni bayon etadi. «Yomon xulq kabi, yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi. Shuni aytish kerakki, biz nimaga odatlangan bo’lsak, shu odat tufayli bizda yomon xulq paydo bo’ladi»,— deb ta’kidlaydi, u[9.45].

Abu Ali ibn Sino insonda komillikka erishishida yaxshi fazilatlarni tarbiyalash alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o’tadi. Olim bu borada jamiyatda inson do’stligi va kishilarning birgalikda hamjihatlikda yashash qanday ro’l o’ynashini ko’rsatib beradi. U, inson munofiqligiga qarshi chiqadi va bu xislat shaxs kamolotiga to’siq deb qaraydi. Alloma komillikka erishishda do’stlikning ahamiyatini yoritar ekan,

yuzaki do’stlikning zararligini fosh qilib tashlaydi, haqiqiy do’stlarni sohta do’stlardan farq qilishni maslahat beradi. “Yaxshi do’st,— deydi Ibn Sino,— kishining hamma yaxshi va yomon sifatlarini aks etuvchi oynadir. Yaxshi do’st o’z vaqtida butun nuqsonlarni ko’rsatadi, maslahati va xatti-harakati bilan kamchiliklarini yo’qotishga yordam beradi”.

Insonning eng yaxshi fazilatlaridan biri – o’zining yomon axloqiy xislatlarini anglab, ularni yo’qotishga intilishidir. Uning yaxshi xislatlari ichida boshqalarga e’tibor va g’amxo’rlik bilan munosabatda bo’lishi muhim o’rin tutadi. Kimki o’zining axloqini tarbiyalash uchun o’z oldiga qo’ygan vazifasini bajarib, o’z hulqini tuzatishga intilsa, unga hech narsa qo’rqinchli emas. Kimki o’z xatosini tuzata olsa, u boshqalarning tarbiyasi haqida, g’amxo’rlik qila olishi mumkin. Boshqa odamni tarbiyalamoqchi va uning axloqini tuzatmokchi bo’lgan tarbiyachi, avvalo uni yaxshi o’rganishi va barcha kamchiliklarini yaxshi bilib olishi kerak. Aks xolda tarbiyachi o’z oldiga qo’ygan vazifasini bajara olmaydi, ya’ni bemorning kasalini bilmay turib, uni tuzatishga kirishgan soxta tabibday bo’lib qoladi. Tarbiya tarbiyalanuvchini yomon axloqiy xislatlardan ozod qilishi, unga yaxshi axloqiy fazilatlarini singdira borish jarayonida amalga oshiriladi.

Abu Ali ibn Sino shaxs kamolotinig muhim jihatlaridan biri— bolalarni axloqiy tarbiyalashdir degan fikrrni ilgari suradi. U, bola tarbiyasiga ko’proq e’tibor qaratish, unda insoniy fazilatlarni shakllantirish va rivojlanishining asosi ekanligini ta’kidlaydi.

Ibn Sinoning o’z asarlarida komillikka erishish yo’lidagi fazilatlarni yoritar ekan, jumladan “Salomon va Ibsol” qissasida do’stlik, samimiylik, halollik ulug’lanadi, hiyla nayrang va joxillikdan qaytmaydigan kishilar qoralanadi. Uning she’r va ruboiylarida ham adolatsizlik, tengsizlik va mayga, ichkilikka berilish qoralanadi[3.55].

Markaziy Osiyolik buyuk entsiklopedik olim Ibn Sino (980-1037) ning ta’lim-tarbiya, axloq sohasidagi boy merosi hamma davrlarda ham jaholatga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etib keldi.

Buyuk mutafakkirning ta’lim tarbiya xaqidagi fikrlarini olimlar va pedagoglar izchil o’rganmoqdalar va hayotga tadbiq etmoqdalar.

Ibn Sinoning “Axloqqa oid risola”, “Burch xaqida risola”, “Nafsni pokiza tutish xaqida risola”, “Badanni boshqarish”, “Adolat xaqida risola”, “Salomon va Ibsol”, “Xay ibn Yakzon”, “Turar joyni boshqarish”, “Xikmat buloqlari”, “Qush risolasi”, “Donishnoma” kabi asarlarida ta’lim va tarbiya masalalarini ham ko’tarib chiqqan.

Bola tug’ilganidan boshlab oyoqqa turguncha ma’lum tartibda tarbiyalab borish lozim. Bu tartib o’z vaqtida ovqatlantirish, cho’miltirish, uxlatish, yo’rgaklash kabi tartibdan iborat. Bularni ham ma’lum tartib bilan amalga oshirmoq darkor. Bola tabiatini mustahkamlashdan muhim vositalar asta-sekin tebratish, musiqa eshittirish, alla

aytishdan iborat bo’lib, ular tartib bilan amalga oshirilsa bola yaxshi uxlaydi. Tebratish uning tanasiga, musiqa uning ruhiyatiga orom baxsh etadi[2.110].

Shuni ta’kidlash lozimki, Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi juda uzoq o’tmishga borib taqaladi. Ammo o’lkada ilm-fanning rivojlanishi eramizdan avvalgi VI-V asrlarda shakllangan Zardushtiylik ta’limoti bilan bog’lanadi. O’sha davrda keng tarqalgan Zardushtiylik faqat sof dingina bo’lib qolmasdan, o’z davri madaniyati va ma’rifatining eng muhim yo’nalishini belgilovchi ta’limot ham edi. Bu ta’limot o’sha davrdagi xalqlarning madaniyati, ma’naviyati, urf-odati, axloqi kabi masalalarni o’zida aks ettirgan va ularga ta’sir ko’rsatgan[2].

