BUTPARASTLIK haqida malumot bilib oling.
BUTPARASTLIK — but, sanam, salib, ikonaga sigʻinish odati. Fetishizm, majusiylik kabi ibtidoiy dinlarga xos. Butparastlar butni, sanamni xudolar qiyofasi, timsoli deb bilganlar. Majusiylikdagi Butparastlik odati xristianlik, buddizm kabi dinlarda ham saqlanib qolgan. Mac, xristianlikda ikona, krestga, buddizmda haykalchalarga choʻqinishadi. Islom dini shakllanishidan oldin Saudiya Arabistonidagi qabilalarda Butparastlik odati boʻlgan, yaʼni har bir qabila oʻz xudosiga, uni ifodalovchi butga topingan. Bunday butlar Makkadagi diniy ibodatxona — Kaʼbada 300 dan ortiq edi. Islom dini shakllanib, yakka xudoga sigʻinish paydo boʻlgandan soʻng butlar Kaʼbadan chiqarib tashlandi. Koʻp xudolikka eʼtiqod qiladigan qabilalarda, xususan, Afrikadagi ayrim qabilalarda Butparastlik hali ham bor.
Ensiklopediya.uz
BUTPARASTLIK