BURHON SULTON haqida malumot bilib oling.
BURHON SULTON (71557) Buxoro xoni (1552—57), shayboniylardan. Shayboniyxonnchit nabirasi Muhammad Yorga sherik sifatida Buxoro taxtiga oʻtiradi. Burhon sulton S bir tuhmat sababli 1554-y. Muhammad Yorni qatl ettiradi. Barok,xon Movarounnahrni toʻla egallash maqsadida 1555-y. Buxoroga Burhon sulton S ustiga yurish qilib, shaharni qamal qiladi. Qamal juda ogʻir kechib 3 oy davom etadi. Burhon sulton S yordam soʻrab Abdullaxon II ga odam yuboradi va unga Buxoroni berib, xizmatiga kirishga tayyor ekanligini maʼlum qiladi. Abdullaxon II Forob yonida Baroqxon qoʻshinini yengib gʻalaba qozonadi. Burhon sulton S esa vaʼdasiga vafo qilib Abdullaxonga Buxoroni topshiradi va oʻzi Qorakoʻlga ketadi, biroq oradan bir yarim oy oʻtgach Burhon sulton S shartni buzib, Buxoroga yurish qiladi. Abdullaxondan choʻchib qolgan Baroqxon Burhon sulton S bilan doʻstlashib, unga yordamga oshiqadi. Abdullaxon sulh tuzishga majbur boʻlib, yana Afgʻoniston tomonlarga qaytib ketadi. Abdullaxon ikki gʻalaba (Buxoro va Samarqand)ni qoʻlga kiritgan oʻsha kezlari Burhon sulton S Karmanaga (Abdullaxon II ning yerlari) hujum qilib, qalʼani qoʻlga kirita olmagach, Buxoroga qaytib ketadi. Abdullaxon II uning ilgarigi xiyonatkorligi hamda bu qiligʻi qasosi bahonasida Buxoro ustiga qoʻshin tortib, 1557-y. iyulida shaharni qattiq qamal qiladi. Qamal choʻzilib, qamaldagilar ahvoli ogʻirlasha borgach, B. S. Abdullaxon II bilan sulh tuzishga majbur boʻladi. Sulh tuziladi va shu kechasi sirli ravishda Burhon sulton S ham oʻldiriladi.
Ad.: Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993.
Ensiklopediya.uz
BURHON SULTON