Buyuk ipak yo’li xalqlarni siyosiy, iqtisodiy, savdo va madaniy sohalarda bog’labgina qolmasdan, ayni zamonda bu yo’l dunyo xalqlari o’rtasida tinchlik, osoyishtalik, totuvlik, qo’shnichilik, do’stlik, birodarlik yo’li ham bo’lgan. Ana shu yo’llar atrofida asrlar davomida tsivilizatsiyalar, yirik davlatlar va ilm-fan o’choqlari tarkib topgan. IX-XII asrlarda ham millatimizga xos bo’lgan bu xususiyat yaqqol o’z ifodasini topdi. Shu davrda Xorazmda “Dorul — hikma” nomi bilan atalgan Ma’mun akademiyasining tashkil topishi xalqimizning ma’naviy kudrati va intellektual salohiyatining yorqin namoyishi bo’ldi. Bu ilm-fan markazi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyatda faoliyat ko’rsatib, bu yerda buyuk qomusiy olimlar ijod qilgan va Xorazm Ma’mun akademiyasi IX-XII asrlarda O’rta Osiyo xalqlari hayotida ro’y bergan madaniy uyg’onish (renesans) davri butun jahon tsivilizatsiyasi tarixida yorqin iz qoldirgan.

Ma’mun akademiyasi o’z zamonasining yirik ilmiy markazi bo’lib, unda faoliyat yuritgan olimlarning aksariyati ko’p qirrali ilm sohiblari bo’lgan va fanlarning barcha yo’nalishlari bo’yicha dolzarb muammolari yechimini topishga muvaffaq bo’ldilar. Allomalar nafaqat biror fan sohasining yetuk bilimdoni, balki umuminsoniy qadriyatlarni o’zlarida mujassam etgan, borliq va hayot sirlarini egallagan, shaxs kamoloti masalalariga asosiy e’tiborni qaratib, jamiyatda ezgulik va ulug’vorlik namunasi bo’lib xizmat qilishgan. Ular “Ilm-fan kishilar xojatini chiqarmoqdir” degan g’oyaga suyangan va o’z navbatida “Inson o’zi qiziqqan, o’ziga kerak fanlar bilan bevosita shug’ullanishi mumkin” degan tamoyillarning ustivor bo’lishiga harakat qilganlar[6.25].

Xulosa o’rnida ta’kidlash lozimki, Markaziy Osiyo mutafakkirlari tomonidan yaratilgan diniy va dunyoviy ilmlarning butun musulmon olami va Yevropaga tarqalishida o’sha paytda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan Buyuk Ipak yo’lining o’rni katta bo’lgan. Bu yo’lda muntazam harakatda bo’lgan savdo karvonlari kitob savdosini yo’lga qo’yish orqali yaratilgan ilmiy asarlarning tarqalish

geografiyasini kengayishiga hissa qo’shgan. Bu esa xalq o’rtasida madaniyat, ma’rifat va ilmiy sohalarda o’zaro tajriba va fikr almashish imkoniyatini yuzaga keltirish bilan birga ilm-fanning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.

Ibn Sino bola tarbiyasida eng dastlabki tarbiyachi ota-ona deb biladi. O’zining shox asarlarida bolani juda kichik yoshdan tarbiyalashni uqtirgan. Olim ota-onalarga shunday maslahat beradi. Bolalar ilk yoshlik davrida xarakatchan, qo’zg’aluvchan, narsa va xodisalarga qiziquvchan bo’lib, ularning xarakter va odamlarni shakllanishida g’oyaviy va jismoniy tarbiya katta ro’l o’ynaydi deydi. Mutafakkir o’zining shoh asari “Tibbiyot qonunlari” asarida insonning ijtimoiy mohiyati bilan birga uning tarbiyasi, tarbiyaning turli shakllari, vazifalari va maqsadlarini yoritishga ham e’tibor bergan.

Olim inson yosh jihatdan o’sib borishi bilan ta’lim-tarbiya vazifasi ham o’zgarib borishini ta’kidlaydi. Mutafakkir bu asarida bolalarni tug’ilganidan boshlab tarbiyalash masalasiga alohida bo’lim ajratadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2021 yil19 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishga bag’ishlangan video selektor yig’ilishidagi nutqi.

2. Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari”. T 2 -T.: “Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti” 1994. B-110 B-111.

3. Abu Ali ibnSino. Hikmatlar. -T. O’zbekiston, 1980. -B.55 B.89 B.76.

4. Buyuk Ipak yo’lining paydo bo’lishi va rivojlanishi. e-tarix.uz. htt’://e-tarix.uz/vatan-tarixi/51-2010-03-06-11-59-45.html

5. Buyuk siymolar, allomalar. 1-kitob, Toshkent: Meros, 1995. -B.8. B.76.

6. Hayrullaev.M. O’rta Osiyo ilk uyg’onish davri madaniyati. -T.: Fan, 1994. -B.25. B.26. B.27. B.7. B.8. B.28.

7. Xo’jaev.A. “Buyuk ipak yo’li: munosabatlar va taqdirlar” O’zME ilmiy nashriyoti, T:.-2007. -B.25B.78

8. Xodjamqulov.U.N. Ilm-fanning rivojlanishida buyuk ipak yo’lining ahamiyati.

9. Xolnazarova.M. Sharq mutafakkirlari Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinoning pedagogik-psixologik qarashlari. Sbornik statey. XXI Mejdunarodnaya nauchno-prakticheskaya internet-konferentsiya. Ukraina. 2015. -S. 32-33.

