BUXORO DARVOZALARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUXORO DARVOZALARI haqida malumot bilib oling.

BUXORO DARVOZALARIBuxoro sh. dagi tarixiy darvozalar. Buxoro oʻrta asr shahar qurilishi anʼanalari asosida bunyod etilgan boʻlib, 3 qism: ark, shahriston va raboddan iborat boʻlgan. Buxoro arkisya 2 darvoza bor edi. Gʻarbiy darvoza — Registon, Alaffurushon yoki Somonfurushon, Sharqiy darvoza — Goʻriyon deb yuritilgan. Shahristonda esa 7 darvoza boʻlib, ular shaharning 4 tomonida joylashgan. Shahriston shim. da Haq (RohXufra), jan. da Attoron (Bob ulMadina) va Ohaniyon (Temirchilar), sharqida Nav (Hyp), gʻarbida esa Kuhandiz, Muhra (Bani Asad) va Bani Saʼd darvozalari boʻlgan. Atgorondan Xurosonga, Haq Rohdan Samarqandga, Hyp (Nav) orqali esa Nasaf (Qarshi) tomonga yoʻllar ketgan. Qolgan 4 ta darvoza orqali podshoh qarorgohi — arkka borilgan. Rabod atrofida dastlab ichki devor, 849—850-y. larda tashqi devor bino qilinib, uning 11 darvozasi bor edi. Ichki devorning darvozalari shim. da Bobul Hadid, Samarqand va Mugʻon, jan. da Puli Suvayk, Abduhoshim Kanoniy, Ruxba, Moh, gʻarbida Darvozacha, Forjak, sharqida Puli Abdulhasan va Moh darvozalari joylashgan. Rabod tashqi devori bitganidan soʻng uning shim. da Navbahor, Samarqand va Riv, sharqida Mardikushon, Kalobod hamda gʻarbida Romitan, Forjak, Qoʻshanj nomli darvozalari boʻlgan.

Buxoro uzoq tarixi davomida bir necha bor urushlar natijasida vayron qilingan. Ayniqsa, qoraxoniylar b-n somoniylar oʻrtasidagi kurashlar davrida, Chingizxon hujumi oqibatida shahar devor va darvozalari buzib tashlandi. 16-a. da shayboniylardan Abdullaxon II davrida Buxoro atrofi yangi devor bilan oʻrab olindi va darvozalar qurildi. Tarixiy davrlar oʻtishi bilan Buxoro darvozalarini nomlash ham oʻzgarib bordi. 19-a. oʻrtalariga kelib Buxoro darvozalari: Sallaxona, Qavola Mahmud, Qarshi, Bahovuddin, Fayzobod, Samarqand, Imom, Oʻgʻlon, Talipoch, Shirgiron, Qorakoʻl nomlari bilan yuritilgan. 20-a. boshlarida Buxoro sh. ning darvozalari quyidagicha nomlangan: shaharning shim. da Imom va Samarqand, jan. da Shayx Jalol, Namozgoh va Sallaxona; sharkida Mozor va Qarshi; gʻarbida Oʻgʻlon, Talipoch, Shirgiron va Qorakul. 1920-y. kuzida shoʻro mustabidlarining Buxoro bosqinida, oʻnlab obidalar qatori Buxoro darvozalari ham katta shikayet koʻrdi, koʻplari buzib tashlandi, yondirildi va yoʻqotildi. Hoz. kunda Qorakoʻl va Talipoch darvozalari oʻtmish yodgorligi sifatida bir qadar saqlanib kolingan.

Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966.

Ensiklopediya.uz
BUXORO DARVOZALARI