BUSTER haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUSTER haqida malumot bilib oling.

BUSTER (ing. booster, boost — bosim, kuchlanishni oshiraman) — yuk ancha ortib ketgan vaqtda asosiy mexanizm yoki mashinaning taʼsir kuchi va tezligini oshiradigan yordamchi qurilma. Aviatsiyada tez uchar samolyotlarni boshqarish zanjiridagi gidravlik, elektrik yoki pnevmatik qurilma; raketa texnikasida — eltuvchi raketa, koʻp bosqichli raketaning birinchi bosqichi, startdagi tezlatkich; elektrotexnikada (eskirgan nomi) — tarmoqdagi elektr kuchlanishini maromlash uchun tarmoqqa ulanadigan qoʻshimcha elektr toki manbai yoki transformator.

Ensiklopediya.uz
BUSTER