BUXORO UNIVERSITETI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUXORO UNIVERSITETI haqida malumot bilib oling.

BUXORO UNIVERSITETI, Fayzulla Xoʻjayev nomidagi Buxoro davlat universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. OʻzR Prezidenti farmoniga asosan 1992-y. 15-martda Buxoro ped. in-ti (1930) negizida tashkil etilgan. Untda 9 f-t (fizikamat., iktisod, kimyobiol., q. x., badiiy grafika va xalq amaliy bezagi sanʼati, tarixgeog., xorijiy filol., ped. va jismoniy madaniyat, uzbek filol. si), bir ijtimoiy oʻquv markazi, 50 ixtisoslashtirilgan kafedra, mintaqaviy til markazi, ixtisoslashtirilgan akademik litsey, gimnaziya, tayyorlov kurslari, kutubxona (nodir qoʻlyozmalar va toshbosma asarlar boʻlimi b-n), botanika bogʻi, planetariy, hisoblash markazi, test markazi, unt tarixi, oʻlka zool. si, arxeologiyaetn. muzeylari, oʻquvsport, sportharbiy tayyorlov, sportsogʻlomlashtirish majmualari, maʼrifiymadaniy ishlar klubi bor (2001). Untda 23 ixtisoslik boʻyicha mutaxassislar tayyorlaniladi.

Unda aspirantura, magistratura, doktorantura mavjud. 2000/2001 oʻquv yili untda 5 mingdan ortiq talaba taʼlim oldi, 341 oʻqituvchi, jumladan 1 Oʻzbekiston FAning akad., 28 fan d-ri va prof., 272 fan nomzodi va dotsent ishladi. Untda turli yoʻnalishlarda i. t. ishlari olib boriladi. RF, Italiya, Irlandiya, Fransiya, MAP, Polsha, Germaniya, AQSH ilmiy muassasalari b-n ilmiy hamkorlik qiladi. Tashkil boʻlgandan beri unt 25 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi (2001).

Ensiklopediya.uz
BUXORO UNIVERSITETI