BURYATIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BURYATIYA haqida malumot bilib oling.

BURYATIYA, Buryatiya Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Sharqiy Sibirning jan. da, Baykal kulidan jan. va sharila joylashgan. Mayd. 351,3 ming km2. Aholisi 1056,6 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Buryatiyada 21 tuman (aymoq), 6 shahar va 29 shaharcha bor. Poytaxti — UlanUde sh.

Davlat tuzumi. Buryatiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1994-y. 22 fev. da qabul qilingan. Davlat boshligi — prezident. Qonun chiqaruvchi oliy (vakolatli) organi — bir palatali parlamentXalq Xurali. Oliy ijroiya hokimiyatni respublika hukumati amalga oshiradi.

Tabiati. Buryatiyaning koʻp qismi togʻlik. Baykal koʻli qirgʻogʻi boʻylab XamarDaban, UlanBurgasi, Barguzin, shim. da Jan. Muya va Shim. Muya tizmalari, togʻlararo soyliklar (Yuqori Angara, MuyaKaundi) joylashgan. Buryatiyaning butun shim. sharqiy qismini Vitim yassitogʻligi egallagan. Jan. sharkda SaganDaban, Xudun, Zagan, SaganXurtey kabi qator tizmalar bor. Chekka jan. garbida Buryatiyaning eng baland nuqtasi — MunkuSardik togʻi (3491 m). Foydali qazilmalari: oltin, kumush, qalay, nikel, volfram, molibden, apatit, kvars, marmar, granit, temir rudasi, kumir, grafit. Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq (yanv. ning oʻrtacha t-rasi —24° dan —25° gacha), qor kam yogʻadi. Yozi iliq, iyulning oʻrtacha t-rasi 7° dan (togʻlarda) 18° gacha. Yiliga 300 mm yogʻin tushadi. Koʻp yillik muzloq yerlar bor. Daryolari asosan Baykal kuli va Lena daryosi havzalariga qaraydi. Baykal koʻliga Selenga, Barguzin va Yuqori Angara quyiladi. Lena havzasiga Vitim daryosi qaraydi. Togʻtayga, togʻ chimli tuproqlar, togʻlarda togʻtundra, dasht va Urmonli dashtlarda qoramtir tuproq va kashtan tuproqlar uchraydi. Mayd. ning 4/5 qismi oʻrmon. Hayvonot dunyosi turlituman. Sobol, olmaxon, ondatra, kolonok, oqsichqon, tulki, boʻri, oq quyon, rosomaxa, silovsin, ayiq, los, izyubr, elik, kabarga, yovvoyi choʻchqa, togʻ echkisi, shim. bugʻusi va b. yashaydi. Baykal, Barguzin qoʻriqxonalari bor.

Aholisi. Buryatiyada 60 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Buryatlar aholining 25%, ruslar 70%ni tashkil etadi, shuningdek ukrainlar, tatarlar va b. ham yashaydi. Aholisining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 3 kishi. Aholining 60% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: UlanUde, Kyaxta, Zakamensk, Gusinoozyorsk.

Tarixi. Buryatiya hududidan yuqori paleolit davriga mansub arxeologik yodgorliklar topilgan. Oʻsha davrda odamlar ibtidoiy jamoa tartibida yashab, ovchilik bilan shugʻullangan. Neolit davriga kelib oʻqyoy paydo boʻlgan, kulolchilik rivojlangan. Mil. av. 3-a. dan mil. 11-a. gacha boʻlgan davrda Buryatiyada koʻchmanchi jamoalar hamda ilk feodal davlatlarning qabila uyushmalari (xunnlar, jujanlar, uygʻur, qirgʻiz va kidanlar) birinketin hukm surib turgan. Asosiy buryat qabilalari — bulagʻat, exirit vaxorinslar 13-a. dan avvalroqshu yerlarda yashagan. Buryatlar xoʻjaligini asosan chorvachilik tashkil etgan. Baʼzi aymoqlarda dehqonchilik, ovchilik, hunarmandchilik bilan shugʻullanganlar. 17-a. da Buryatiyada birinchi bor rus kazak otryadlari paydo boʻldi. Bu yerlarda harbiy istehkomlar qurila boshlanib, shu munosabat bilan Rossiyadan davlat xizmatidagi kishilar, sanoat ishchilari, rus dehqonlari (mujiklar) koʻchib kela boshladilar. 17-a. oʻrtalarida Gʻarbiy Buryatiya, keyinroq uning qolgan kismi Rossiya tarkibiga qoʻshib olindi. 20-a. boshlarida chorizmga qarshi harakat avj oldi. 1918-y. fev. da Shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. Oʻsha yilning avg. da Yaponiya va 1919-y. apr. da Amerika qoʻshinlari bosib oldi. 1920-y. martida xalq lashkarlari shoʻro armiyasi yordamida Buryatiyani ozod kildi. Natijada 1921-y. 27 apr. da BuryatMongol, 1922-y. 9 yanv. da MongolBuryat muxtor viloyatlari paydo boʻldi. 1923-y. 30-mayda ular birlashtirildi va RSFSR tarkibida BuryatMongol ASSR tashkil topdi. 1958-y. dan Buryatiya ASSR, 1991-y. dan B. Respublikasi deb nomlandi. 1990-y. okt. da Buryatiyaning davlat suvereniteta haqidagi deklaratsiya kabul qilindi.

