BUXARIN Nikolay Ivanovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUXARIN Nikolay Ivanovich haqida malumot bilib oling.

BUXARIN Nikolay Ivanovich (18881938) — siyosiy arbob, akad. (1928). Rossiyadagi 1905—07 va 1917-y. gi (okt.) inqiloblar ishtirokchisi. 1917—18 y. larda «soʻl kommunistlar» yetakchisi. 191829-y. larda «Pravda», 193437-y. larda «Izvestiya» gaz. lari muharriri. 1917— 34 y. larda partiya MK aʼzosi (1934—37 y. larda aʼzolikka nomzod). 1924—29 y. larda MK Siyosiy byurosi aʼzosi. 20-y. lar oxirida q. x. ni jamoalashtirish va industriyalashni oʻtkazishda favqulodda choralar qoʻllanilishiga qarshi chiqdi, bu esa «VKP(b)da oʻng ogʻmachilik» deb eʼlon qilindi. Buxarin falsafa va siyosiy iqtisod fanlari buyicha asarlar muallifi. 1938-y. mart oyida sovetlarga qarshi «oʻng troskiychi blok» deb atalgan ish buyicha qatagʻon qilingan, ulimidan keyin oqlangan (1988).

Ensiklopediya.uz
BUXARIN Nikolay Ivanovich