BURHONIDDIN TERMIZIY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BURHONIDDIN TERMIZIY haqida malumot bilib oling.

BURHONIDDIN TERMIZIY, Sayyid Husayn Burhoniddin Muhaqqiq (?—1240, Qoʻniyo sh.. Turkiya) — tadqiqotchi olim (Muhaqqiq laqabi shundan), shayx. Baho Valad (1231-y. v. e.) degan donishmandga shogird tushgan va davrining eng yuksak — Sayyidi sirdon (hamma sirlardan voqif) unvoniga sazovor boʻlgan. Umrining soʻnggi yillarida Turkiyaning Qoʻniyo sh. ga kelib Jaloliddin Rumiy maqbarasi xonaqohida shayxlik qilgan.

Burhoniddin Termiziyning «Maorif» asari bizgacha yetib kelgan. Unda falsafa, qonunshunoslik, tafsir, hadis ilmi bilan bogʻliq masalalar, islom mazhablari yoritilgan. Bu asar 1920-y. Tehronda bosilgan.

Ensiklopediya.uz
BURHONIDDIN TERMIZIY