Xoʻjaligi. Buryatiyada mashinasozlik va metall ishlash tarmoklari rivojlangan. Jumladan, aviatsiya sanoati (Mi8, Mi17 vertolyotlarini ishlab chikaruvchi UlanUde aviatsiya i. ch. birlashmasi), transport mashinasozligi (lokomotivvagon taʼmir z-di), priborsozlik (avtomatlashtirish priborlari va vositalarini ishlab chiqaruvchi T«yeplopribor» z-di), chorvachilik uchun mashina va asbobuskunalar («Buryatfermmash» birlashmasi), oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz sanoati («Zabaykalles» konserni, Selenga sellyulozakarton k-ti), binokorlik materiallari sanoati (Timlyuy sement va asbest buyumlar z-di) korxonalari bor. Yengil sanoatda «UlanUde manufakturasi» aksiyadorlik birlashmasi, UlanUde ustki trikotaj kiyimlar fkasi eng yirik korxonalardir. Oziq-ovqat sanoati korxonalari UlanUde, Zakamemsk. UstBarguzin, Nijneangarskda joylashgan. Mudofaa korxonalarida xalq isteʼmol mollari: aviatsiya z-dida kir yuvish mashinalari, priborsozlik birlashmasida tibbiyot asboblari, radio z-dida audio va videopriyomniklar ishlab chiqariladi. Gusinoozersk davlat elektr st-yasi va UlanUdeda 2 issiklik elektr st-yasi bor.

Q. x. da mayin junli qoʻychilik, goʻsht-sut, goʻsht chorvachiligi yetakchi tarmoqlardir. Qoramolchilik, choʻchqachilik, yilqichilik, parrandachilik, hayvonotchilik, bugʻuchilik hamda moʻynali hayvonlarni ovlash rivojlangan. Buryatiya jan. da va Barguzin daryosi vodiysida dehqonchilik qilinadi; donli ekinlar, asosan bahori bugʻdoy, suli va arpa ekiladi. Asosiy transport turi — t. y. (uz. 1200 km, yuk aylanmasining 80%). B. jan. dan Transsibir t. y., shim. dan BaykalAmur magistrali (BAM) oʻtadi. Respublika hududining har 10 ming km2ga 34 km t. y. toʻgʻri keladi. T. y. UlanUdeni Mongoliyaning UlanBator va XXRning Pekin sh. lari bilan bogʻlaydi. Avtomobil yoʻllari uz. — 9530 km. UlanUde sh. da aeroport bor. Baykal koʻlida, Selenga, Barguzin va Yuqori Angara daryolarida kemalar qatnaydi. Baykal boʻyida turizm yoʻlga qoʻyilgan. Zabaykalye va Tunkin tabiiy milliy bogʻlari barpo etilgan.

Tashqi savdo aylanmasi 190 mln. AQSH dollariga yaqin. Buryatiya hududida 100 dan ortiq qoʻshma korxonaga 20 mamlakat sarmoya sarflagan. Dunyodaga 60 davlat, jumladan, Xitoy, Mongoliya, Italiya, Litva, Ukraina, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va b. bilan savdo qiladi. Chetga chiqariladigan mahsulotlari: yogʻoch, sellyuloza, jun, don, kumush, rangli metallar, kumir, marmar, moʻyna, charm, oyna va b. Chetdan sanoat uchun butlash detallari va b. asbobuskunalar keltiradi. Buryatiyada 4 mingdan ziyod vrach aholiga xizmat koʻrsatadi. Buryatiya hududida 300 dan koʻproq shifobaxsh buloq, Goryachinskdagi balneologiya shifoxonasi, Arshan, Sayan tog kurortlari, «Baykal» sanatoriysi bor. Buryatiya ilmiy markazi va Sharq tibbiyoti markazida Tibet tibbiyoti sirlari oʻrganiladi. 10 dan koʻproq dori-darmon tibetcha retsept boʻyicha ishlab chiqilgan, tomirga qarab tashhis qoʻyuvchi avtomat majmua yaratilgan, «Baykalfarm» doridarmon i. ch. korxonasi mavjud.

Maorifi va fani. Buryatiyada 4 oliy (20 mingdan ortiq talaba) va 20 oʻrta maxsus (16 mingga yaqin talaba) oʻquv yurti, 6 kollej, 44 boshlangʻich hunar taʼlimi oʻquv yurti, 602 oʻrta umumiy taʼlim maktabi (191 ming oʻquvchi), litsey va gimnaziyalar faoliyat koʻrsatadi. Sharqiy Sibir texnologiya unti, Buryatiya ilmiy markazi bor.

