BUYUK ABXAZ (KELASUR) DEVORI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUYUK ABXAZ (KELASUR) DEVORI haqida malumot bilib oling.

BUYUK ABXAZ (KELASUR) DEVORI — Abxaziyadagi qad. mudofaa devori (5 — 6-a. lar). Suxumi sh. dan 4 km jan. roqdan boshlanib, Kelasur daryosining chap qirgʻogʻi orqali Jan. Abxaziyani uragan holda Inguri daryosining Qora dengizga quyilish yerida tamomlanadi. U 150-y. mobaynida absil qabilalari tomonidan qurilgan; devor ohak bilan qorishilgan xarsangtoshlardan qilingan boʻlib, uz. 160 km dan ziyod, bal. 4 m, har 35—50 m masofada bal. 8 m keladigan 2000 ga yaqin minora va burjlar bino qilingan. Burj va istehkomlarda kungura va shinaklar boʻlgan. Devor ham togʻ tomondan (shim. dan), ham dengiz tomondan boʻladigan hujumlardan mudofaa etgan. Bir necha marta qayta tiklangan. 14 — 15-a. lardanboshlabharbiy ahamiyatini yoʻqotgan. Devorning koʻpgina qismi va vayrona holdagi bir necha yuz burji (minorasi) saqlanib qolgan.

Ensiklopediya.uz
BUYUK ABXAZ (KELASUR) DEVORI