BUTARA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUTARA haqida malumot bilib oling.

BUTARA (lot. butarium — bochka) — barabansimon galvir (bochka); sochma oltin konlarida qum va qoʻrgʻoshin tosh (kasseterit) ni yuvish uchun moʻljallangan qad. yogʻoch asbob. Keyinchalik aylanadigan silindrik yoki konussimon baraban koʻrinishida tayyorlangan. Butara

material solish voronkasi, kiya galvir, yuvish teganasi (shlyuz)dan iborat. 19-a. boshlarida keng tarqalgan. Qoʻlda yoki charxpalak yordamida harakatlantirilgan. Ish unumdorligi dastaki Butarada 0,8 m3/soat (1—3 kishi ishlagan), ot bilan harakatlantiriladigan Butarada 4 m3/soat boʻlgan. Kichik oltin konlarida hozir ham ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
BUTARA