Buyrak shamollashi — alomatlari, tashxislash, davolash, asoratlari, oldini olish

Buyrak shamollashi — alomatlari, tashxislash, davolash, asoratlari, oldini olish

Buyrak shamollashi — sovuq ta’siri ostida yuzaga keladigan buyrak to’qimalarining turli xil yallig’lanish jarayonlari tushuniladi. Past haroratlar tomirlarning kuchli torayishiga olib keladi, bu kislorod, ozuqa moddalari va boshqa kerakli tarkibiy qismlarning o’tishini qiyinlashtiradi. Natija — hujayralarning o’limi yoki funksiyasining buzilishi.
svg%3EBuyrak shamollashi - davolash, asoratlari

Qon ta’minoting yetishmasligi, dimlanishli o’zgarishlar natijasida viruslar va bakteriyalarning ko’payishi uchun qulay muhit yaratiladi. Sovqotish fonida ko’pincha buyraklar parenximasi, kapillyarlari va koptokchalarining yallig’lanishli kasalliklari yuzaga keladi.
Natijada, bakterial infektsiya belgilari paydo bo’ladi:

  • Varaja qilish;
  • Harorat oshishi;
  • Bosh og’rig’i;
  • Holsizlik;
  • Zaiflik.

Shunday alomatlar tanadagi har qanday yallig’lanish jarayonidan keyin yuzaga keladi.

Statistikaga ko’ra, maktab yoshidagi bolalarda sovqotishdan so’ng siydik-tanosil tizimining quyidagi yallig’lanishlari qayd qilinadi:

  1. Sistit — siydik pufagi membranasining yallig’lanishi.
  2. Glomerulonefrit — koptokchalarning yallig’lanishi.
  3. Pielonefrit — kosacha-jom tizimining bakterial infektsiyalanishi.
  4. Uretrit — siydik yo’llarining yallig’lanish jarayoni.

Bolalarda buyrak shamollashi ko’pincha alomatlar triadasi bilan tavsiflanadi:

  1. Pielonefrit.
  2. Sistit.
  3. Uretrit.

Immuniteti past bo’lgan bolaning kuchli sovqotishida boshqa a’zolarning bakterial infektsiyalanishi aniqlanishi mumkin: tonzillit, O’RVI.

Kasallikning eng noyob ko’rinishi glomerulonefritdir. Kasallikning rivojlanishi uchun nafaqat buyrak kapillyarlarining torayishi, balki koptokchalarining kapillyar membranasiga antitanalarning ta’siri ham kerak.

Buyrak shamollashining asosiy alomatlari va belgilari

Buyrak to’qimalariga sovuq ta’sirining dastlabki belgisi yallig’lanishdir. Buyrakdagi yallig’lanish jarayonining tashxis mezonlari:

  • Ko’ngil aynishi.
  • Kuchli terlash.
  • Beldagi og’riq.
  • Og’riqli, quyuq, ko’p miqdorda siyish.
  • Siydikda aralashmalar mavjudligi.
  • Qorin devori, orqaning bel qismi mushaklarining tarangligi.

Har bir alomat o’ziga xos emas, lekin birgalikda kuzatilganida yuqori darajadagi ehtimollik bilan buyrak kasalligini taxmin qilish mumkin.

Yallig’lanishli o’zgarishlar Asta-sekin shishish, filtraysiyaning buzilishi, koptokchalardagi o’zgarishlarga olib keladi. Ushbu patologiyaning fonida qon bosimi ko’tarlishi mumkin.

Jadvalda buyraklarning koptokchali filtratsiyasining kamayishi yoki ortishi tomonga qarab buzilishida organizmda bo’ladigan asosiy o’zgarishlar keltirilgan.

Ortishi Kamayishi
  • Gidrostatik bosimning ortishi (qon hajmining ortishi, efferent arteriolalar tezligining oshishi).
  • Qon plazmasi onkotik bosimining ko’tarilishi (suvsizlanish, katta miqdorda oqsilli plazma o’rnini bosuvchi moddalarning quyilishi).
  • Bosh ichki bosimining ortishi.
  • Qon plazmasi onkotik bosimining kamayishi (gepatit, jigar sirrozi).
  • Gidrostatik bosimning pasayishi (yurak yetishmovchiligi, shok, kollaps, tromboz va buyrak arteriyalarning emboliyasi).
  • Koptokchali filtrning buzilishi (faoliyat ko’rsatayotgan koptkchalarning massasi, soni va teshiklari diamterining kichrayishi,  bazal membrananing qalinlashishi.

Buyraklarning kuchli shamollashida quyidagi alomatlar paydo bo’ladi:

  • Teri qoplamining quruqligi;
  • Ishtahani yo’qotish;
  • Tez-tez samarasiz siyish;
  • Qon bosimining ortishi.

Nozologiyaning klinikasi jarayonning lokalizatsiyasi va xususiyatlariga bog’liq. Bitta buyrakning shikastlanishi boshqa a’zoning imkoniyatlari bilan kompensatsiyalanadi.

Buyraklar shamollashining diagnostik alomatlari

Buyrak shamollashining asosiy diagnostik belgilari:

  • Haroratning 40 darajaga ko’tarilishi;
  • Doimiy terlash;
  • Bosh og’rig’i;
  • Qattiq bel og’rig’i;
  • Holsizlik;
  • Chanqoqlik;
  • Siydik chiqarishning buzilishi;
  • Siydik xiraligi;
  • Siydikga qon, qum aralashganligi.

