BURGOMISTR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BURGOMISTR haqida malumot bilib oling.

BURGOMISTR (nem. Burgeimeister) — ayrim mamlakatlar (Germaniya, Belgiya, Niderlandiya, Avstriya) mahalliy boshqaruv organlarida oliy mansabdor shaxs. B. lar mazkur organlarda yetakchi rol oʻynaydi: markaziy hukumat vakili hisoblanadi, munitsipal (mahalliy) xizmatchllarni ishga tayinlaydi va ishdan boʻshatadi; byudjet tuzish va uni bajarish ishlariga boshchilik qiladi. B. Germaniyaning koʻpchilik yerlarida munitsipal kengashlar yoxud bevosita aholi tomonidan saylanadi (Germaniyaning Bavariya va BadenVyurtemberg yerlarida) yoki bevosita hukumat tomonidan tayinlanadi. Kuyi Saksoniya va Shim. Vestfaliya yerlarida asosan vakillik vazifalarini bajaradi.

Ensiklopediya.uz
BURGOMISTR