BURYAT SOLNOMALARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BURYAT SOLNOMALARI haqida malumot bilib oling.

BURYAT SOLNOMALARI — sharqiy buryatlarning tarixiy yodnomalari. Yilnomalar va qisqacha tarixiy ocherklarning oraliq shakli koʻrinishida boʻlgan. Buryatlar uchun tushunarli boʻlgan adabiy moʻgʻul tilida yozilgan. Selenga (I. Lombotsirenov, 1868), xorin va aga (T. Toboyev, 1863, V. Yumsunov, 1875, Xobituyev, 1887), barguzin (N. Saxarov, 1887) buryatlari solnomalari mashhur. Buryat solnomalari mualliflari tarixiy yodnoma, bitiklar, Dasht dumalari arxivi hujjatlari, xalq rivoyatlari, afsonalaridan foydalanganlar. Yumsunov (kdd. davrdan 19-a. gacha boʻlgan voqealar) va Toboyev (1860-y. gacha boʻlgan maʼlumot) solnomalari eng mukammal va sermazmun. Saxarov solnomasi 1740— 1886-y. larni oʻz ichiga oladi. Buryat solnomalari yuqori feodal tabaqa vakillari tomonidan tuzilgani uchun shularning sinfiy mafkurasini ifodalaydi. Xalkning turmushiga oid faktlarni yilmayil, izchil bayon etilganligi katta qimmatga ega. Buryatlar Sibirda oʻziga xos bunday adabiy yodgorlikka ega boʻlgan yagona xalqdir.

Ensiklopediya.uz
BURYAT SOLNOMALARI