10. Academic Research in Educational Scienes (ARES), Jurnali.2020. №-4.B.724.

Notiqlik san’ati tarixi. G’arb va Sharq notiqligi

1. Notiqlik san’ati tushunchasi.
2. Notiqlik san’atining kelib chiqish va
rivojlanish tarixi.
3. G’arb va Sharqda notiqlik san’atining
rivojlanishiga hissa qo’shgan allomalar.
4. Notiqlik turlari.
5. Sharqda nutqiy san’atlar.

3. Notiqlik san’ati tushunchasi

• Notiqlik san’ati og‘zaki va yozma nutqni
tinglovchilarga jonli, ifodali va ta’sirli yetkazish
malakasini egallashdir. Notiqlik san’ati murakkab
san’at bo‘lib, uni egallash kishidan qunt va chidam,
malaka va tajriba talab etadi.
• Notiqlik san’atining ijtimoiy mavqei shu qadar keng
va sertarmoqki, uni har bir sohada me’yori, mazmuni
va shakli, o‘ziga xosligi,ta’sir kuchi va tomonlari
jihatidan alohida – alohida ko‘rib chiqish uchun
ma’lum bir vaqt, imkoniyat talab qilinadi.

4. Notiqlik san’ati turlari

Notiqlik san’ati turlari
I. Siyosiy-ijtimоiy nоtiqlik:
Siyosiy-ijtimоiy vа siyosiy iqtisоdiy mаvzudаgi nutq.
Sеssiya, kоnfеrеnsiyadаgi nutq.
Siyosiy nutq.
Diplоmаtik nutq.
Siyosiy shаrh.
Hаrbiy vаtаnpаrvаrlik nutqi.
Miting nutqi.
Ilmiy-оmmаbоp nutq.

5. II. Аkаdеmik nоtiqlik

O‘quv yurtlаri mа’ruzаlаri.
Ilmiy nutq (mа’ruzаlаr).
Ilmiy shаrh.
Ilmiy ахbоrоt

6. III. Sud nоtiqligi:

Qоrаlоvchi (prоkurоr) nutqi.
Jаmоаtchi-qоrаlоvchi nutqi.
Оqlоvchi (аdvоkаt) nutqi.
Jаmоаtchi-оqlоvchi nutqi.
O‘z – o‘zini himоya qilish nutqi.

7. IV. Ijtimоiy-mаishiy nоtiqlik:

Mаdhiya (yubilеy yoki mаqtоv nutqi
Tа’ziya (mоtаm nutqi).
Tаbrik nutqi (tоst).
V. Diniy nоtiqlik:
Xutba
Va’z

8. Pеrikl

• Yunonistоn – jаhоn nоtiqlik sаn’аtining yirik
nаmоyandаlаrini yеtkаzib bеrdi. Pеrikl, Lisiy,
Dеmоsfеn, Аristоtеl аnа shulаr jumlаsidаndir.
• Pеrikl yirik siyosiy аrbоbginа bo‘lib qоlmаy, ko‘zgа
ko‘ringаn nоtiq hаm edi. Pеrikl nutqlаrining birоrtа
mаtni hаm bizgа qаdаr yеtib kеlmаgаn. Lеkin uning
ustа, ko‘zgа ko‘ringаn nоtiq bo‘lgаnligi hаqidа grеk
tаriхchisi Fukidid mа’lumоt bеrаdi. Pеrikl nutqi
fikrning chuqurligi, shаklning sоddаligi, sаmimiyligi
bilаn, tinglоvchilаr ruhiyatini e’tibоrgа оlgаnligi bilаn
хаrаktеrlаnаrdi.

9. Dеmоsfеn

• Qаdimgi Yunonistоnning buyuk nоtiqlаridаn yanа biri Dеmоsfеndir.
Dеmоsfеn erаmizgаchа 384 – yildа tug‘ilib, 322 – yildа vаfоt etgаn. U
dаstlаb o‘zini himоya qiluvchi sud nоtig‘i sifаtidа tаnilgаn. Kеyinchаlik u
lоgоgrаflik qilаdi.
• Dеmоsfеn nоtiqlik sаn’аtini o‘rgаnish uchun judа ko‘p vаqt sаrflаydi. Undа
jismоniy kаmchiliklаr mаvjud edi, оvоzi pаst vа diksiyasi yomоn bo‘lgаn,
kifti аsаbiy rаvishdа titrаb turgаn. Mа’lumоtlаrgа qаrаgаndа Dеmоsfеn
оvоzini o‘stirish uchun оg‘zigа mаydа tоshlаrni sоlib, dеngiz qirg‘оg‘idа
nutq so‘zlаrdi vа to‘lqin shоvqin – surоnini bоsib kеtishgа hаrаkаt qilаrdi.
Kiftning titrаshidаn qutulish uchun shiftgа qilichni shundаy ildirаdiki, uning
o‘tkir uchi kiftgа yaqin turаdi vа kifti titrаgudеk bo‘lsа, qilichning uchi tеgib
оg‘ritаrdi. Shu yo‘sindа оlib bоrilgаn uzluksiz mаshqlаr Dеmоsfеngа
jismоniy kаmchiliklаrni bаrtаrаf qilishgа imkоn bеrgаn. Tinimsiz mеhnаt
tufаyli u mаshhur nоtiq bo‘lib yеtishdi.

