BURHONOV Ubaydulla Burhonovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BURHONOV Ubaydulla Burhonovich haqida malumot bilib oling.

BURHONOV Ubaydulla Burhonovich (1921.2.3 Toshkent 1998.19.2) aktyor, rej., badiiy soʻz ustasi, Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977). Shukur Burhonovnknt ukasi. Oʻrta Osiyo davlat untini tugatgan (1946). Oʻzbekiston radioeshittirish davlat qoʻmitasi adabiydramatik eshittirishlar muharriri, rej., bosh muharrir, badiiymusiqali eshittirishlar boshqarmasining boshligʻi (1948— 58), Toshkent telestudiyasining bosh muharriri (1958—67), Uzteleradio kompaniyasi raisining oʻrinbosari (1967—85). Koʻplab radiopostanovkalar («Qutlugʻ qon», «Zaynab va Omon» va b.) ning inssenirovka muallifi. Ssenariychi va rej. sifatida «Laylo Sharipova kuylaydi», «Uzbek sirki arenasida» kabi televizion filmlar yaratgan. Kinoda Rustamov («Gullar ochilganda»), Dehqonboy («Qutlugʻ qon») va b. rollarni oʻynagan. Badiiy soʻz ustasi sifatida «Egmont», «Hakim va ajal» kabi asarlarni ijro etgan.

Ensiklopediya.uz
BURHONOV Ubaydulla Burhonovich