Ikkita respublika va bir necha tuman gaz. lari nashr etiladi. Respublika davlat teleradiosi ishlaydi.

Adabiyoti. Qadim zamonlarda buryatlarning rivojlangan badiiy adabiyoti boʻlmagan. 18-a. urtalaridan xalq ogʻzaki ijodiyoti namunalarini yozib olishga kirishilgan, ular orasida magtal deb atalgan madhiyalar, turli sheʼrlar, qoʻshiqlar va dostonlar bor. Xalq sheʼriy ijodiyoti zamonaviy buryat adabiyotining shakllanishiga barakali taʼsir oʻtkazdi. Qoʻshiq va laparlar, afsona va rivoyatlar, maqol va matallar, ertak va dostonlarda xalqning fikrtuygʻulari, orzuumidlari ifodalangan. Bir necha oʻn ming satrdan iborat boʻlgan «Geser» milliy eposi buryatlar qahramonnoma ijodkorligining choʻqqisi hisoblanadi. 20-a. boshlarida ulus yozma dramaturgiyasi dunyoga keldi. Bu janrni D. A. Abasheyev, S. P. Baldayev, I. V. Barlukov, K. G. Saltikov boshlab berdilar. 20-y. larda ijodiy yoʻlini boshlagan X. N. Namsarayev zamonaviy buryat adabiyotiga asos soldi. U oʻzining bir pardali pyesalarida, sheʼr va hikoyalarida, «Gelenboboning iqrori» poemasida xalq hayotini tasvirladi. Uning «Sirempil» qissasi mehnat axlining ozodlik va baxtsaodat yoʻlidagi kurashini ifodalaydi. Muallifning «Taysha qamchisi» pssasi va «Tong shafagʻi» romani buryat adabiyotining oltin fondiga kiradi. Buryat shoir va adiblaridan Solbone Tuy, S. Don, N. Baldano, B. Bazaron, Ch. Sidendambayev, B. Mungunov, D. Batajabay, M. Stepanov, J. Baldanjabon, I. Kalashnikov, S. Galsanov, D. Jalsarayev asarlari mashhur.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Buryatiya yerlarida mil. av. davr sanʼat yodgorliklari — toshlarga oʻyib ishlangan odamlar, hayvonlar, ov manzaralari tasviri, keramika va bronza kandakorligi namunalari koʻp topilgan. Bular naqqoshlik, yogʻoch, suyak, oltin, kumush oʻymakorligi rivojlanganidan dalolat beradi. UlanUde yaqinida Ivolgin sh. (mil. av. 1-a. va mil. 1-a.) qoldiqlari mavjud. 18-a. dan lamaizm taʼsirida qurilgan ibodatxonalarda Markaziy Osiyo va yerli xalq sanʼati anʼanalari chatishib ketdi (Aginskoye, Gusinoozyorsk, Sigalsk va b. sh. larda kup ibodatxonalar saqlangan). Bular 2 va 3 qavatli, tom burchaklari yuqoriga qayrilgan. Ularning old tomonida koʻpincha ustunli peshayvon boʻlgan. Bu ibodatxonalarda Budda haykallari oʻrnatilgan. Keyingi yillarda Buryatiyada koʻplab zamonaviy turar joy, maishiy va madaniy binolar qad koʻtardi, yangi shahar va qishloqlar barpo etildi.

Teatri. Xalq qoʻshiqlari, raqs va oʻyinlari milliy teatr negizini tashkil etadi. Xalqoʻyinlari anʼanasi dastlabki spektakllarda qoʻllanilgan aktyorlik malakasining yuzaga kelishiga sabab boʻldi. 1908—17 y. larda ilk havaskorlik teatrlari tashkil togщi. Dastlabki yozma pyesalar «Oʻlim» (D. Abasheyev), «Ayb ichimlikda» (M. Barlukov), «Ikkidunyo» (M. Saltikov) 1908 — 14 y. larda vujudga keldi. 20-y. larning boshida havaskorlik toʻgaraklari avj oldi. 1927-y. UlanUdeda drama teatri ochildi. Uning aktyor va rej. lari Buryatiya milliy teatrining tashkil topishiga yordamlashdi. 1928-y. da Buryatiya teatr studiyasi ochildi. Shu studiya asosida 1930-y. da Sanʼat texnikumi tashkil topdi va u 1936-y. da musiqateatr bilim yurtiga aylantiriddi. B. Baldano, M. Shambuyeva, G. Sidinjapov kabi atoqpi dramaturg, aktyor va rej. lar yetishib chiqdi. Buryatiyaning mashhur sahna ustalari: M. Stepanova, V. Xalmatov, B. Vampilov, N. Gendunov, F. Saxirov va b. B. da 4 ta teatr, Buryatiya davlat filarmoniyasi, «Baykal» ashula va raqs ansambli mavjud.

Ensiklopediya.uz
BURYATIYA