BUTUN ROSSIYA FAVQULODDA KOMISSIYASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUTUN ROSSIYA FAVQULODDA KOMISSIYASI haqida malumot bilib oling.

BUTUN ROSSIYA FAVQULODDA KOMISSIYASI (VCHK) — aksilinqilobiy harakatlar va sabotajga qarshi kurash maqsadida tuzilgan organ (1917—22). 1917-y. dek. da F. E. Dzerjinskiy raisligida tuzilgan. 1918-y. da mahalliy gubernya, uyezd (1919-y. yanv. da bekor qilingan), transport, front va armiya favqulodda komissiyalari tashkil etilgan. Asosan siyosiy prinsip negizida ommaviy ravishda shafkatsiz qatagʻonlar uyushtirgan, «qizil terror»ni amalga oshirgan. 1922-y. da Davlat siyosiy boshqarmasi (GPU) qilib qayta tuzilgan (yana q. Davlat xavfsizlik organlari).

Ensiklopediya.uz
BUTUN ROSSIYA FAVQULODDA KOMISSIYASI