10. Аristоtеl

• Аristоtеl nutq uslubigа аlоhidа e’tibоr bеrаdi.
Аristоtеlning nоtiq uslubi hаqidаgi fikrlаri hоzirgi
kundа hаm o‘z аhаmiyatini yo‘qоtgаn emаs. U nоtiq
nutqi uslubining lаyoqаtliligi, uning аniqligi bilаn
bеlgilаnаdi, dеb judа to‘g‘ri ko‘rsаtаdi. Аgаr nutq аniq
bo‘lmаsа, nоtiq o‘z mаqsаdigа erishа оlmаydi,
tinglоvchilаrgа kеrаklichа tа’sir etоlmаydi. Tаniqli
fаylаsuf, аyrim nоtiqlаr nutqidа epitеt, o‘хshаtish,
mеtаfоrа vа bоshqаlаrning o‘rinsiz qo‘llаnishini
qоrаlаydi vа ulаrni to‘g‘ri qo‘llаy bilish nutqning
tа’sirchаnligini оshirishdа muhim аhаmiyatgа egа
ekаnligini аytаdi.

11. Rim notiqligi

• Yunonistоndа bo‘lgаnidеk, Rimdа hаm nоtiqlikning, аsоsаn,
uch turini ko‘rsаtish mumkin: sud nоtiqligi – оqlоvchi vа
qоrаlоvchi, siyosiy nоtiqlik, mаqtоv nоtiqligi. Bulаrdаn
tаshqаri, Yunonistоndа bo‘lgаnidеk, nоtiqlik sаn’аtini o‘qitish
uchun хizmаt qiluvchi o‘quv – mаshq nоtiqligi hаm mаvjud edi.
Rimdа urushning kuchаyib kеtgаnligi hаrbiy sаrkаrdаlаr
nutqining rivоjlаnishigа hаm imkоn bеrdi.
Rimlik nоtiqlаrdаn biri erаmizdаn ilgаri III – II аsrlаrdа
yashаb o‘tgаn dаvlаt аrbоblаridаn Mаrk Pаrtius Kаtо yoki
Kаtоndir. Kаtоn nоtiq sifаtidа nutq sаn’аti nаzаriyasi vа
аmаliyoti mаsаlаlаri bilаn mахsus shug‘ullаngаn.

12. Sitsеrоn

• Kеyinchаlik Rimdа аkа-ukа Tibеriy vа Kаy Grаkх, Mаrk
Аntоniy, Mаrk Tulliy Sitsеrоn kаbi tаniqli qаtоr nоtiqlаr yеtishib
chiqаdiki, bulаr ichidа eng buyuk vа so‘zаmоli nоtiq Sitsеrоn
edi. Sitsеrоn vа Dеmоsfеn qаdimgi nоtiqlаrning eng buyuklаri
edi. Dеmоsfеn ko‘prоq o‘zining siyosiy nоtiqligi bilаn shuhrаt
tоpgаn bo‘lsа, Sitsеrоn sud nоtiqligi bilаn tаnildi. Аlbаttа,
Sitsеrоn nutqlаri siyosiy jihаtdаn hаm kuchli edi. Rimdа,
umumаn, siyosiy tоmоnni chеtlаb o‘tgаn birоrtа hаm yaхshi
nоtiq bo‘lmаgаn.
Sitsеrоn timsоlidа nоtiqlik sаn’аtining nаzаriyasi hаyot
tаjribаsi vа nаzаriyasi bilаn muvаffаqiyatli rаvishdа qo‘shib
оlib bоrildi. U nоtiqlik sаn’аti nаzаriyasining аyrim tоmоnlаrini
ishlаb chiqibginа qоlmаy, o‘z nоtiqlik chiqishlаri bilаn buni
tаjribаdа isbоt etdi.

13. Sitseronning notiqlarga talabi.

Nоtiqning o‘zigа ishоnchi mustаhkаm bo‘lishi kеrаk. Buning uchun esа
nоtiq o‘z nutqidа оlg‘а surilаdigаn fikrgа to‘lа ishоnch hоsil qilishi lоzim.
Nutq to‘liq isbоtli dаlillаrgа egа bo‘lishi kеrаk.
Mаtеriаlni to‘plаsh nutqqа tаyyorgаrlikning аsоsidir.
Mаtеriаlni to‘g‘ri jоylаshtirish-ekspоzitsiyagа аlоhidа e’tibоr bеrish lоzim.
Jоylаshtirish shundаy bo‘lsinki, u mаtеriаlni butunlаy o‘zlаshtirib оlishgа
еngillik yarаtsin. Buning uchun esа nutqni аniq qismlаrgа bo‘lish lоzim.
Hаr qаndаy sоhаdа hаm nutqning muvаffаqiyatini bilish hаl etаdi. Аgаr
nоtiq o‘z nutqi qаrаtilgаn sоhаni yaхshi bilmаsа, u qаnchаlik sаn’аtkоr
bo‘lmаsin, o‘z tinglоvchisini jаlb etоlmаydi.
Sisеrоnning nоtiqlik sаn’аti nаzаriyasi vа tаriхigа оid uchtа аsаri
mа’lum: «Nоtiqlik hаqidа», «Nоtiq» vа «Brut» (yoki «Tаniqli nоtiqlаr
hаqidа»).

14. Kvintiliаn

• Rim nоtiqlik sаn’аtining buyuk nаzаriyotchilаridаn biri
Kvintiliаndir. Mаrk Fаbiy Kvintiliаn nоtiqlik sаn’аtidа
yirik nоtiq vа nаzаriyotchi sifаtidа shuhrаt qоzоngаn.
Uning «Nоtiq bilimi hаqidа» nоmli аsаri mаvjuddir.
Kvintiliаn Sitsеrоn vа bоshqа Rim nоtiqlаri fikrigа
qo‘shilgаn hоldа, hаmmа nоtiq birinchi nаvbаtdа
bilimli bo‘lishi lоzimligini аytаdi. Shuningdеk, u nоtiq
ахlоqiy оlijаnоb bo‘lishi lоzim, busiz hеch qаchоn
hаqiqiy nоtiq dаrаjаsigа ko‘tаrilа оlmаydi, dеb bilаdi.
• Kvintiliаn Rimdаgi nоtiqlik mаktаbining аsоschisi
hisоblаnаdi. Ungаchа nоtiqlik bilimini bеrish хususiy
mаktаblаrdа аmаlgа оshirilgаn.

