BUXORO ZARDOʻZ AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida malumot bilib oling.
BUXORO «ZARDOʻZ» AKSIYADORLIK JAMIYATI — oʻzbek milliy zardoʻzi kiyim va buyumlar tayyorlovchi korxona. Buxorodagi zardoʻzlik artellari asosida 1963-y. da Buxoro zardoʻzlik fkasi nomi bilan tashkil qilingan. 1991-y. dan hoz. nomda. Yuksak sanʼat namunasi boʻlgan har xil zar doʻppi, toʻn, shoyi qiyiq, xotinqizlarning nimchalari, soʻzanalar, teatrlar va saroylar uchun zardoʻzi pardalar, uy ichida kiyiladigan poyabzal, sovgʻa buyumlari va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. 1994—97 y. larda qoʻshimcha tikuv sexi, sovgʻabop mahsulotlar i. ch. sexi ishga tushirildi.
Korxonada Buxoro zardoʻzligi anʼanalarini yangi izlanishlar b-n boyitgan koʻplab xalq ustalari (jumladan Oʻzbekiston Qahramoni M. Temirova) mehnat qiladi. Korxona mahsulotlari koʻp marta jahon, respublika koʻrgazmalarida namoyish etilgan va sovrinlar olgan.
Ensiklopediya.uz
BUXORO ZARDOʻZ AKSIYADORLIK JAMIYATI