BURHONIDDIN Gʻozi Ahmad haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BURHONIDDIN Gʻozi Ahmad haqida malumot bilib oling.

BURHONIDDIN Gʻozi Ahmad (1344 Sivas — 1398) — turk shoiri, olim, davlat arbobi. Shom (Suriya) va Misrda tahsil olgan, arab, fors tillarini mukammal oʻrgangan. Vataniga qaytgach, Sivasda qozi, soʻng shu viloyat hokimi. Davlat ishlarida adolat va muruvvat yoʻlini tutishga harakat qilgan. Gʻazal, ruboiy, tuyuq va b. janrlarda yozgan. Hayot va muhabbat lirikasi bilan bogʻliq dunyoviy mavzular, inson qalbining nozik kechinmalari sheʼrlariga xos yetakchi xususiyatdir. Burhoniddin turk sheʼriyatida tuyuq jakrini rivojlantirgan. Sheʼrlarini toʻplab devon tuzgan (1394). Devonining qoʻlyozma nusxasi Britaniya muzeyida saqlanadi. Istanbulda nashr etilgan (1943). 12 tuyugʻi sharqshunos T. M. Melioranskiy tomonidan rus tiliga tarjima qilingan (1895, Peterburg). Burhoniddin «Tarjix uttavzih» («Izohustunligi»), «Iksir uladati fi Asroilibodati» («Odat mohiyati ibodat sirlarida») asarlarini arab tilida yozgan.

Ad.: Orzibekov R., Tuyuq poetikasi, T., 1985.

Ensiklopediya.uz
BURHONIDDIN Gʻozi Ahmad