BURTASLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BURTASLAR haqida malumot bilib oling.

BURTASLAR — Oʻrta va Quyi Volga boʻyidagi qabilalar uyushmasi (5—11-a. lar). Burtaslarning aynan qaysi qabilalardan tashkil topganligi nomaʼlum. Burtaslar arab jugʻrofiy va tarixiy manbalarida 10-a. dan, rus solnomalarida esa 13-a. dan tilga olinadi. Ular dehqonchilik, chorvachilik va ovchilik bilan shugʻullanib, 7-a. dan Xazar xoqonligi, 10-a. oxirlaridan Kiyev Rusiga tobe boʻlgan, 11-a. da esa Volga bulgʻorlari va b. Volgaboʻyi xalqlari tarkibiga singib ketgan. Burtaslar madaniyati misharlar bilan mordva madaniyatining shakllanishiga taʼsir koʻrsatgan deb taxmin qilinadi.

Ensiklopediya.uz
BURTASLAR