
BUXORO-TOSHKENT-BISHKEK-OLMAOTA GAZ YOʻLI haqida malumot bilib oling.
BUXORO-TOSHKENT-BISHKEK-OLMAOTA GAZ YOʻLI — Buxoro (Muborak)dan boshlanib Olmaota sh. da tugaydi. Uz. 1324 km. 1964—65 y. larda kurilgan. 530—1220 mm li quvurlar yotqizilgan. Gaz yoʻli 2, ayrim joylarda 3 izli qilib kurilgan. Oʻzbekistonning jan. va gʻarbidagi konlardan olinadigan gazni Oʻzbekistondagi, shuningdek Qirgʻizistonning shim. va Qozogʻistonning jan. dagi isteʼmolchilarga yetkazib berishga xizmat qiladi. Loyiha quvvati yiliga 28 mlrd. m3. Bu gaz yoʻlining Oʻzbekiston hududidagi qismini kengaytirish ishlari olib borilmoqda (2000).
Ensiklopediya.uz
BUXORO-TOSHKENT-BISHKEK-OLMAOTA GAZ YOʻLI