15.

• Umumаn qаdimgi Yunonistоn vа Rimning
nоtiqlik sаn’аti tаjribаlаri o‘rtа аsr vа kеyingi
dаvr nоtiqlаrining vujudgа kеlishidа muhim rоl
o‘ynаydi.

16.

• O‘rta Osiyo xalqlari, xususan, IX-XV asrlarda dunyo
madaniyati taraqqiyotining eng oldingi, yetakchi
saflarida turish darajasiga ko‘tarila oldi. O‘rta asr fani,
madaniyati Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Ibn Sino,
Beruniy, Koshg‘ariy, Jomiy, Navoiy, Bobur kabi ulug‘
siymolarning nomlari bilan xarakterlanadi.
• Bu mutafakkir, shoir, san’atkorlar yashagan davr
Sharq tarixida Uyg‘onish davri deb ataldi. Bu
davrda madaniyat, san’at, ilm – fan ravnaq topdi.
Fan va madaniyat targ‘ibotchilari – voizlar
yetishib chiqdi. Voizlikni qadrlovchi fikrlar
vujudga keldi.

17. Abu Nasr Forobiy

Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug` ibn Tarxon
Forobiy 872-873 – yillarda (260 hijriy yilida) Aris suvi Sirdaryoga
quyiladigan erdagi Forob degan joyda tug`ilgan. XIII – XIV asr
tarixchilarining guvohlik berishicha Forob Shoshning
(Toshkentning) shimolrog`ida joylashgan. Shuningdek,
manbalarda Forob yaqinidagi Sutkant shahri haqida ham
ma`lumotlar uchraydi.1
Abu Nasr Forobiy ham IX – X asrlarda – iqtisodiy va siyosiy
ziddiyatlar kuchaygan bir davrda yashab ijod etdi. U ilmning turli
sohalarini mukammal bilgan va ular haqida mustaqil fikrlar
bayon qilgan buyuk allomadir. Nutq va aql tarbiyasiga oid ilmlar
to’g`risida Forobiy qimmatli fikrlar aytgan.
Forobiyning aytishicha, mantiq shunday bir san`atki, kishi
notiqlikdan adashib qoladigan bo’lsa, to’g`ri fikrlashga olib
keluvchi va aql yordamida biror xulosa chiqariladigan bo’lsa,
xatolarning oldini oluvchi narsalarni o’z ichiga oladi. Uning aqlga
munosabati grammatika san`atining tilga munosabati kabidir.
1 M.M.Xayrullaev. Forobiy. -T.: 1991. 3-bet.

18. Abu Ali ibn Sino (980-1037).

O’rta asr Sharqining buyuk allomalari orasida
mashhur tabib, faylasuf, shoir Abu Ali ibn Sino
alohida o’rin tutadi. Uning turli sohalar bilan
birga ta`lim – tarbiya, axloq va nutq haqida
ham fikrlari mavjudki, ular bilan yaqindan
tanishish notiqlik san`atini mukammal
o’rganishga yordam beradi. Yaxshi do’st qaysi
yo’l bilan axloqiy kamchiliklarni tuzatishda
boshqalarga yordam berishi mumkinligi
masalasiga ibn Sino alohida e`tibor beradi va
notiq quyidagilarga amal qilishi lozim deb
biladi:
Nasihat (Nutq – B.O’ va A.S) qo’pol ohangda
berilishi kerak emas.
Suhbatdoshning ilm darajasini hisobga olish
zarur.
Nasihatga (va`zxonlikka) ko’p berilmaslik
kerak, uni o’rtoqlik suhbati tarzida olib borish
kerak.

19. Unsurulmaoliy Kaykovus

Unsurulmaoliy Kaykovus Kaspiy dengizining janubiy
qirg`og`ida yashagan Gilon qabilasidandir. U 412 – hijriy,
1021-1022 – milodiy yilida mayda feodal oilasida tug`ildi.
«Qobusnoma»ni 475-hijriy, 1082-1083 milodiy yilida yaratdi.
Bu haqda Kaykovus asarida: «Sana 475 da boshladim» deb ma`lumot beradi. Bu davrda Kaykovus 63 yoshda
bo’lib, anchagina keksayib qolgan edi, u o’g`liga: «Pisaram,
man pir shudam» – deb o’zining qariganligidan ma`lumot
beradi va o’z asari «Qobusnoma»ni o’g`liga bag`ishlaydi.
«Qobusnoma» 44 bobdan iborat bo’lib, bulardan to’rt bobi
diniy xarakterdadir, qolgan 40 bobi hayotiy voqealarni ifoda
etadi.
Kaykovus o’z asarida yoshlarning xulq – atvoriga alohida
e`tibor berdi. Ularga insonparvar bo’lishni, xalqqa shirin
muomala qilishni ta`kidladi. Shuningdek, do’st va
dushmanga qanday munosabatda bo’lish kabi masalalarni
ham asarida yoritdi.