Sovuqda qolish boshqa organlarning patologik o’zgarishi bilan hamrohlanadi:

  1. Kuchli qaltirash;
  2. Yurak aritmiyasi;
  3. Pulsning zaiflashuvi;
  4. Bosimning pasayishi.

Buyrak shamollashini tashxislash

Buyrakning shamollashini tashxislash quyidagi mezonlarga asoslanadi:

  1. Anamnez to’plash: isitma, sovuqda qolganlik, teri toshmalari.
  2. Immunitet pasayganligini aniqlash uchun inson hayotini tahlil qilish.
  3. Irsiy kasalliklarga moyillikni aniqlash uchun oila anamnezini baholash.
  4. Bemorni tekshirish: terining quruqligi va ko’kimtirligi, chov limfa tugunlarining kattalashganligi, suvli g’urralar va teri toshmalarini aniqlash.
  5. Biokimyoviy va umumiy qon tahlili: ECHT o’sishi, S-reaktiv oqsil, kreatinin, mochevina ko’payishi (buyrak yetishmovchiligida).
  6. Sovuq ta’sirida toshmalarning kuchayishi (past haroratlar bilan provokatsiya qilish).
  7. Limfotsitar-trombotsitar indeks nisbatini hisoblash: yallig’lanish tabiatini ochib beradi.
  8. Buyrak biopsiyasi — morfologik xususiyatlarni tahlil qilish uchun.

Shikast o’chog’idan material olish shuningdek past haroratlar ta’sir qilganda faollashishi mumkin bo’lgan amiloidozni istisno qilish imkonini beradi.

Buyrak shamollashini umumiy davolash

Buyrak shamollashiga qarshi davo choralari sovqotishda yuzaga keladigan kasallikning asosiy sababchisi va alomatlarini bartaraf etishdan iborat.

Konservativ dori-darmonlarni belgilashdan oldin, bir qator tavsiyalarga rioya qilish kerak:

  1. Dam olish tartibi: sifatli uyqu, suyuqlikni iste’mol qilishni cheklash.
  2. Dietoterapiya: mikroelementlar, vitaminlar, uglevodlar, yog’lar va oqsillarga boy bo’lgan sifatli ovqatlanish. Ziravorlardan foydalanish cheklanishi kerak.
  3. Etiologik omillarni bartaraf etish.
  4. Buyrak qon ta’minoti normallashtirish uchun o’simliklar damlamalarini qabul qilish.
  5. Fizioterapiya: buyraklar sohasiga UYCH qo’yish, diprospam bilan elektroforez.
  6. Terapevtik gimnastika.
  7. Tuzli vannalar, sanatoriylarga borish.

Buyraklar shamollashini konservativ davolash usullari

Davo tamoyillari quyidagilar:

  • Yallig’lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish: ibuprofen, diklofenak, nimesulid.
  • Buyrak ichki qon oqimini me’yorlashtirish uchun malhamlar surtish.
  • Adaptogenlar, multivitaminlar.
  • Simptomatik davolash.
  • Sanatoriya-kurortli terapiya.
  • Antiretsidiv chora-tadbirlar.
  • Oldingi bosqichlarni qo’llashdan samara bo’lmasa, gormonal dorilar belgilash.
  • Fitoterapiya: qichitqi, na’matak, shavel, «buyrak choyi».

Bolalarda sovqotish vaqtida buyrak kasalliklarining kuchayishi ko’pincha profilaktik emlashdan so’ng kuzatiladi. Bemorning anamnezini yig’ishda ushbu omilni inobatga olish kerak.

Buyrak shamollashini oldini olish

Buyrakning shamollab qolishini oldini olish quyidagi tamoyillarni o’z ichiga oladi:

  • Kapillyarlarning spazmini oldini olish.
  • Bel sohasi sovuq yeyishini istisno qilish.
  • O’lim bilan yakunlanishini bartaraf qilish uchun buyraklar shamollashi alomatlarini darhol davolashga kirishish.

Buyrak shamollashi asoratlari

Buyraklar shamollashining umumiy asorati:

  1. Mushak tirishishi.
  2. Buyrak karbunkuli.
  3. Paranefrit — bu buyrak yon kletchatkasining yallig’lanish jarayoni.
  4. Goldflam-Pasternatskiy alomatining ijobiy natijasi.
  5. Buyrak so’rg’ichlari nekrozi.
  6. Arterial pedunkulit — bu sinusli arteriyalarining zararlanishi.
  7. Buyrak abstsessi.
  8. Ksantogranulematoz pielonefrit — nekrozli joylar bilan ko’pikli (ksantomoz) hujayralar paydo bo’lishi.
  9. Emfizematoz pielonefrit — bu qandlarning bakteriyalar tomonidan parchalanishi natijasida buyrak to’qimalarida gaz pufakchalari to’planishi.
  10. Buyrak yetishmovchiligi.
  11. Urosepsis — siydik yo’llarining bakterial infektsiyasi.

Ko’p hollarda buyraklarning shamollashi konservativ tarzda davolanishi mumkin, ammo og’ir sovqotganda nefrektomiya (operativ olib tashlash) kerak bo’lishi ehtimoldan nari emas

Kasalliklar
asoratlari., Buyrak shamollashi — alomatlari, davolash, oldini olish, tashxislash