BUSTIY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUSTIY haqida malumot bilib oling.

BUSTIY (taxallusi; asl ismi Abul Fath ibn Muhammad alKotib alBustiy) (971, Bust — 1009, Buxoro) — shoir. Arab va fors tillarida ijod qilgan. Bust hokimi alBayturning kotibi boʻlgan. Lirik sheʼrlarida dunyoviy sevgi, hayot quvonchlari va tabiat tarannum etilgan. Koʻplab hikmatli soʻzlar yaratgan. Ularda kishilarni rostgoʻy, halol, mehnatsevar, ilmli boʻlishga undagan. Bizgacha yetib kelgan «Nuniya» (asarning xar bir bayti «nun» harfi bilan tugagan) yoki «Qasida alBustiya» asari axloqodob mavzuida. Bustiyning bu asariga Zunnun ibn Ahmad asSaraxsiy va Abdulloh Nukrakar sharh yozgan, uni Badriddin Jojarmiy forsiyga ugirgan, 1899-y. da Bayrutda nashr etilgan.

Bustiy ijodida tibbiyot, falakiyot, falsafa, fiqh va b. mavzular muhim oʻrin tutgan. Uning ayrim asarlaridan parchalar alUtbiy («Kitob alyaminiy»), Ibn Xallikon («Vafoiyat»), Yoqut («Moʻjam aludabo»), Beruniy («Hindiston», «Saydana») va b. ning asarlarida uchraydi.

Ad.: Abdullayev I., Beruniyga zamondosh shoirlar, T.,1975.

Ensiklopediya.uz
BUSTIY