BUXTARMA SUV OMBORI haqida malumot bilib oling.
BUXTARMA SUV OMBORI — Qozogʻiston Respublikasining Sharqiy Qozogʻiston viloyatidagi suv ombori. Irtish daryosida 1960—67 y. larda Buxtarma GES uchun toʻgʻon qurilishi natijasida hosil boʻlgan. Buxtarma suv ombori oʻzidan yuqorirokdagi Zaysan koʻli bilan tutashib ketgan. Mayd. 490 km2, hajmi 49,6 km3, uz. 425 km dan koʻproq, eng keng joyi 35 km, oʻrtacha chuq. 9,6 m, vodiylarda uz. 30— 50 km va eni 10 km gacha boʻlgan qoʻltiqlar bor. B. s. o. Irtish suvini tartibga solib, kema qatnovi sharoitini yaxshilaydi va Buxtarma GES (quvvati 675 MVt)ning toʻla quvvat bilan ishlashini taʼminlab turadi. Sugʻorishda foydalaniladi. Baliq ovlanadi (sazan, taran va osyotr).
Ensiklopediya.uz
BUXTARMA SUV OMBORI