20. Abu Rayhon Beruniy.

Dunyo madaniyati va ma`naviyati taraqqiyotiga ulkan hissa
qo’shgan, fan tarixida juda katta iz qoldirgan qomusiy
olimlarimizdan yana biri Abu Rayhon Muhammad ibn
Ahmad al Beruniydir. Abu Rayhon Beruniy, U.I.Karimovning
ta`kidlashicha, milodiy 973 – yilning 4 – sentyabrida (hijriy
362-yil zulhijja oyining 2 – kunida) Xorazmning qadimiy
poytaxti Qiyatda tavallud topdi. 1009-1017 – yillarda
Xorazmshoh Abu-l-Abbos Ma`mun ibn Ma`mun saroyida
xizmat qilib, katta obro’ – e`tibor qozongan. 1017 yilda
Mahmud G`aznaviy Xorazmni bosib olgandan so’ng
Xorazmdagi bir qancha olimlar qatori Beruniy ham
G`aznaga yo’l olishga majbur bo’ldi va umrining oxiriga
qadar shu yerda ijod qildi.
U o’z davridagi barcha fan sohalari bo’yicha qalam tebratib,
150 dan ortiq asar qoldirdi. Bizgacha etib kelgan asarlari
orasida «Xronologiya», «Hindiston», «Geodeziya»,
«Mineralogiya», «Mas`ud qonuni» hamda «Saydana» nomi
bilan mashhur bo’lgan «Kitob as-saydana fi-t-tibb» asarlari
tadqiqotchilar tomonidan maxsus o’rganildi va arab, rus,
ingliz, nemis va boshqa tillarga tarjima qilinib, nashr etildi.

21. Mahmud Koshg`ariy

Tilshunoslik tarixida Mahmud Koshg`ariy salmoqli o’rin egallaydi. U
tilshunoslikning juda ko’p sohalari bo’yicha qalam tebratdi. Qiyosiy
– tarixiy tilshunoslikning otasi, fonetist – fonolog, leksikolog,
leksikograf, turkiy tillar sarf va nahv ilmining asoschisi sanaladi.
S.Mutalibov ta`kidlaganidek, Mahmud Koshg`ariy yaratgan
«Devonu lug`otit turk» asari faqat o’sha davr uchungina katta
voqea bo’lib qolmay, bugungi turkologiya fani uchun ham o’z
qimmatini saqlab kelmoqda. U haqli ravishda turkologiya fanining
asoschisi hisoblanadi.
Mahmud Koshg`ariyning hayoti haqida juda oz ma`lumotga
egamiz. Uning to’liq ismi Mahmud Ibn-ul Husayn Ibn Muhammadal-Koshg`ariydir. Mahmud Koshg`ariyning tug`ilgan yili aniq emas.
Lekin «Devon»ning oxirida bu «kitob umrini oxiriga etkazganini»
quyidagi misralarda bayon qiladi:
«Kuchandi bilagim, eg`udi tilagim,
Tilindi bilagim, tegrab angar jartilur».

22.

• Lug`at yozilganda muallifning keksayib qolganligini hisobga olsak, u XI asr
boshlarida tug`ilgan deb hisoblash mumkin.
• Mahmud Koshg`ariyning turkiy tillarga bag`ishlangan ikkita asar yozganligi
ma`lum. Ulardan biri «Javohirun nahv fil lug`atit turk» («Turkiy tillarning
(sintaksisi) javohirlari» deb, ikkinchisi esa «Devonu lug`atit turk» («Turkiy
so’zlar to’plami») deb ataladi.
• Uning semasiologiya sohasidagi fikrlari ham juda qimmatli. U so’zlarning
ma`nolarini izohlabgina qolmay, ma`no o’zgarishlari yuzasidan ham nozik
kuzatishlar olib borganligi ma`lum. Ma`noning kengayishi, torayishi va
ma`no ko’chish usullari bilan birga so’zlardagi omonimiya va sinonimiya
hodisalari ham asarda tilga olinadi.
• Mahmud Koshg`ariyning boshqa tillardan so’z olish masalasidagi
pozitsiyasi uni bizning davrimizga yaqinlashtiradi. Chunki Mahmud
Koshg`ariy turmushda ishlatiladigan asbob va boshqa narsalar, kiyimlar,
ovqatlar, dorilar nomlari sifatida kirgan chet so’zlarni zarur va foydali deb
hisoblagan, bunday so’zlarni o’z asariga kiritgan. Ammo ona tilida mavjud
bo’lgan so’zlar o’rnida chet so’zlardan foydalanishni zararli deb
hisoblagan. Masalan, o’g`uzlarning qumg`on so’zi o’rnida forscha oftoba
so’zini ishlatishlarini u tanqid qiladi.

23. Abu-l-Qosim Mahmud az-Zamaxshariy.

Uning to’liq ismi Abu-l-Qosim Mahmud ibn Umar ibn
Muhammad (ba`zi manbalarda Ahmad) bo’lib, u hijriy 467
sana rajab oyining yigirma yettinchisida chorshanba kuni
(milodiy hisobda 1075 -yilning 19 – martida) Xorazmning
katta qishloqlaridan biri Zamahsharda tavallud topgan va
shu boisdan ham az Zamaxshariy tahallusini olgan.3
Az-Zamaxshariyning otasi unchalik badavlat emasdi.
Lekin o’z davrining savodli, ancha taqvodor, diyonatli
kishisi bo’lgan, aksar vaqtini Qur`oni karim tilovati va toat ibodat bilan o’tkazib, Zamaxshardagi bir masjidda imomlik
ham qilgan. U xulq – atvori yaxshi, shirinsuxan va
g`oyatda muruvvatli kishi bo’lib, bu fazilati bilan el orasida
katta obro’ – e`tibor topgan. Az – Zamaxshariyning onasi
ham g`oyatda taqvodor va dindor ayollardan hisoblangan.
3 Abul.Qosim Mahmud az Zamahshariy. Nozik iboralar, T. 1992. 4-bet.

