BUTIL-KAUCHUK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUTIL-KAUCHUK haqida malumot bilib oling.

BUTIL-KAUCHUKizobutilen bilan oz miqdordagi (1—5%) izoprenni sopolimerizatsiyalab olingan sintetik kauchuk. B. metilxlorid yoki etilxlorid eritmasida monomerlarning kation sopolimerizatsiyasi orqali olinadi. Butil-kauchuk och sariq rangli modda boʻlib, spirt, efir, keton, dixloretan, anilin, nitrobenzolda erimaydi, suv taʼsiriga berilmaydi. U kislorod, ozon, nur taʼsiriga chidamli, sekin vulkanizatsiyalanadi. Butil-kauchukdan yasalgan rezina agressiv muhit, shu jumladan ishqorlar, vodorod, peroksid, dengiz suvi, baʼzi bir oʻsimlik moylari taʼsiriga chidamli. Butil-kauchukning asosiy qismi shinalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Yuqori tra va agressiv muhitlarga chidamli buyumlar i. ch. da ham qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
BUTIL-KAUCHUK