Buyrakdagi muammolardan darak beradigan alomatlar haqida
☝️Buyrakdagi muammolardan darak beradigan alomatlar haqida 🔸Bel og‘rig‘i. (https://dostami.ru/wp-content/uploads/2018/01/pochki-4.jpg)Buyrak og‘rig‘i, odatda, qovurg‘alar ostida, umurtqaning o‘ng yoki chap qismida seziladi. U boshqa joylarga tarqalishi mumkin, masalan, qoringa. 🔸Pushti, qizil yoki jigarrang siydik. Oddiy siydik rangi och sariqdan to‘q sariq ranggacha o‘zgarib turadi. Rezavor mevalar, loviya va dorilar siydik rangini o‘zgartirishi mumkin. 🔸Surunkali charchoq, zaiflik. Buyraklar eritrotsitlar ishlab chiqarishni tartibga soluvchi gormon — eritropoetinni ishlab chiqaradi. Agar u yetarli bo‘lmasa, anemiya, zaiflik, charchoq paydo bo‘ladi. 🔸Bosh og‘rig‘i yoki bosh aylanishi. Buyraklar faoliyati buzilishi oqibatida tanada to‘plangan toksinlar miyaning normal ishlashiga xalaqit beradi. Bu xotira va konsentratsiya buzilishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i bilan bog‘liq muammolarga olib keladi. 🔸Qon bosimining keskin ko‘tarilishi. Buyraklar tanadagi qon miqdorini tartibga soluvchi a’zolardan biridir. Shuning uchun ularning noto‘g‘ri ishlashi gipertoniyaga olib kelishi mumkin. 🔸Tana haroratining o‘zgarishi. Issiqlikda ham doimiy sovuqlik va haroratning sababsiz ko‘tarilishi buyrak kasalligining alomatlaridan biridir. Kanalga obuna bo’ling👇👇 @doridarmonlarBuyrakdagi muammolardan darak beradigan alomatlar haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Buyrakdagi muammolardan darak beradigan alomatlar haqida