24.

• Az-Zamaxshariy dastlabki bilimni ona yurti Zamaxsharda o’z
davrining o’qimishli kishilaridan sanalgan otasidan oladi.
Uning shaxsiy hayotiga doir ma`lumotlardan yana shu narsa
ma`lumki, uning bir oyog`i bo’lmay, yog`och oyoqda yurgan.
Manbalarda cho’loqligining sabablari haqida ham turli – tuman
rivoyatlar keltiriladi. Tarixchilardan ba`zilari, qahraton qishda
sovuq olganligidan, deb yozsa, ayrimlari, bolaligida otdan
yiqilgan deydi, yana boshqasi yoshligida bir nojo’ya ish qilib
qo’yganligi uchun onasining qarg`ishiga uchragan, deb
yozadi. Ammo yoshligidan ilmga havasmand Mahmud
oldiniga Xorazmda – madrasada, keyinchalik Buxoroda
hamda dong`i ketgan madrasalarda tahsil oladi.
• Az-Zamaxshariy o’z davrining buyuk olimi darajasiga
ko’tarildi. U tilshunoslik, adabiyot, jo’g`rofiya, tafsir, hadis, fikh
va ilmi alqiroatga oid ellikdan ortiq asarlar yaratdi. Ularning
ko’pi bizgacha yetib kelgan.

25. Zamahshariy hikmatlaridan namunalar:

— Agar tilingning ortiqcha so’zlashiga ega bo’la olmasang, unda tizgining
jilovini shaytonga topshirgan bo’lasan.
— Men ro’zadorman deysan-u, ammo o’zing bo’lsa birodaring go’shtini
eysan, (g`iybatlar va xo’rliklardan so’zlaysan).
— Tilingdan chiqqan sadaqa (ya`ni pandu nasihating va mav`izayu
hasanang) ba`zan qo’lingdan (mol-dunyongdan) chiqqan sadaqangdan
ko’ra xayrliroqdir.
— Ko’p so’z-iboralar borki, odamlarga ular fasohatli ko’rinsa-da, Alloh
nazdida ular nomaqbuldir – so’zlovchini ham, eshituvchini ham mulzam
qilur.
— Ko’p ortiqcha so’zlashuv eshituvchini ranjitar.
— Vijdon azobiyu ta`nadan to’g`ri bo’lmagan odamni (kimsani) ta`limtarbiya va qiynash ham to’g`rilashi amrimahol.
-Tiliyu dili to’g`ri va haqgo’y bo’lgan odamning xatoyu nuqsoni kam
bo’lur.
O’z va`dasida turmaganda turli-tuman vaj karsonlar ko’rsatuvchi kimsa
hech qachon mard va himmatli inson bo’lolmaydi.

26. Yusuf Xos Hojib.

Yusuf Xos Hojib XI asrning atoqli shoiri, donishmandi va davlat
arbobidir. Uning hayoti va faoliyati haqida ma`lumot beruvchi
yagona manba uning «Qutadg`u bilig» («Saodatga yo’llovchi
bilim») dostonidir. Bu doston hijriy yil hisobi bilan 462- (milodiy
1069-70) yilda yozilgan. Muallif dostonning muqaddimasida
yoshi ellikdan oshganini ta`kidlaydi. Shunga qarab Yusuf Xos
Hojib XI asrning 20 – yillari arafasida tug`ilgan, deb ayta olamiz.
Yusuf Xos Hojibning vatani – Balasog`un (Quz o’rda) XI-XII
asrlarning yirik savdo-sotiq hamda madaniy markazlari-dan biri
edi. Bu shahar ikki marta qoraxoniylarning poytaxti ham bo’lgan
edi.
«Qutadg`u bilig»ning uch qo’lyozma nusxasi ma`lum. Bu
nusxalar «Vena» (yoki «Hirot»), «Qohira» va «Namangan»
nusxalari deb yuritiladi. Birinchi nusxasi XIX asrning 20 yillarida
Istambulda topildi. – Hirot nusxasi. Ikkinchi qo’lyozma nusxasi
1896 yilda Qohirada topildi. – Qohira nushasi, 1913 yilda
Namanganda topildi – Namangan nusxasi.

27. Ahmad Yugnakiy.

Ahmad Yugnakiy iste`dodli shoir va donishmand murabbiydir. Undan saqlanib qolgan yagona
adabiy meros «Hibatul – haqoyiq» («Haqiqatlar armug`oni»), badiiy so’z san`ati va adabiy
tilning juda qimmatli hamda nodir yodgorligidir.
Adib Ahmad Yugnakiyning shaxsiy hayoti va tug`ilib o’sgan yeri haqida ma`lumotlar kam.
Ayrim manbalarda adibning hayoti haqida berilgan ma`lumotlar to’liq emas.
«Hibatul – haqoyiq»ning kim tomonidan yozilgani, muallifning ismi, otasining ismi, uning
qayerda yashagani, boshqa adiblarga nisbatan tutgan mavqei, jismoniy zaifligi haqida asarda
qisqacha ma`lumotlar mavjud:
Adib Ahmad otim, adab, pand so’zim,
So’zum munda qolur, borur bu o’zum.
Otim – adib Ahmad, so’zim-pand-nasihat, adab berishdan iborat, so’zim esa bu dunyoda
qolib, o’zim u dunyoga ketaman.
Shoirning otasi Mahmud Yugnakiy ekanligini shaxsan o’zi aytib o’tishi Ahmad Yugnakiy
chindan ham Yugnak degan shaharda tug`ilib o’sganligi va u yerda ijod etganligiga hech
qanday shubha qoldirmaydi. Bundan tashqari Alisher Navoiy «Nasoyimul – muhabbat» degan
asarida adib Ahmad Yugnakiy haqida ma`lumot beradi.

