BUSSENGO haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUSSENGO haqida malumot bilib oling.

BUSSENGO (Boussingault) Jan Batist (1802.2.2 Parij 1887.11.5) fransuz kimyogari, agrokimyo asoschsharidan biri. Parij FA aʼzosi (1839). Ilmiy ishlari oʻsimliklar fiziologiyasi va agrokimyo masalalariga bagʻishlangan. U oʻsimliklarning ildizdan oziqlanishi, oʻgʻitlarni qoʻllash, tabiatda moddalarning doiraviy aylanishi, azot almashinuvi, tuprokda azotning harakati, dukkaklilardan boshqa jami oʻsimliklar azotni tuprokdan oʻzlashtirishi va b. masalalarini ishlab chiqdi, yashil oʻsimliklar uchun havodagi SO2 uglerod manbai ekanligini anikladi. Fiziologiya va agronomiyada vegetatsion usul asoschisi.

Ensiklopediya.uz
BUSSENGO