28. Alisher Navoiy.

• Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda
Hirot shahrida tug`ildi.
• Sharq madaniyatining salmoqli
zarvaraqlarini tashkil etuvchi notiqlik
san`ati tarixiga oid talaygina
manbalar bor bo’lsa-da, ulardan
hech biri Alisher Navoiy qoldirgan
meros kabi qimmatli va boy emas.
• Navoiy o’z davrining buyuk
mutafakkiri, so’z ustasi bo’lish bilan
birga, kishilarga yaxshi so’z bilan
ta`sir eta bilish san`atini juda
qadrlovchi, ulug`lovchi, bunday
san`at ustalariga e`tibor qilib,
ehtirom ko’rsatuvchi bir shaxs edi.

29. Navoiyning fikricha, voiz quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi lozim:

Voizning so’zlari ta`sirchan va foydali bo’lmog`i lozim. Voiz
kerakki «qolalloh» so’z aytsa.
Nutq tinglovchi uchun yangilik bilimlar va o’zgarishlar
xabarchisi bo’lmog`i lozim. «Va`z bir murshid va ogoh
ishidur va aning nasihatin qabul etgan maqbul kishidur».
Notiqning o’zi biror sohani egallagan bo’lishi va undan
so’ng va`z orqali kishilarga ta`sir etishi lozim.
Notiq olim va bilimdon har narsadan xabardor kishidur.
«Voizkim, bo’lg`ay olim va muttaqiyaning nasihatidin
chiqqan shaqiy».
Notiqning so’zi bilan ishi bir bo’lmog`i lozim. Aks holda
nutqning ta`siri bo’lmaydi. «Ulki buyurib o’zi qilmag`ay, hech
kimga foyda va asar aning so’zi qilmag`ay».

30. Hoja Muayyad Mehnagiy

• Alisher Navoiy qadrlagan voizlardan biri – Xoja Muayyad Mehnagiy
mashhurgina emas, balki notiq, donishmand, yuksak bilim egasi bo’lgan,
mavjud bilimlarni o’rganib qolmasdan, ularni takomillashtirgan, to’ldirgan.
U mozorda shayxlik qilsa – da, o’zini xalqqa juda yaqin tutgan va o’z
bilimini ularga berishga intilgan: «va`z majolisi bag`oyat garm va pursho’r
voqe` bo’lur erdi».
• Xo’ja Mehnagiy muvaffaqiyatlari va mahoratining kaliti bilim doirasining
keng, mazmunan chuqur ekanligida edi. Navoiy iborasi bilan aytsak, u
«zohir ulumin» bo’lgan, ya`ni o’sha davrda ajdodlarimiz to’plagan
bilimlarning deyarli hammasini puxta o’zlashtirgan, buning ustiga ularni
boyitgan ham.
• Mehnagiy o’z davrining zo’r suxandonlaridan biri, hokisor shayx bo’lishiga
qaramay, benazir donishmandligi, zo’r voizlik zakovati tufayli hatto toj-taxt,
arkoni davlat a`yonlarini ham ta`zim qildira oladigan notiq edi.

31. Mavlono Riyoziy

Alisher Navoiyning yozishicha: «Va`z aytib, minbarda o’z ash`orin o’qur, yig`lab
vajdi hol qilur». Ko’rinadiki, Riyoziy nutq so’zlaganda, uning ta`sirchanligini
ta`minlashda, ijrochilikni birinchi o’ringa qo’yadi. Kerak bo’lganda, o’z nutqini
kishilar qalbiga yaqin olib, ular bilan birdamlikni, qayg`usiga, iztirobiga sheriklikni
bildirish maqsadida yig`lashgacha borib etadiki, bu nutq ijrochiligidagi ulkan
qobiliyatdan dalolat beradi.
Mavlono Riyoziyning xalqqa yaqinligini, nutqining ta`sirchan va emotsionalligini
ta`minlashda, uning ijtimoiy kelib chiqishi va ahvoli ham muhim rol o’ynaganligi
ko’zga tashlanadi. Riyoziy avval Zova viloyatida qozi bo’ladi.
Xulosa shuki, boy ilm sohibi, hayot – mamot uchun ayovsiz kurash olovida
toblangan va voizlik san`atida shuhrat qozongan Riyoziy o’zining darbadar, xokisor
qismati bilangina emas, balki g`oyaviy ezgu amallari, ijrochilik uslublari,
murabbiylik mahorati bilan ham zamondoshlari orasida yaqqol ajralib turgan.
Taxallusidan ham, sezilib turibdiki, u uzluksiz riyozat chekkan, ammo mashaqqatli
mehnati, mardonavor jasorati va benazir voizlik mahorati, ma`rifatparvarligi tufayli
o’ziga mangu haykal o’rnatib ketgan suxandondir.

32. SHARQDA NUTQIY SАN’АTLАR

ОG‘ZАKI NUTQ
• 1. Vоizlik
• 2. Nоtiqlik
• 3. Suхаndоnlik
• 4. Qissаgo‘ylik
• 5. Rоviylik
• 6. Bаdihаgo‘ylik
• 7. Аskiyachilik
• 8. Mаddоhlik vа hоkаzо.

Qiziqarli malumotlar
BUYUK IPAK YO’LI ALLOMALARI ASARLARIDA SHAXS KAMOLATI HAQIDAGI QARASHLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»